Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun. Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi. Darsning maqsadi
Download 344.19 Kb.
|
9 sinf kimyo fanidan konspekt
Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash. 3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash. Yangi darsni rejasi. Yangi darsning bayoni. 2Fe + N2 = 2FeN temir (Ill)-nitrid Fe + S FeS temir (Il)-sulfid 3Fe + С= Fe3C temir karbid 2Fe + 3C1, 2FeCl3 temir (Ill)-xlorid Cho'g'langan temir suv bug'i bilan ta'sirlashadi, natijada temir kuyindisi va vodorod hosil bo'ladi, lekin bu reaksiya qaytar reaksiya hisoblanadi: 3Fe + 4H20 = Fe304 + 4H2 3Fe + 4H20 = Fe304 + 4H2 Nam havo va suvda temir korroziyaga uchraydi, yemiriladi, zanglaydi. Zang - temir (Ill)-gidroksiddan Fe(OH)3 iborat sarg'ish-qo'ng'ir rangli tuzilma. Gaz va bug'lami oson o'tkazuvchi g'ovak zang qatlami metallni yemirilishdan saqlay olmaydi: 4Fe + 6H20 + 302 4Fe(OH)3 4Fe + 6H20 + 302 4Fe(OH)3 Metallarning faollik qatorida temir vodoroddan chap tomonda turadi. Shuning uchun xlorid kislota va suyultirilgan sulfat kislotadan vodorodni siqib chiqaradi, +2 oksidlanish darajasiga to'g'ri keladigan tuzlar hosil qiladi: Fe + 2HC1 FeCl2 + H2; Fe + H2S04 FeS04 + H2. Odatdagi haroratda konsentrlangan sulfat va nitrat kislotalaii temirni passivlashtiradi: temir yuzasida shu kislotalarda erimaydigan birikmalar hosil bo'lib qoladi. Shuning uchun konsentrlangan nitrat va sulfat kislotalar temir idishlarda saqlanadi. Metallarning faollik qatorida o'zidan keyin turgan metallami ularning tuzlari eritmalaridan siqib chiqaradi:Fe + CuSO4 FeSO4 + CuS.FeBirikmalari+2 oksidlanish darajasiga mansub birikmalar: FeO, Fe(OH)2, FeCl2Aralash birikmasi: (+2 va +3) Fe3024 [FeO, Fe2 O3] magnetit +3 oksidlanish darajasiga mansub birikmalari: Fe2 O3, Fe(OH)3, FeCl3 Temir havoda yonganda Fe304 ni hosil qiladi. Fe304 aralash oksid. Temirning ikki valentli birikmalari temirga kislota ta'sir ettirib olinadi. Fe + 2HC1 = FeCl2 + H2 Temir (Il)-xloriddan temirning ikki valentli gidroksidlari va oksidlarini olish mumkin: FeCl2 + 2NaOH = Fe(OH)2 + 2NaCl Fe(OH)2 — FeO + H2O Temirning uch valentli birikmalari konsentrlangan nitrat va sulfat kislotalarga yoki xlorga qizdirilgan temir ta'sir ettirib olinadi: 2Fe + 3C12 = 2FeCl3; 2Fe + 6H2S04 = Fe2(S04)3 + 3S02 + 6H2O Temirning uch valentli tuzlaridan temirning qolgan uch valentli birikmalarini olish mumkin: FeCl3 + 3NaOH — Fe(OH)3 + 3NaCl 2Fe(OH)3 — Fe2 O3 + 3H2O Fe(OH), - och-yashil cho'kma. Och-yashil rangli Fe(OH), vaqt o'tishi bilan qo'ng'irlashadi: Fe(OH)3 - qo'ng'ir rangli cho'kma.4Fe(OH)2 + 2H20 + 02 = 4Fe(OH)3 Ishlatilishi. Temir boshqa metallar orasida inson uchun eng katta ahamiyatga ega metalldir. Zamonaviy texnikaning barcha sohalari temir va uning qotishmalari bilan chambarchas bog'liq. Amaliyotda toza temirdan kamroq, lekin uning qotishmalari hisoblanadigan - po'lat va cho'yandan juda keng miqyosda foydalaniladi. Ularning ahamiyati shu darajada kattaki, ular alohida - qora metallar deb, boshqa metallardan ajratilgan. Po'lat va cho'yan bilan esa keyingi mavzuda tanishamiz.Biologik ahamiyati. Temir biologik jihatdan eng muhim elementlardan bin hisoblanadi. Tirik tabiatda o'simliklar, hayvonlar organizmlarida uchraydi, ko'plab fermentlar tizimiga kiradi. Ba'zi oqsillar bilan birikmalari esa o'ta katta ahamiyatga ega. Masalan, inson va hayvonlar organizmida qonning roli qandayligi, uning funksiyalari bizga biologiya kursidan ma'lum. Qonning kislorod tashiy olish qobiliyati undagi eritrotsit tanachalari bilan bog'liq. Shu eritrotsitlarning asosini temir ioni va globin oqsili tashkil etadi: gemoglobinning bir molekulasida to'rtta Fe+2 ioni bo'ladi.O'simliklarda ro'y beradigan va noorganik uglerodni organik uglerod bitikmalaiiga aylantirish imkonini beradigan fotosintez jarayonida ham temirning roli katta. O'simliklarda temir yetishmovchiligidan xloroz kasalligi, insonlar organizmida esa kamqonlik kasalligi vujudga keladi. Shuning uchun bunday holatlarning oldini olishda o'simliklar parvarishi ratsionida mikroelement tarkibli o'g'itlar, inson organizmi ratsionida esa temir ko'p bo'ladigan olma, anor, behi, sabzavotlar, parrandalar tuxumi, hayvonlar jigari, tili, buyragi, talog'i doimiy ravishda bo'lishi alohida ahamiyat kasb etadi. Temir muskul to'qimasida 0,018 %, ilikda (0, O3-3,8)-102 %, qonda 447 mg/l miqdorda bo'ladi. Har kuni ovqat bilan 6-40 mg iste'mol qilinishi kerak. Zaharli miqdori 200 mg. O'ldiruvchi miqdori 7-35 g. Inson organizmida (70 kg) o'rtacha 4,2 g miqdorda bo'ladi. Temirning noorganik birikmalari bilan bir qatorda uning organik birikmalari ham muhim ahamiyatga ega. Jumladan, temirning tabiiy organik birikmasi gemoglobinning prototip shakli bo'lgan, sintetik usul bilan olinadigan ferrotsen kimyo fani uchun butun bir yangi soha hisoblanib, keng tadqiqotchilar e'tiborini o'ziga jalb qildi. Uning asosida hozirgi kunda amaliy ahamiyatga ega bo'lgan 100 dan ortiq kimyoviy birikmalar olingan. Temirning ferrotsen birikmalari asosida o'zbek olimlari A.G.Mahsumov, I.R.Asqarov, T.Yu.Nasriddinov hamda ularning shogirdlari tomonidan sintez qilingan 10 dan ortiq biologik faol moddalar temir yetishmasligi, kamqonlik kasalligini davolashda eng samarali dori sifatida tavsiya etilgan.
Download 344.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling