Mavzu: Malakaviy bitiruv ishi to’g’risida ma’lumotlar. Tarkibi. O’zbekistan Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»


Download 38.07 Kb.
bet3/4
Sana01.03.2023
Hajmi38.07 Kb.
#1241952
1   2   3   4
Bog'liq
Malakaviy bitiruv ishi to’g’risida ma’lumotlar

Texnik qism
Hajmi 15-20 betli qo’lyozmadan iborat bo’lgan bu bobda berilgan gidrouzel (NS, GES)ning mavjud komponovkalanishi, uning tarkibi va konstruksiyalanishi, shuningdek, uni loyihalashda qabul qilingan texnik qarorlar majmuining tahlili, ularning ustuvorligi va kamchiliklari quyidagi namunaviy mavzular bo’yicha bayon qilinadi:

  1. Gidrouzel (NS, GES)ning tarkibi va komponovkalanishi;

  2. Gidrokuchlanish jihozlari;

  3. Mexanik jihozlarning ro’yxati va xarakteristikalari;

  4. Inshootlar ishlash xarakteristikalarining hisob - kitobi va qurish;


Ekspluatatsiya qismi
Hajmi 35-45 bet qo’lyozmadan iborat bo’lgan bu bobda mavjud ishlatish loyihasi (qoidalari), shuningdek ishlatishning taklif qilinayotgan loyihasi qoidalari) quyidagi mavzular bo’yicha tahlil qilib chiqiladi:

  1. Gidrouzel (NS, GES) inshootlari, ulardagi gidromexanik va gidroenergetik jihozlarda texnik qarov ishlarini amalga oshirish xususiyatlari;

  2. Gidrouzel (NS, GES) texnik holati ustidan nazorat (kuzatish) ishlari;

  3. Ekspluatatsion tadbirlar rejasini ishlab chiqish (yoki ishlab chiqish bo’yicha muloxazalar);

  4. Ta’mirlashlar va ularni qabul qilish qoidalari;

  5. Texnik tadbirlar hisoboti;

  6. Ekspluatatsiya xizmati shtati va asosiy lavozimiy majburiatlari;

  7. Ekspluatatsiya xizmati ishini tashkil qilishning asosiy qoidalari;

  1. GTI (NS, GES) texnik holatini kuzatish ma’lumotlariga qayta ishlov berish (yoki jurnallar shakllari, yoki o’lchovlarni olib borish va kuzatish ma’lumotlariga qayta ishlov berish uslubiyati, yoki kuzatish natijalari va boshqalar);

  2. Solishtirma texnik - iqtisodiy ko’rsatgichlar.

Eslatma: Mustaqil ishlash va ko’p variantlilikni ta’minlash uchun BMI hajmidan kelib chiqib:

  1. mavzuda inshootlarga texnik qarov ishlarini tarkibiga kirgan yuqori byefni yuvishning hisob - kitobi yoki boshqa ekspluatatsion tadbirlarni amalga oshirishni uslubiyati (drenaj suvlarini qochirish (burib yuborish) ni (hisob - kitobi), nasosni so’ruvchi quvuriga suv quyish usullari va boshqa) kabilar qo’shimcha (topshiriq) berilishi mumkin;

  2. mavzu gidrouzel (NS, GES)ning ayrim elementlarini rekonstruksiya qilish, avariya materiallari va extiyot qisimlar zaxirasi ro’yxatlari va boshq. keltirilib to’ldirilishi mumkin;

  3. Ushbu bob mexnatni muhofaza qilish va hayot faoliyati texnikasi, obyektni dispetcherlik boshqarish (rejimi) bo’yicha va b.sh.u. muloxazalar bilan ham to’ldirilishi mumkin.


Download 38.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling