Mavzu: Minerallarning o’rganish usullari. Reja


Download 33.48 Kb.
bet5/5
Sana16.06.2023
Hajmi33.48 Kb.
#1494033
1   2   3   4   5
Bog'liq
Minerallarning o\'rganish usullari

Amfibolllar gruppasi
Bu gruppa kristallografik belgilariga bog’liq ravishda rombik va monoklin amfibolllarga bo’linadi.
Rombik amfibollar
Bu gruppa minerallaridan nisbatan kam uchraydigan antofillitni ko’rib chiqamiz.
Antofillit – (Mg, Fe)7(OH)2[Si8O22]
Nomi grekcha «antos» - gul va «fillos» - varaq so’zlaridan kelib chiqqan. Antofillitni ikki xili ma’lum: asbestga o’xshash antofillit – uzun ingichka tolasimon xili; jedrit antofillit-tarkibida birmuncha miqdorda alyuminiy bo’lgan xili.
Ximiyaviy analizlardan ma’lum bo’lishicha, magniyli-temirli xillari aralashmasidan iborat izomorf qatori mavjuddir. Biroq toza temirli xili ham, toza magniyli xili ham tabiatda uchramagan.
Singoniyasi rombik, simmetriya ko’rinishi rombik dipiramidal – 3L23PC.
Antofillit odatda Shu’lasimon, nayzasimon, ko’pincha tolali agregatlardan iborat yaxlit massa holida uchraydi. Kristallari juda kam uchraydi.
Antofillitni rangi och jigarrang, ba’zan yashilroq. YAltirashi shishasimon. Ulanish tekisligi (110) bo’yicha mukammal. Qattiqligi 5,5-6. Solishtirma og’irligi 2,86-3,2. Optik xususiyatlari: Ng=1,625-1,698; Np=1,605-1,668.
Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari:8,25; 3,23; 2,84. Kislotalarda Yerimaydi. Dahandam alangasida qiyinchilik bilan Yeriydi. 400°S dan ortiq temperaturada qizdirganda monoklin modifikasiyasiga aylanadi.
Antofillit asosan uncha yuqori bo’lmagan temperaturalarda hosil bo’lgan metamorfik tog’ jinslarda uchraydi. Kristallangan slaneslarda antofillit bilan bir assosiasiyada shox aldamchisi va korund keladi. Bu mineral Uralni, Sibirni, Ukrainani konlarida ma’lum. Antofillit O’zbekistonda Nurota tog’laridagi skarn-sheelitli Qo’ytosh konida, Sulton-Uizdog’ tog’ini janubiy qismida va Qurama tog’idagi Konsoyda uchragan.
Download 33.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling