Mavzu; Hozirgi o’zbek tilida dialektizmlar Mundarija Kirish Reja; I bob. Adabiy til me’yorlari va dialektizmlar o’rtasidagi bog’liqlik. Ularning ta’siri
Download 47.49 Kb.
|
Hozirgi o’zbek tilida dialektizmlar
2.3. Leksik dialektizmlar
Bunday dialektizmlar, odatda, badiiy tilda ko’proq uchraydi. Shuning uchun ham muayyan ijodqor asarlari tiliga bagishlangan ishlarda asosan, leksik dialektizmlarga tuxtalib utiladi, holos. Tog’ay Murod asarlarida ham shevaga xos so’zlar uning o’ziga xos uslubini belgilashda asosiy vositalardan biri bo’lib xizmat qilgan. Muallif ularni o’z kaxramonlari nutqiga shunday singdirib yuborganki, busiz adib asarlari jozibasi va xalqchilligini tasavvur qilish kiyin. M.Yuldoshev shevaga xos so’zlarning uch turini: sof leksik, etnografiq va semantik dialektizmlarni farklaydi. Tog’ay Murod leksik dialektizmlarning har uchala turidan ham urinli va mahorat bilan foydalangan. Sof dialektizmlarning adabiy tilda ma'nodoshi mavjud bo’ladi. Bunday dialektizmlar tasvirda maxalliy ruxni yorqin tasavvur qilishga xizmat qiladi. Masalan, belkars (belbog), hamsoya (qo’shni), buyinsasi (tengko’ri, tengdoshi), xesh (karindosh), bolish (yostik), chinachoq (jimjiloq) kabi. M: "Sovchilar oxorli belkars urab ketdi". (VI, 2, 224-bet) "Folchi nimayam derdi, Holdon hamsoya". (VI, 1, 45-bet) "Avtobusda bolalikdan billa usmish Sadir buyinsasi bo’ldi". (VI, 2, 421-bet)"Yana tagin xesh emish. Xa, oshingni yeyin, senday xeshimning!.." (VI, 2, 296-bet) Kaxramon nutqida qo’llangan leksik dialektizmlar maxalliy qoloritni yaratishga xizmat qilishi bilan birga uning nutqiga o’ziga xoslik ham bagishlaydi. Keng iste'moldagi faol so’zlarga nisbatan dialektizmlardagi "begonalik", "yangilik" belgilari ularning obrazliligini ta'minlaydi. Obrazlilik esa ekspressivlik, jozibadorlik va uslubiy rang-baranglikni vujudga keltiradi. Yuqoridagilarni quyidagicha xulosalash mumkin: 1. Tog’ay Murod asarlarida dialektizmlarning fonetik, leksik, grammatik ko’rinishlaridan keng va unumli foydalanilgan. Zero, yozuvchi asarlarining eng birinchi ko’zga tashlanadigan xususiyati ham sheva elementlari orqali badiiy jozibadorlilikka erishilganligidir. 2. Fonetik dialektizmlarning xosil bo’lishi fonetik jarayonlar - tovush o’zgarishi, orttirilishi, tushiish, ikkilanishi hodisalari bilan yuzaga chiqadi. 3. Morfologik dialektizmlar uslubiy talab bilan kelishiq, shaxs-son, va egalik qo’shimchalarining tashlab ketilishi, biri o’rnida boshqasining qo’llanilishi, so’z turkumlarining har birida shevaga xos o’zgachaliklarning ko’zatilishi bilan izoxlanadi. 4. Leksik dialektizmlarning sof leksik, etnografiq va semantik turlari ko’zatiladi.
Download 47.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling