Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun. Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi. Darsning maqsadi
Download 344.19 Kb.
|
9 sinf kimyo fanidan konspekt
Yangi darsni rejasi.
Natriy eng muhim birikmalari. kaliyning eng muhim birikmalari. Natriy va kaliyning eng muhim birikmalarini ishlatilishi.
Kaliy o'simliklar oziqlanishida katta ahamiyatga ega. Kaliy miqdorining kamayishi qishloq xo'jaligi mahsulotlari hosilining pasayib ketishi, sifatining buzilishiga olib keladi. Kaliy xlorid KC1, kaliy nitrat KNO3, kaliy sulfat K2SO4, kaliy karbonat (o'simlik kulida mavjud) K2CO3 kabi birikmalari o'g'it sifatida ishlatiladi.Kaliy muskul to'qimasida 1,6 %, ilikda 0,21 %, qonda 1620 mg/l miqdorda bo'ladi. Har kungi ovqat tarkibida 1,4-3,4 g bo'lishi kerak. Zaharli dozasi 6 g. Inson organizmida (70 kg) o'rtacha 140 g miqdorda bo'ladi.Natriy va kaliy hayotiy faoliyat uchun muhim ahamiyatga ega elementlardir. Tirik organizmlar hujayralaridagi kaliy-natriy nasosi hujayra shirasidagi (ildizdan barglarga tuz eritmalarining yetkazib berilishi, fotosintez jadallashuvini ta'minlash) va demak, muhim hayotiy biokimyoviy faoliyatlar (qon bosimi, yurak muskullarining ishini me'yorlashtirish) uchun zaruriy jarayondir. Natriy xlorid NaCl osh tuzi sifatida ma'lum va tirik organizm uchun juda kerakli modda. Undan tibbiyotda (fiziologik eritma), oziq-ovqat va kimyo sanoatida keng foydalaniladi. Glauber tuzi Na2S04*10H20 tibbiyotda (surgi vositasi) va kimyo sanoatida ishlatiladi. Chili selitrasi NaN O3 qishloq xo'jaligida o'g'it sifatida ko'p miqdorda qo'llanadi. Suvsiz soda Na2CO3 va kristall soda Na2C O3 10H20 shisha, sovun, natriy birikmalari olishda, bug' qozonlarida suvni yumshatishda, bo'yoq ishlab chiqarishda, qog'oz fabrikalarida, kir yuvishda, turmushda ishlatiladi. Rubidiy stimulator xossasiga ega. Muskul to'qimasida 20-70-10 4 %, ilikda 0,1 -5* 10 4 %, qonda 2,5 mg/l miqdorda bo'ladi. Har kungi ovqat tarkibida 1,5-6 mg bo'lishi kerak. Zaharliligi kam. Inson organizmida (70 kg) o'rtacha 680 mg miqdorda bo'ladi.
O'zbekistonda kaliyning tuzlari Qashqadaryo viloyatidagi Tubokat, Surxondaryo viloyatidagi Xo'jaikon konlaridan qazib olinadi.Toshtuz (natriy xlorid) Xo'jaikon, Tubokat, Borsakelmas, Boybichakon, Oqqal'a konlaridan qazib olinadi.Borsakelmas toshtuzidan Qo'ng'irotda soda ishlab chiqarilmoqda. 2Na + H2 = 2NaH Natriy gidrid. Natriy va kaliyning oltingugurt bilan ta'sirlashuvidan M2Sn tarkibli sulfidlar olinadi.2Na + S -> Na2S natriy sulfid.2Na + 2S - Na2S2 natriy disulfid 2K + 5S -» K2S5 kaliy pentasulfid Natriy va kaliyning metallmaslar bilan birikmalari ion bog`li qattiq moddalar.Natriy va kaliy suv bilan odatdagi sharoitda juda shiddatli, hatto yonish va portlash bilan ta'sirlashadi. Natijada natriy yoki kaliy gidroksid va vodorod hosil bo'ladi: 2Na + 2H2O =2NaOH + H2; 2K + 2H2O= 2KOH + H2 Natriy va kaliy kislotalar bilan shiddatli tarzda reaksiyaga kirishadi. HC1, HBr, HI, H2S, H2SO4 (suyul.) natijada vodorodni siqib chiqarib, tuzlar hosil qiladi: 2K + 2HC1= 2KC1 + H2. Download 344.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling