Mavzu: nutqning to’G’riligi, aniqligi, mantiqiy izchilligi, sofligi, ta’sirchanligi va nutqda bularga rioya qilish reja
Download 230.15 Kb.
|
D.T. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yakka savollar
- TARJIMAI HOL
Frontal savollar.
1.Shaxsiy hujjatlar qanday leksika-grammatik belgilarga ega? 2.Shaxsiy hujjat tarkibiga nimalar kiradi? 3.Shaxsiy hujjatlarning rasmj lashtirilgan shakliga namuna keltiring. MAVZU: SHAXSIY HUJJAT TURLARI, UNING ZARURIY QISMLARI TUZILISHI. REJA: 1.Shaxsiy hujjat turlari, uning zaruriy qismlari tuzilishi. 2.Tarjimai hol, ariza, tushuntirish xati, tilxat, ishonchnoma. 3.Boshqalar matnlar namunasini tayyorlash. Yakka savollar 1.Shaxsiy hujjatlar qanday leksika-grammatik belgilarga ega? 2.Shaxsiy hujjat tarkibiga nimalar kiradi? 3.Shaxsiy hujjatlarning rasmj lashtirilgan shakliga namuna keltiring TARJIMAI HOL Tarjimai hol ma'lum bir shaxs tomonidan o'z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuv. Tarjimai hoi bir xil andazaga ega emas, mufassal yoki muxtasar yozilishi mumkin. U muallif tomonidan mustaqil tuziladigan hujjatdir. Garchi u erkin (ixtiyoriy) tuzilsada, biroq tarjimai holda ayrim qismlarning bolishi shart. Tarjimai holning asosiy zaruriy qismlari: 1.Hujjatning nomi (Tarjimai hol). 2.Matn: a). muallif familiyasi, ismi va otasining ismi; b).tug'ilgan yil, kun, oy va tug'ilgan joyi; v). millati, ijtimoiy kelib chiqishi; g) ota-onasi haqida qisqacha ma'lumot (familiyasi, ismi va otasining ismi, ish joyi); d).ma'lumoti (qaerda, qanday o'quv yurtini tugatganligi va ma'lumotga ko'ra mutaxassisligi); e) ish faoliyatining turlari; y) oxirgi ish joyi va lavozimi; j) mukofot ishlarida ishtiroki; i) oilaviy ahvoli va oila a'zolari; k) pasport ma'lumotlari; l) turar joyi (uy adresi), telefoni. 3.Sana. 4.Imzo. Tarjimai hol oddiy qog'ozga, ayrim hollarda, ya'ni ishga, o'qishga kirishda maxsus bosma ish qog'ozlariga qolda yoziladi. Matnni bayon qilish shakli himoya uslubida bo'lib, birinchi shaxs tilidan yoziladi. Barcha ma'lumotlar davriylik (xronologiya) asosida, aniq sanalar bilan (iloji boricha yili, oyi, kuni ko'rsatilgan holda) beriladi. Barcha raqamlar arab raqamlarida ifodalanadi. Tarjimai hol shunday tuzilishi kerakki, u bilan tanishgan kishi muallifning hayot yo'li, faoliyati haqida muayyan tasavvurga ega bolsin. Tarjimai hol namunasi: TARJIMAI HOL Men, Salimov Karim Olimovich, 1955 yil 15 sentyabrda Toshkent shahrida, xizmatchi oilasida tug'ildim. Otam-Salimov Olim Oripovich Toshkent pedagogika bilim yurtida o'qituvchi, onam-Rahimova Gulnora Azimova 122-bolalar bog'chasida bosh tarbiyachi bo'lib ishlaydilar. 1962 yildan 1971 yilgacha Toshkent shahridagi 1-o'rta maktabda o'qidim. 1972 yilda Toshkent politexnika institutining qurilish fakultetiga o'qishga kirdim. 1973-1975 yillarda armiya safida harbiy xizmatni o'tab qaytgach, o'qishni davom ettirdim va 1979 yilda shu institutni imtiyozli diplom bilan tugatib, quruvchi-muhandis mutaxassisligiga ega boidim. Yo'llanma bilan Toshkentdagi 166-qurilish trestining 94 mexanizatsiyalashgan ko'chma korxonasiga ishga yuborildim. Dastlab muxandis lavozimida, 1984 yildan buy on bosh muhandis lavozimida ishlayapman. 1986 yilda rejadagi topshiriqlarni muvoffaqiyatli bajarganimiz va erishilgan natijalar uchun Respublika Qurilish vazirligining faxriy yorlig'i bilan taqdirlandim. Bir necha jamoat ishlarida ham qatnashaman, jumladan, 166-qurilish tresti kasaba qo'mitasi byurosining a'zosiman. 1995 yildan O’zLiDeP a'zosiman. Uylanganman. Xotinim-Rasulova Muhabbat, 1959 yilda tug'ilgan. 2-shahar kasalxonasida hamshira bo'lib ishlaydi. O'g'lim-Salimov Nodir, 1980 yilda tug'ilgan, O'zMU talabasi. Qizim-Salimova Lola, 1985 yilda tug'ilgan, 261-maktabda o'qiydi. Mening turar joyim: 700210, Toshkent, Usmon Nosir ko'chasi, 5- uy, 27-xonadon. Tel. 72-28-61. (imzo) K. SaUmoy 2000.14.01. Download 230.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling