Nutq aniqligi. Aniqlik – madaniy nutqning asosiy belgilaridan biridir. Nutqning aniqligini bir qator lug’aviy, morfologik va sintaktik omillar ta’minlaydi. Masalan,
1) sinonimlardan o’rinli foydalanish;
2) antonimlardan to’g’ri foydalanish;
3) ko’chma ma’noli so’zlarni o’rinli qo’llash;
4) so’z birikmalarini to’g’ri qo’llash;
5) iboralarni to’g’ri qo’llash.
Nutqning aniqligi so’zlovchining bilimi, umumiy saviyasi, tafakkur darajasi va adabiy-me’yoriy ko’nikmasi bilan bog’liq. Agar to’g’ri nutqning yuzaga kelishiga faqat lisoniy faktor zaruriy belgi sifatida qaralsa, nutqning aniqligi deyilganda, uning shakllanishiga xizmat qiluvchi tildan tashqarida bo„lgan holatlarni ham nazarda tutish lozim bo’ladi. Bu eng avvalo, til va tafakkur dialektikasidir. Chunki, aniqlik deyilganda, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar bilan ularning nutqdagi atamasi bo„lgan materiali o„rtasidagi munosabatlik tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |