Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun. Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi. Darsning maqsadi
Download 344.19 Kb.
|
9 sinf kimyo fanidan konspekt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning usuli
- Yangi darsni rejasi. Yangi darsning bayoni.
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad : haqida bilim ko`nikma va malaka berish; 2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida nutqini oshirish va tarbiya berish; 3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini tafakkurini o`stirish dunyoviy bilimlarini rivojlantirish. Dasrning turi: an`anaviy Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik Darsning tashkiliy qismi: 1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash. 3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash. Yangi darsni rejasi. Yangi darsning bayoni. Aluminiy olish juda ko'p elektr energiyasini talab qiladi: 1 tonna aluminiy olish uchun 20000 kVt/soat energiya sarf qilinadi.Fizik xossalari. Aluminiy - kumushsimon oq rangli, qattiq metall. Aluminiy yaxshi bolg'alanadi, undan sim tortish oson, issiqlik va elektr tokini yaxshi o'tkazadi. Suyuqlanish harorati 660,5°C, zichligi 2698 kg/m3; izotop soni 11 (22-31);Kimyoviy xossalari. Odatdagi haroratda aluminiy havoda o'zgarmaydi, chunki u havoda tezda oksidlanadi va uni yupqa, mustahkam oksid pardasi suv va boshqa oksidlanish holatidan himoya qilib turadi: 4A1 + 3O2 — 2A12O3 4A1 + 3O2 — 2A12O3 4A1 + 3O2 — 2A12O3 4A1 + 3O2 — 2A12O3 Agar oksid pardasi olib tashlansa, aluminiy suv bilan oson reaksiyaga kirishadi, vodorod ajratib 2A1 + 6H2O — 2A1(OH)3 + 3H2 2A1 + 6H2O — 2A1(OH)3 + 3H2 Aluminiy qizdirilgan holda xlorid va suyultirilgan sulfat kislota bilan oson ta'sirlashib, vodorod ajratib 2A1 + 6HC1 — 2A1C13 + 3H2 2A1 + 3H2SO4 - A12(SO4)3 + 3H2 Konsentrlangan nitrat kislota bilan odatdagi haroratda ta' sirlashmaydi. Shuning uchun, konsentrlangan nitrat kislota aluminiy idishlarda saqlanadi.Aluminiy ishqorlaming suvli eritmalari bilan oson ta'sirlashib, vodorod ajratib chiqaradi: 2A1 + 2NaOH + 6H20 — 2Na[Al(OH)4] + 3H2 Aluminiy qizdirilganda galogenlar, fosfor, oltingugurt, azot, uglerod bilan reaksiyaga kirishadi: 2A1 + N2 — 2A1N aluminiy nitrid. Al + P — A1P aluminiy fosfid. 2A1 + 3S — A12S3 aluminiy sulfid. 4A1 + 3C — A14C3 aluminiy karbid 2A1 + 3C12 — 2A1C13 aluminiy xlorid 2A1 + 3C1, — 2A1C13 aluminiy xlorid Aluminiy ko'pchilik metallarning oksidlari bilan ham ta'sirlashadi. Agar aluminiy va temir (II, III)-oksidlami aralashtirib, cho'g'lanib turgan sim tekkizilsa, juda shiddatli ekzotermik reaksiya sodir bo'ladi: 8A1 + 3Fe304 — 4AL, O3 + 9Fe + 3300 kJ Reaksiya natijasida aralashma 3500°C gacha qizib ketadi. Reaksiya mahsulotlari aluminiy oksid va temir suyuqlangan holda bo'ladi.Aluminiy bilan temir kuyundisining aralashmasi termit deb ataladi va ba'zi hollarda metallarni payvandlashda ishlatiladi.Aluminotermiya - metall oksidlarini aluminiy bilan qaytarib, metall olish usuli.Aluminotermiyani rus olimi N.N.Beketov ochgan. Ahiminotermiya metallurgiya sanoatida xrom, marganes, vanadiy, sirkoniy, titan kabi metallarni ularning oksidlaridan olishda ishlatiladi.Ishlatilishi. Aluminiy va uning qotishmalari yengilligi va havo, namlik ta'siriga chidamli bo'lganligi uchun xalq xo'jaligida keng ishlatiladi. Masalan, dyuraluminiy (95 % Al, 4 % Cu, 0,5 % Mg, 0,5 % Mn) po'lat kabi mustahkam, lekin undan uch barobar yengil.Aluminiy qotishmalari raketa, aviatsiya, kemasozlik, temiryo'l transporti, qurilish, asbobsozlikda ishlatiladi. Aluminiydan teleskop oynalari, elektr tarmoqlari simlari, termit, yorituvchi raketalar, oshxona idishlari tayyorlanadi. Undan foydalanib, ko'p metallar va metallmaslar olinadi. Aluminiy kukunidan temir va temir buyumlarni korroziyadan saqlovchi metall bo'yog'i tayyorlanadi. Aluminiy folgadan oziq-ovqat sanoatida о'rash vositasi sifatida ham foydalaniladi. Elektrotexnikada kondensatorlar tayyorlashda ishlatiladi.Aluminiy birikmalari ham ko'p sohalarda ishlatiladi. Tabiatda korund shaklida uchraydigan aluminiy oksiddan turli maqsadlarda foydalaniladi: texnik maqsadlar uchun jilvir, qumqayroq; tiniq kristallari-qizil rubin va moviy sapfir-qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlanadi. Rubinlardan lazerlar, podshipniklar ham tayyorlanadi. Giltuproq aluminiy olish uchun ishlatiladi. Suvsiz aluminiy xlorid katalizator sifatida ishlatilsa, aluminiy sulfat qog'oz, yelim ishlab chiqarishda, kaliy-aluminiy achchiqtosh KA1(S04)212H20 ip-gazlamalarni bo'yashda, tibbiyotda qo'llanadi.
Download 344.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling