Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun. Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi. Darsning maqsadi
Download 344.19 Kb.
|
9 sinf kimyo fanidan konspekt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning usuli
- Yangi darsni rejasi. Yangi darsning bayoni.
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad haqida bilim ko`nikma va malaka berish; 2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida nutqini oshirish va tarbiya berish; 3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini tafakkurini o`stirish dunyoviy bilimlarini rivojlantirish. Dasrning turi: an`anaviy Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik Darsning tashkiliy qismi: 1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash. 3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash. Yangi darsni rejasi. Yangi darsning bayoni. Suvning qattiqligi va uni yumshatish usullari.«Yumshoq» va «qattiq» suvlar bir-biridan qanday farqlanadi?Ma'lumki, sayyoramiz yuzasining 2/3 qismi suv bilan qoplangan. Inson hayotini suvsiz tasavvur qilish mumkin emas. Kundalik turmushda, ishlab chiqarish jarayonlarining ajralmas qismi bo`lgan suv ma'lum darajada tozalashdan o`tkazilishi lozim. Tabiiy suvlar tarkibida magniy va kalsiy xloridlar, sulfatlar, gidrokarbonatlar va boshqa qo`shimchalar mavjud bo`ladi. Qattiq suv - tarkibida Ca+2 va Mg+2 ionlari ko`p bo`lgan suv. Yumshoq suv - tarkibida Ca+2 va Mg+2 ionlari bo`Imagan yoki juda kam bo`lgan suv.Qattiq suv ko`p texnik maqsadlar uchun yaroqsiz hisoblanadi. Qattiq suvdan foydalanilganda isitish tizimi bug` qozonlari devorlari magniy, kalsiy karbonatlar va boshqa tuzlardan iborat quyqa bilan qoplanib qoladi. Quyqa suv isishini qiyinlashtiradi, yoqilg`i sarfi ortishiga, qozon devorlarining ishdan chiqishiga sabab bo`ladi. Qattiq suvda sovun ko`pirmaydi, chunki magniy va kalsiy ionlari sovun bilan suvda erimaydigan birikmalar hosil qiladi. Qattiq suvda go`sht, sabzavotlar, don mahsulotlari yaxshi pishmaydi, sifatli choy tayyorlab bo`lmaydi.Suvda vaqtiuchalik (karbonat), doimiy, kalsiy, magniy va umumiy qattiqlik farqlanadi. Vaqtiuchalik qattiqlik - suvda magniy va kalsiy gidrokarbonatlar [Ca(HCO3)2; Mg(HCO3)2] mavjudligi bilan bog`liq. Doimiy qattiqlik - suvda magniy va kalsiy sulfatlar va xloridlar fCaSO4, CaCl2; MgSO4, MgCl2 ] mavjudligi bilan bog`liq. Kalsiy qattiqligi - suvda kalsiy tuzlari mavjudligi bilan bog`liq. Magniy qattiqligi - suvda magniy tuzlari mavjudligi bilan bog`liq. Umumiy qattiqlik - suvning kalsiy va magniy qattiqligi yig`indisi. Suvning qattiqligini pasaytiris H2 yumshatish uchun distillatsiya (suvni haydash) hamda kimyoviy usullardan foydalaniladi. Kimyoviy usullarda magniy va kalsiy ionlari suvdan erimaydigan birikmalar tarzida chiqarib yuboriladi. Buning uchun: Suvni qaynatish yo'li bilan vaqtinchalik qattiqlik yo'qotiladi: Ca(HC O3), CaCO3 + H2O +CO2 Mg(HCO3)2 — MgCO3 + H2O +CO2 Uyingizda choy damlash uchun suv qaynatiladi. Doimo suv qaynatadigan idish tubiga e'tibor bering. Suvda erimaydigan toshsimon quyqani ko'rasiz, u CaC O3 va MgC O3 tuzlaridir. Ohakli suv qo'shiladi: Ca(HC O3)2 + Ca(OH)2 2CaC O3l + 2H2O Mg(HCO3), + Ca(OH)2 CaCO3 MgCO3 + 2H2O Ishqor ta'sir ettiriladi: Ca(HC O3)2 + 2NaOH CaCO3+ Na2CO3 + 2H2O Mg(HC O3), + 2NaOH MgCO3 + Na2CO3 + 2H2O Soda (Na2C O3) qo'shib Mg2+ va Ca2+ ionlari cho'ktiriladi: Ca(HC O3)2 + Na2C O3 CaCO3+ 2NaHCO3 Mg(HC O3)2 + Na2C O3 MgCO3 + 2NaHCO3 Bunda kalsiy va magniy ionlari suvda erimaydigan karbonatlar tarzida eritmadan chiqarib yuboriladi.Doimiy qattiqlik suvni qaynatish bilan yo'qolmaydi. Uni soda yoki natriy fosfat qo'shib yo'qotiladi: CaSO4 + Na2CO3 CaCO3 + Na2SO4 3MgSO4 + 2Na3PO4 — Mg3(PO4)2 + 3Na2SO4 Sanoatda suvning qattiqligini yo'qotish uchun ion almashinuv usuli qo'llaniladi. Download 344.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling