Mavzu: Gripp, ori kasalligi va ularni oldini olish chora – tadbirlari O`zbekiston Respublikasining 383 – sonli oits qonuni Reja


Shamollash va gripp farqi, tashxislash va davolash


Download 182.33 Kb.
bet5/9
Sana17.06.2023
Hajmi182.33 Kb.
#1532928
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqil ish

Shamollash va gripp farqi, tashxislash va davolash
chora – tadbirlari


Umumiy shamollash odatda qish oylarida kuzatilishi mumkin bo’lsa-da, sovuq havoning o’zi bu kasllikka olib kelmaydi. Darhaqiqat, sovuq ob-havo kuzatiladigan davrlarda odamlar bir-biriga yaqin bo’lib, yopiq joylarda ko’p vaqt o’tkazishadi va shu holat virusni tez tarqalishiga yordam beradi. Bitta bemordan chiqadigan viruslar 7 metr uzoqlikkacha tarqalishi mumkin, ular 2-9 soat davomida faol bo’lishadi. Aynan shu sababli, bog’chalar va maktablarda kasallik bir o’quvchidan boshqasiga tezda yuqib qoladi. Umuman olganda, simptomlar virus bilan yuqganidan so’ng 2-3 kun o’tib rivojlanadi. Ba’zi odamlarda kasallik simptomlari zaifroq namoyon bo’lsa, boshqalarda kasallik belgilari o’ta jiddiy tus oladi.
Shamollash belgilari odatda 7-10 kun ichida to’liq bartaraf bo’ladi, lekin kasallik inson salomatligi holati va virus turiga qarab kamroq yoki ko’proq muddat davom etishi mumkin.
Shamollash va gripp farqi
Ko’pchilik shamollashni gripp bilan adashtiradi. Shamollash va gripp simptomlarining bir qismi o’xshash bo’lsa-da, shamollagan bemorlarda grippga duchor bo’lgan bemorlarga nisbatan kasallik jadalligi nisbatan ancha pastroq bo’ladi. Gripp bilan og’rigan bemorlarda odatda isitma, titroq, bosh og’rig’i, sezilarli mushak og’rig’i, quruq yo’tal, qusish va o’ta zaiflik kuzatiladi.
Tashxis qo’yish kasallik belgilari, jismoniy ko’rik va bemorning shikoyatlaridan kelib chiqqan holda qo’yiladi. Agar bakterial kasallik yoki mazkur kasallikka hamrohlik qiluvchi og’ir asoratlardan shubha qilinmasa, odatda laborator tekshiruvlar va tahlilar tayinlanmaydi.
Shamollash odatda umumiy amaliyot shifokori, oilaviy shifokor, terapevt yoki pediatr tomonidan tashxislanadi va davolanadi.

SHAMOLLASHNI DAVOLASH


Shamollashni umuman olganda davolash talab etilmaydi. U o’z-o’zidan cheklanadigan kasallik bo’lib, vaqt o’tib organizmning tabiiy qarshiligi tufayli bartaraf bo’ladi. Uy sharoitida shamollashga qarshi vositalar va tibbiy protseduralar kasallik bilan bog’liq bo’lgan alomatlarni yengillashtirishga qaratilgan bo’ladi, infektsiyaga qarshi esa immunitetning o’z kuchlari yetarli bo’ladi.
Shamollashni dori-darmonsiz davolashning eng samarali usuli — ko’p suyuqlik ichish (iliq yoki issiq), tinchlik va dam olishdir. Katta yoshli bolalar va kattalardagi shamollashda pastilkalar, tomoq uchun spreylar, yo’talga qarshi siroplar kabi an’anaviy vositalar kasallik davomiyligini qisqartirmasada, uning alomatlarini yengillashtiradi. Iliq sho’r suv bilan tomoqni chayish ham yaxshi samara beradi.
Burun uchun tomchilar burun bitishini bartaraf etish uchun ishlatilishi mumkin. Shunisi e’tiborga loyiqki, burun bitishiga qarshi dori-darmonlar uzoq vaqt davomida ishlatilganda teskari ta’sirga olib kelishi mumkin, shu sababli ular ehtiyotkorlik bilan va maqsadga muvofiq ravishda ishlatilishi kerak. Homilador ayollarga u yoki bu vositani qo’llashdan oldin shifokorlari bilan buni maslahatlashish tavsiya etiladi.
Antibiotiklar bu kasallikni davolashda hech qanday foyda bermaydi. Bu turdagi vositalar faqat bakteriyalar keltirib chiqargan kasalliklarga qarshi samaralidir, shamollashga esa viruslar sabab bo’ladi.
Antibiotiklar nafaqat yordam bermaydi, balki kamdan-kam hollarda va shifokor tavsiyasisiz qabul qilinganda jiddiy allergik reaktsiyaga olib kelishi mumkin.
Bundan tashqari, antibiotiklarni zaruriy bo’lmagan hollarda qo’llash muayyan antibiotiklarga chidamli bo’lgan umumiy bakteriyalarning bir nechta yangi avlodlari paydo bo’lishiga olib keldi. Ushbu va boshqa bir qator sabablarga ko’ra antibiotiklardan foydalanishni cheklash muhim.
Ba’zida kasallikdan keyin sinusit, gaymorit yoki otit (o’rta quloq infektsiyasi) kabi bakterial infeksiya rivojlanishi mumkin, shunda antibiotiklarni qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi. Davolash haqidagi qaror tibbiy baholashdan so’ng shifokor yoki tibbiy xodim tomonidan qabul qilinishi kerak.

Download 182.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling