Mavzu: Matlab simmulink dasturiy vositasini qo’llashni o’rganish
Download 45.36 Kb.
|
1 2
Bog'liq7-Amaliy
7-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Matlab simmulink dasturiy vositasini qo’llashni o’rganish. Simulink - dinamik sistemalarni modellashtirish, imitasiya va taxlil qilish uchun interaktiv vositadir. U grafik blok-diagrammalarni qurish dinamik tizimlarni imitasiya qilish, tizimlarning ishlashini tekshirish va loyihalarni mukammallashtirish imkoniyatlarini beradi. Simulink MATLAB bilan to'la integrallashgan. Hozirgi vaqtda MATLAB ning yangi versiyasi MATLAB 6.5 (Release 13) va Simulink 5 keng ishlatilmoqda. MATLAB 6.5 dasturlarni tez bajarishni ta'minlovchi LT kompilyatorga ega. Shu sababli MATLAB 6.5 texnik hisoblashlar sohasida C++ dasturlash tilida kodlash bilan raqobatlashishi mumkin. Yangi versiyaning diqqatga sazovor tomonlaridan biri m-fayllar mahsuldorligining (effektivligining) avvalgi versiyalardagiga nisbatan yuqoriligidir. Simulink 5 quyidagi yangi xususiyatlarga ega. O’rni belgilangan (fiksasiya qilingan) nuqta bilan hisoblashlarni amalga oshirish mumkin. Suzuvchi nuqta bilan hisoblashlardan fiksasiya qilingan nuqta bilan hisoblashlarga yoki teskarisiga o'tish yo'li bilan modelni mukammallashtirish mumkin (bu holda Fixed-Point Blockset ni o'rnatish zarur). 6.1-rasm: MATLAB dasturining asosiy oynasi Simulinkni ishga tushirish MATLAB dasturining asosiy oynasi ochilgandan keyin (6.1-rasm) Simulink dasturini quyidagi uchta usulning biri yordamida ishga tushurish mumkin: Simulink tugmasini bosish; MATLABning bosh oynasidagi buyruq satrida Simulink so'zini terib klaviaturadagi File menyusida Open... buyrug’ini bajarish va modelning faylini (mdl-fayl) ochish. Birinchi va ikkinchi usullardan foydalanilganda Simulink kutubxonasi bo’limlarining Browse oynasi ochiladi (6.2 -rasm). 6.2-rasm: Simulink kutubxonasi bo’limlarining oynasi Download 45.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling