Mavzu: Konstityutsiyaning qaysi moddalarida tabiatni asrashga doir qonunlarni o’rganish va taxlil qilish Reja


Bu ikkala tizim uch yo`nalishda ish olib boradi


Download 118.5 Kb.
bet3/4
Sana26.01.2023
Hajmi118.5 Kb.
#1126955
1   2   3   4
Bog'liq
Konstityutsiyaning qaysi moddalarida tabiatni asrashga doir qonunlarni o’rganish va taxlil qilish

Bu ikkala tizim uch yo`nalishda ish olib boradi:

  1. atrof muhit holati va muhitni ifloslovchi manbalar monitoringni olib borish;

  2. tabiatdan foydalanishni rejalashtirish, ekologik ekspertizani yo`lga qo`yish, sanitariya-gigiyena normalarini ishlab chiqish;

  3. atrof muhit tabiatini nozirlik (inspektsiya) yo`li bilan muhofaza qilish.



Atrof muhit holatining monitoringi - biosfera tarkibidagi turli komponentlarni aniqlash va bu holat to`g`risidagi ma'lumot to`plashdan iborat. Hozirgi vaqtda respublikada 94 ta yer usti suv manbalarining 187 ta nuqtasidan suv analizni olib tekshirilib turiladi. Bunda asosiy e'tibor suv tarkibidagi minerallar, biogen moddalar, neft mahsulotlari, fenollar, xloroorganik va fosfoorganik pestitsidlar, og`ir metallar va ftor singari moddalarga qaratiladi.
Gidrobiologik kuzatishlar 50 dan ortiq suv manbalarining 100 dan ortiq nuqtalarida olib boriladi. Bunda atmosfera yog`inlari suvlarining kimyoviy tarkibi tahlil qilib borildi. Respublikaning sanoati rivojlangan shaharlarida qorning suvi 26 ta ingrediyent bo`yicha analiz qilib boriladi.
Atmosfera havosining holati 25 ta shaharda tashkil qilingan 65 ta ko`chmas postlarda o`rganib boriladi. Bu ish bilan gidrometeorologiya xizmati shug`ullanadi. Uning atrof muhit ifloslanishini kuzatish respublika markazi Toshkent joylashgan bo`lib, markazning Farg`ona va Navoiy shaxarlarida bittadan kompleks laboratoriyasi, Olmaliq, Angren, Andijon, Bekobod, Samarqand va Chirchiq shaharlarida havoning ifloslanish darajasini kuzatuvchi laboratoriyalari, Buxoro, Guliston, Nukus va Namanganda atmosfera havosini kuzatuvchi guruhlari mavjud. Surxondaryo viloyatining Tojikiston alyuminiy zavodi ta'sirida bo`lgan Sariosiyo tumani hududida uning tarmoqlararo laboratoriyasi ishlab turibdi. Shuningdek markazning Chotqol biosfera qo`riqxonasi hududida va Abramov muzligida ham laboratoriyalari bor. Gidrometmarkazning Qarshi, Termiz, Kogon, Sirg`ali va Do`stlik (Xorazm viloyati) shaharlaridagi bo`linmalari shu shaharlar atmosferasining holatini kuzatib bormoqdalar.
Tuproq va o`simliklar qoplamining ifloslanishi asosan respublikaning qishloq xo`jaligi bilan shug`ullanuvchi hududlarida va sanoati rivojlangan shaharlar atrofidagi yer maydonlarida kuzatib boriladi.
Atrof muhit holatining monitoringi davlatlararo kuzatuvlar tizimi doirasida olib boriladi.
Bunday monitoringning asosini muhitni ifloslovchi manbalarning birlamchi hisobi, statistika ma'lumotlari, ekologik pasportlash, yer, suv va boshqa resurslarni kadastrlash tashkil qiladi.
Atmosfera havosini ifloslovchi manbalarning birlamchi hisobini olish 1980 yilda boshlangan edi. Bu ish shundan beri davom etib, chuqurlashtirib kelinmokda. Hozirgi kunda respublikada havoni ifloslovchi 60 mingdan ortiq ko`chmas ob'yektlar, 2 mingdan ortiq korxonalar hisobga olingan.
Suv resurslarini nazorat qilish bo`yicha suv kadastri 1979 yilda tashkil qilingan bo`lib, u har 5 yilda bir marta yangilanadi. Suvdan foydalanish masalasini «Uzgiprovodxoz», yer usti suvlarining holatini «Glavgidromet», yer osti suvlarining holatini esa «Goskomgeo» nazorat qilib boradi. Repsublikadagi 500 ta suvdan foydalanuvchi korxonada foydalanilgan va chiqarilgan (oqava) suvlarining doimiy hisobi olib boriladi.
Yerdan foydalanish va uning bonitetini doimiy kuzatib borish maqsadida «Uzgiprozem» 1977 yildan boshlab yer kadastrini tashkil qildi.
Hayvonot dunyosining holatini kuzatib, borish, hayvonlardan ov va boshqa maqsadlarda foydalanishni to`g`ri yo`lga qo`yish uchun 1992 yilda Tabiatni muhofaza qilish Davlat Qo`mitasi rahnamoligida hayvonot dunyosining kadastri ishlab chiqildi.
Atrof muhitni ifloslovchi manbalarni nazorat qilish Respublika Tabiatni muhofaza qilish Davlat Qo`mitasi huzuridagi analitik nazoratga ixtisoslashgan markaziy inspektsiya hamda uning Toshkent shahri, 11 ta viloyat va 10 ta shaharlardagi filiallari tomonidan olib borilmoqda.
Respublikada tabiatdan foydalanish masalasi iqtisodiy siyosat asosida rejali tashkil qilingan bo`lib, u tabiatdan pullik foydalanishga yo`naltirilgan. Buning uchun 2005 yilgacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladigan tabiatni muhofaza qilish dasturi ishlab chiqildi. Dasturga ko`ra tashkilot va korxonalar o`zlariga zarur bo`lgan tabiiy resurslardan belgilangan me'yor asosida pullik foydalanadilar. Ular, shuningdek, atrof muhitga chiqaradigan chiqindilari uchun tovon puli ham to`laydilar.
Hozirgi vaqtda Respublika tabiatni muhofaza qilish davlat Qo`mitasi, shuningdek tabiatni muhofaza qilish viloyatlar Qo`mitalari huzurida ekologik ekspertiza xizmati tashkil qilingan bo`lib, u yangi quriladigan yoki rekonstruktsiya qilinadigan korxonalarning qurilish loyihalarini ekspertiza qiladi. Bunda asosiy e'tibor bo`lajak korxona chiqindilarning turlari va miqdoriga, ularni zararsizlantirish uskunalarining yetarli darajada loyihalashtirilganligiga va shuningdek korxona quriladigan joyning aholi sog`ligiga zarari bor-yo`qligiga qaratiladi. Ana shunday ekologik talablarga javob bermaydigan korxonaning qurilishga ruxsat berilmaydi.
Atrof muhitning va uni ifloslovchi manbalarning monitoringi natijalariga ko`ra sog`likni saqlash organlari tomonidan sanitariya-gigiyena normalari ishlab chiqiladi va u yoki bu turdagi chiqindining ruxsat etiladigan miqdori (REM) belgilab beriladi.
Dastlabki REM 1939 yilda ichimlik suvining sifati bo`yicha tasdiqlangan, suv tarkibidagi zararli moddalarning ruxsat etilgan miqdori belgilab berilgan edi.1972 yilda suvdagi zararli moddalarning REM i 420 xil modda buyicha belgilandi. Hozirgi vaqtda esa suvning qaysi maqsadlarda foydalanishiga ko`ra 1625 ta modda bo`yicha REM belgilangan.
Atmosfera havosining ifloslanish darajasi bo`yicha 1991 yilda 479 ta REM belgilangan. Tuproqdagi zararli moddalarning REM miqdori 1980 yildan beri aniqlanib kelmoqda. Hozirgi davrda tuproqdagi REM 109 ta modda bo`yicha aniqlangan.
Aytilganlardan tashqari atrof muhitning monitoringi to`g`risidagi yetarli ma'lumotlarni to`plash asosida havo va suvga tashlanadigan zararli chiqindilarning chiqarilish miqdori bo`yicha ilmiy-texnik normativlar ham ishlab chiqilgan. Ana shu normativlarga ko`ra tabiatni muhofaza qilish qo`mitalari korxonalarga har yili atmosferaga chiqariladigan moddalar (bunday korxonalar 1500 ta) va suvga tashlanadigan oqavalar (bunday korxonalar 502 ta) bo`yicha maxsus ruxsatnomalar beradi.
O`zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat Qo`mitasi huzurida va uning barcha viloyatlar Qo`mitalari huzurida tabiatdan foydalanishning konunga muvofiqligini tekshirib boruvchi nazorat inspektsiyalari tuzilgan. Bu inspektsiyalar yer, suv, havo, o`simlik va hayvonot dunyosidan foydalanishni joylarda tekshirib boradi va qonun buzilishi hollarida tegishli choralarni belgilaydi. Nazoratchi inspektorlarning lavozimi huquqlari «Tabiatni muhofaza qilish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Qonuni» bilan mustahkamlangan bo`lib, ular o`z vakolatlari doirasida harakat qiladilar.
Alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar asosan o`simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish maqsadida tashkil qilinib, tabiati muhofaza ostiga olingan joylardir. Bunday joylarning umumiy maydoni 8,9 ming kv  km bo`lib, respublika jami maydonining 2,0% ni tashkil qiladi. Alohida muhofaza qilinadigan xududlar 4 toifaga bo`linadi:

  • davlat qo`riqxonalari. Bular muhofaza rejimi jihatidan I toifaga kiritilganlar.

  • milliy bog`lar. Bular muhofaza rejimi jihatidan II toifaga kiritilganlar.

  • buyurtmaxonalar (zakaznik) –IV toifaga mansub

  • davlat tasarrufidagi tabiat yodgorliklari – IV toifaga mansub

Respublikada davlat qo`riqxonalari soni 9 ta bo`lib, ularning umumiy maydoni 2164 kvkm ga teng. Bu qo`riqxonalarning maydonini tanlashda asosiy e'tibor respublikadagi biologik xilma-xillikni saqlab qolishga qaratilgan, ya'ni qo`riqxonalar turli tipdagi ekotizimlarni qamrab olgan. Chotqol biosfera qo`riqxonasi, Hisor, Zomin va Nurota davlat qo`riqxonalari tog`li hududlarni, Surxon davlat qo`riqxonasi tog`li hududlar va to`qayzorlarni, Zarafshon va Baday-To`qay davlat qo`riqxonalari to`qayzorlarni, Qizilqum davlat qo`riqxonasi esa to`qayzor va cho`l hududlarini qamrab olgan. Bulardan tashqari Zarafshon tog` tizmalarining janubiy yonbag`rida 53 gektar maydonni egallagan Kitob geologik qo`riqxonasi mavjud bo`lib, uning maqsadi toshlarga solingan qadimiy suratlarni muhofaza qilishga qaratilgan.

  1. Chotqol biosfera qo`riqxonasi – 1947 y. tashkil topgan. Maydoni – 45739 ga. Joylashgan o`rni-Toshkent viloyatining Parkent tumani. Maqsadi-G`arbiy Tyan-Shon tog`i ekotizimini muhofaza qilish va atrof muhit monitoringini olib borish. U 1995 yilda jahon biosfera qo`riqxonalari tizimiga kiritilgan.

  2. Xisor davlat qo`riqxonasi - 1983 y. tuzilgan. Maydoni-80986 ga. Joylashgan o`rni-Qashqadaryo viloyati Xisor tog` tizmasining g`arbiy qismi. Maqsadi-Xisor tog` tizmalari ekotizimini saqlash.

  3. Zomin davlat qo`riqxonasi – 1960 y. tuzilgan. Maydoni-21735 ga. Joylashgan o`rni-Jizzax viloyatining Zomin tumani Turkiston tog` tizmasining shimoliy yonbag`rida. Maqsadi-dengiz sathidan 1760-3500 m. balandlikda joylashgan archazorlar ekotizimini saqlash.

  4. Nurota davlat qo`riqxonasi – 1975 y. tuzilgan. Maydoni-17752 ga. Joylashgan o`rni-Jizzax viloyati Forish tumani Nurota tog` tizmalarining shimoliy yonbag`rida. Maqsadi-yong`oqning noyob turlari, Svertsov qo`yi va qo`riqxona maydonining tabiiy komplekslarini muhofaza qilish.

  5. Surxon davlat qo`riqxonasi - ikkita mustaqil bo`limdan iborat:

  1. Orol-Payg`ambar-1971 y. tuzilgan. Termiz shahri yaqinidagi Amudaryo to`qayzorlaridan 3093 ga maydonni egallagan. Maqsadi-to`qayzorlar ekotizimini saqlash. Afg`oniston bilan chegara notinchligi uchun hozircha uning faoliyati to`xtatilgan.

  2. Ko`xitog`-1987 y. tuzilgan. Maydoni-24583 ga. Joylashgan o`rni-Surxondaryo viloyati. Maqsadi -O`zbekistonning janubiy qismidagi tog` o`rmonlari ekotizimini saqlash.

  1. Zarafshon davlat qo`riqxonasi – 1975 y. tuzilgan. Maydoni-2352 ga. Joylashgan o`rni –Samarqand viloyati Jomboy tumani, Zarafshon daryosining o`ng qirg`og`ida. Maqsadi – to`qayzorlar ekotizimini saqlash, zarafshon qirg`ovulini ko`paytirish.

  2. Baday-Tuqay davlat qo`riqxonasi – 1971 y. tuzilgan. Maydoni-6462 ga. Joylashgan o`rni-Qoraqalpog`iston respublikasi Beruniy va Kegeyli tumanlari, Amudaryoning o`ng kirg`og`ida. Maqsadi-Amudaryo suvi sathining o`zgarib turishni hisobga olgan holda to`qayzorlar ekotizimini o`rganish va muhofaza qilish.

  3. Qizilqum davlat qo`riqxonasi – 1971 y. tuzilgan. Maydoni-10141 ga. Joylashgan o`rni –Buxoro va Xorazm viloyatlari chegarasi Amudaryoning o`ng qirg`og`ida. Maqsadi – to`qayzorlar va cho`l ekotizimlarini saqlash, Buxoro bug`usi va Amudaryo qirg`ovulini asrash.

Milliy bog`lar
Respublikada milliy bog`larning umumiy maydoni 5800 kv.km. ga teng. Ular tog`li hududlarda tashkil qilingan bo`lib, ularda davlat qo`riqxonasidan farqli ravishda muhofaza qilish bilan birga ba'zi xo`jalik ishlari (dorivor o`simliklar yig`ish, suv yo`llaridan foydalanish, tog` daraxtlarining mevalarini yig`ish va shunga o`xshash ishlar) bajarilishiga, shuningdek uladan rekreatsion maqsadlarda foydalanishga ruxsat beriladi. Shuning uchun ham milliy bog`lar muhofaza rejimiga ko`ra II toifaga kiritilgan.
Respublikada 2 ta milliy bog` mavjud:

  1. Ugam-Chotqol davlat milliy tabiat bog`i-1990 y. tashkil etilgan. Maydoni-574600 ga. Joylashgan o`rni-Toshkent viloyati G`arbiy Tyan-Shon tog` tizmasida. Maqsadi-nodir tog` landshaftlarini qo`riqlash, ulardan tartibli rekreatsion foydalanish.

  2. Zomin milliy bog`i-1978 y. tashkil topgan. Maydoni-24110 ga. Joylashgan o`rni-Jizzax viloyati Turkiston tog` tizmasining shimoliy yonbag`rida. Maqsadi-tog` landshaftlarini qo`riqlash. Ulardan rekreatsioln maqsadlarda unumli foydalanish.

Buyurtmaxonalar
Tabiatning bu rezervatlari bir yoki bir necha turdagi o`simlik yoki hayvonni muhofaza qilish maqsadida belgilangan muddatga tuziladi. Maqsadga erishish uchun belgilangan muddat mahalliy hokimiyatlar qarori bilan uzaytirib borilishi mumkin.

Download 118.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling