Mavzu: korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllari


Download 10.29 Kb.
bet4/5
Sana08.03.2023
Hajmi10.29 Kb.
#1252211
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllari-fayllar.org

Hissadorlik jamiyatlari Hissadorlik jamiyati – bu shunday jamiyatki, unda har bir ishtirokchining ulushi qimmatbaho qog‘ozlar – aksiyalarda ifodalanadi, korxona boshqarishdagi ovoz berish huquqi esa unda bo‘lgan aksiyalarga proporsional taqsimlanadi. Korporatsiyalar mulkiga bo‘lgan huquq aksiyalar bo‘yicha qismlarga bo‘linadi va shuning uchun korporatsiyaning egalari aksiyadorlar yoki hissadorlar deb ataladilar. Chiqarilayotgan aksiyalarning umumiy nominal qiymati hissadorlik jamiyatining nizomiy jamg‘armasi yig‘indisiga teng bo‘lishi kerak. Hissadorlar jamiyat foydasining bir qismini bitta aksiyaga To‘g‘ri keladigan divident shaklida oladilar.

Hissadorlik jamiyatlarining ikkita turi: ochiq va yopiq turlari mavjud. Ochiq turdagi korporatsiyalarda (OTHJ) (aksiyalari ochiq savdoda bo‘lgan va uzlarining moliyaviy faoliyatlari haqida xabardor qilib turadiganlarda) hissadorlik soni yuzlab va minglab kishilarni tashkil qilishi mumkin. Yopiq turdagi hissadorlik jamiyatlarda (YOTXJ) o‘z moliyaviy – xo‘jalik faoliyatining natijalarini oshkor qilmaydilar. Odatda, mehnat jamoasining a’zolari, shuningdek, oraliq korxonalarining xodimlari aksiyalarning egalariga aylanadilar. Garchi egalik qilish va boshqarish katta ochiq va yopiq jamiyatlarda, korporatsiyalarda bo‘lingan bo‘lsa ham hissadorlar boshqaruvda o‘zlarining ovoz berish huquqidan foydalanib bilvosita qatnashishlari mumkin.HJ ni boshqarishning oliy organi hissadorlarning umumiy majlisi bo‘lib, uning mutloq vakolatiga nizomni va nizomiy jamg‘armani o‘zlashtirish, direktorlarni saylash, faoliyatining yillik natijalarni tasdiqlash kiradi.

Umumiy majlislar oralig‘ida jamiyatning boshqarishning oliy organi direktorlar kengashi hisoblanadi. Umumiy majlis direktorlar orasidan bosh (ijrochi) direktorni yoki jamiyatning prezidentini saylaydi. Direktorlar kengashi ushbu korporatsiya aksiyalari egalari tomonidan saylanadi. Rivojlanish jamg‘armasini ajratish, rivojlanish yo‘nalishlari, hissadorlar o‘rtasida taqsimlanadigan dividendlar (agar foyda olingan bo‘lsa) miqdori haqidagi masalalarni hal qilish direktorlar kengashining vakolatlariga kiradi. Korporatsiyada saylovlar teng emas, ya’ni hissador o‘zi egalik qilayotgan har bir aksiya uchun bitta ovozga ega bo‘ladi. Agar korxona hissadorlik jamiyati sifatida tashkil topayotgan bo‘lsa, unda uning ta’sischilari aksiyalarga yozilishlari kerak bo‘ladi. Ularda:


Download 10.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling