Mavzu. Ishlab chiqarish


Download 1.43 Mb.
bet4/9
Sana04.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1323934
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-mavzu. Ishlab chiqarish va uning modellari

O’rtacha va chegarali mahsulot

Ishlab chiqarish jarayonvda jonli mehnatdan foydalanishni o’rtacha va mehnat chegarali mahsuli tushunchalari yordamida ifodalash mumkin. 8.2-jadvalning 4-ustuni mehnat o’rtacha mahsuli APl ni ko’rsatib turibdi, bu foydalanilgan omil birligiga to’g’ri keladigan mahsulot ishlab chiqarish hajmini o’zida aks ettiradi. O’rtacha mahsulot ishlab chiqarish hajmi Q ni umumiy mehnat sarflari L ga taqsimlab aniqlanadi. Bizning misolimizda o’rtacha mahsulot dastlab ko’payadi, biroq mehnat sig’imi 4 birlikdan oshgan sari kamaya boshlaydi. 5- ustunda mehnat chegarali mahsulotlari MPL ko’rsatilgan bo’lib, bular mehnat sarfi bigga birlikka ko’payishi natijasida ishlab chiqarilgan qo’shimcha mahsulot hajmidir.
Masalan, kapital miqdorga o’zgarmagan holda ya’ni u 10 birlik bo’lgani holda mehnat sarfini 2 dan 3 birlikka ko’paytirish mahsulot hajmini 30 dan 60 birlikka oshiradi, ya’ni qo’shimcha ravishda 30 birlik mahsulot (60—30) hosil qiladi. Mehnat chegarali mahsuli AQ/AL tarzida yoziladi (ya’ni, mehnat sarfi AL bitta birlikka ko’payishi natijasida ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi ya’ni AQ). Mehnat chegarali mahsuloti foydalaniladigan kapital miqdoriga ham bog’liq. Masalan, kapital sarfi 10 dan 20gacha ko’paysa, mehnat chegarali mahsulotining ko’payishi extimoli bo’ladi. O’rtacha mahsulot singari chegarali mahsulot ham avval ko’payadi, keyin esa pasayadi, biroq u faqat mehnat sarflari 3 birliqdan oshgandagina pasaya boshlaydi.
Yakun chiqaramiz: Mehnat o’rtacha mahsuloti = ishlab chiqarish hajmi / mehnat sarflari
= Q /L.
Mehnat chegarali mahsuloti = ishlab chiqarish hajmining ko’payishi / mehnat sarflarining ko’payishi / AQ/AL.
8.2-jadvalda berilgan axborotning chizma tasviri hisoblanadi. Biz rasmdagi barcha nuqtalarni yaxlit chiziqlar orqali birlashtirdik. 8.2-a rasm ishlab chiqarish hajmi o’sishini, biroq maksimum 112 birliqdan iborat maksimumga etmaganini va kelgusida pasayishini ko’rsatadi. Ishlab chiqarish egri chizig’ining bu qismi uzuq-uzuq chiziq bilan belgilangan bo’lib, u bilan mehnat sarfi 8 birlikdan yuqori bo’lganda ishlab chiqarish texnologik jihatdan samarali emasligini ko’rsatadi, demak u ishlab chiqarish
fuktsiyasining qismi hisoblanmaydi. «Samaradorlik» tushunchasi manfiy chegarali mahsulotni inkor etadi. 8.2-rasmda o’rtacha va chegarali mahsulotlar egri chizig’i ifodalangan.
Urtacha mehnat mahsuli bu kiritilgan mehnat omili miqdoriga bo’lingan umumiy mahsulotdir. V nuqtada o’rtacha mahsulot ishlab chiqarish hajmi (60)ni kiritilgan omil Zga bo’linmasini aks ettiradi, yoki 20 birlikka teng kiritilgan mehnat omilini yoki mehnat sarflarini ko’rsatadi. Ko’rinadiki, ushbu o’rtacha mahsulot umumiy mahsulot egri chizig’ining dastlabki holatdan V nuqgasigacha bo’lgan egilishi bilan o’lchanadi. Umuman, o’rtacha mahsulot umumiy mahsulot egri chizig’ining qaysi bir nuqtasida keskin egiladi. Bu egilish boshlang’ich nuqgadan to shu nuqtagacha bo’ladi. Hatto yuzaki o’rganish ko’rsatib turibdiki, o’rtacha mehnat mahsuli o’zining maksimal miqdoriga V nuqgada etadi. Bu nuqtada chiziq o’zining dastlabki holatiga nisbatan eng katga burilishga ega bo’lib, keyin pasayadi.
Mehnat chegarali mahsuli bu umumiy mahsulotni kiritilgan omil mehnatning yoki mehnat sarflarining unchalik katta bo’lmagan o’zgarishiga javoban siljishini ifodalaydi. Geometrik jihatdan chegarali mahsulot, ishlab chiqarish egri chizig’ining qaysi bir nuqtasida mahsulot chiqarish egri chizig’ining xuddi shu nuqtadagi egilish burchagiga teng. Mahsulot ishlab chiqarish egri chizig’ining og’ish burchagi o’z navbatida shu nuqga orqali o’tkazilgan urinma chiziqning egilish burchagiga teng. Shunday qilib, A nuqtada chegarali mahsulot 20 birlikka teng bo’ladi, chunki urinma chizig’ining burchak koeffitsienti mahsulot ishlab chiqarish egri chizig’iga nisbatan 20ga teng. Urinma chiziqlarni mahsulot ishlab chiqarish egri chizig’iga nisbatan burchak koeffitsientlarini o’rganar ekanmiz, mehnat chegarali mahsuli dastlab o’sib borishi, mehnat sarflari 3 birlik bo’lganda o’zining cho’qqisiga chiqishi, keyin esa S nuqtadan D nuqtagacha siljigan sari pasayib borishini ko’ramiz. D nuqtada ishlab chiqarish hajmi maksimumlashadi, urinma chiziqning mahsulot ishlab chiqarish egri chizig’iga nisbatan egilishi Oga teng va chegarali mahsulot ham Oga teng bo’ladi. Bu nuqtadan yuqorida chegarali mahsulot manfiylashadi.
Kamayib boruvchi qaytim qonuni
Mehnat chegarali mahsulining (kiritiladigan boshqa omillarning chegarali mahsuli ham) kamayib borishi anchagina kuchli bo’lgani uchun uni ifodalashda kamayib boruvchi qaytim qonuni iborasidan tez-tez foydalaniladi.
Kamayib boruvchi qaytim qonuni biron ishlab chiqarish omilidan foydalanish ko’payib borgan sari (boshqa omillar o’zgarmagan holda), pirovard natijada shunday nuqtaga etib borilishi va unda shu omildan qo’shimcha foydalanish mahsulot ishlab chiqarish hajmining pasayishiga olib kelishini bildiradi.
Ishlab chiqarish omili sifatida mehnatdan foydalaniladigan bo’lsa (kapital o’zgarmagan holda), mehnat sarflarining ozgina bo’lsa-da, o’sishi mahsulot ishlab chiqarishni ancha (sezilarli) darajada ko’paytiradi, chunki ishchilar qo’shimcha ravishda ixtisoslashish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ammo oxir-oqibat, kamayib boruvchi qaytim qonuni o’z kuchini ko’rsatadi. Agar ishchilar soni ortiqcha ko’payib ketsa, ayrim ish jarayon (tur)lari samarasiz bo’lib qoladi va mehnat chegarali mahsuli kamayadi.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling