Mavzu: ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotning jonlanishi


IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOTNING JONLANISHI


Download 47.5 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi47.5 Kb.
#1547304
1   2   3   4
Bog'liq
IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOTNING JONLANISHI

IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOTNING JONLANISHI


Ulug' xoqon farmoni
XIII asr o'rtalarida Chig'atoy ulusining mo'g'ul amaldorlari doirasida o'troqlikka ko'chish, shahar hayotiga yaqinlashish, mahalliy o'troq aholining boy madaniyati-dan foydalanish jarayoni kuchayadi. Mo'g'ulistonning ulug' xoqoni Munke soliq va hashar ishlarini tartibga solish to'g'risida maxsus far-mon — yorliq chiqaradi. Yomlar bo'ylab pochta xizmati uchun ajratil-gan otlar soni belgilanib, aholidan ortiqcha ot talab qilish man etiladi. Shuningdek, elchilarga, qo'llarida bevosita topshiriqlari bo'lmasa. sha­har yoki qishloqlarga kirmasligi va aholidan ular uchun belgilanadigan ortiqcha yem-xashak hamda oziq-ovqat olmasligi uqtiriladi. Shu tariqa aholi o'zboshimchalik bilan yig'ib olinadigan hisobsiz to'lovlardan ozod bo'ladi.


Mas'udbekning pul islohoti
Movarounnahrda asta-sckinlik bilan bo'l-sa-da. shahar hayoti. xususan hunarmand-chilik va savdo munosabatlari jonlana boshlaydi. Shaharlarning ichki hayoti, ayniqsa tovar va pul munosabatlarining tiklanishida Mas'udbck tomonidan 1271-yilda amalga oshirilgan pul islohoti muhim ahami-yatga ega bo'ladi. U Movarounnahrning 16 ta shahar va viloyatlarida, jumladan, Samarqand. Buxoro, Taroz, O'tror, Xo'jand va boshqa sha-harlarda bir xil vazn va yuqori qiymatli sof kumush tangalar zarb ct-tirib, mamlakatda ularni muomalaga chiqaradi.
Kebekxon va uning islohottari
XIV asrning birinchi yarmida Chig'atoy ulusida mo'g'ullarning o'troqlikka o'tish jarayoni kuchayib, ularning ijtimoiy ha-yotida jiddiy o'zgarishlar sodir bo'la boshlaydi. Movarounnahrdek madaniy o'lka bilan mustahkam aloqa o'rnatishga va o'troq hayot kechirishga intilgan Chig'atoy xonlaridan biri Kchek (1318-1326) edi. U hokimiyatni bevosita o'z qo'liga olib, Qashqadaryo vohasidagi qadimgi A'a.va/'shahri yonida o'ziga saroy qurdiradi. Saroy mo'g'ul tilida «Qarshi» deb yuritiladi. Kebekxon o'z qarorgohini mo'g'ul hukmdorlari orasida birinchi bo'lib Jvlovarounnahrga ko'chiradi. U shu saroyda turib mamlakatni idora qiladi. Keyinchalik saroy atrofida yangi binolar qad ko'taradi va eski Nasaf shahri bilan qo'shilib ketadi. Shundan e'tiboran bu shahar «Qarshi» deb atala boshlanadi.
Kebek davlatni idora etish tuzilishini va uning iqtisodiy hayotini tartibga solish maqsadida ma'muriy va pul islohoti o'tkazadi. Mam-lakatdayagonapuljoriy qilinadi. Erondagi Xulokiylar davlati va Oltin O'rda xonligining kumush tangalari namunasida ikki xil pul: og'irligi 8 grammlik katta kumush tanga va 1 grammlik kichik tanga zarb etil-gan. Katta tanga «dinor», kichigi «dirham» deb atalgan. «Kepaki» deb nom olgan bu tangalar Samarqand va Buxoroda zarb etilib, muoma-laga chiqarilgan.

Download 47.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling