1 – boshlovchi Hurmatli mehmonlar, qadrli o’qituvchilar,
aziz tengdoshlar, assalomu alaykum.
2 – boshlovchi Bugun maktabimizda katta tantana. Bugun mustaqil O’zbekistonimiz qurolli kuchlarining jasur va mag’rur askarlarining bayramlari.
1 – boshlovchi Qurolli kuchlar davlatimiz xavfsizligi va xalqimiz tinch hayotini ta’minlaydi.
2 – boshlovchi Yurt tinchligi vatan ozodligi va mustaqilligi bilan chambarchas bog’liqdir.
Bir guruh o’g’il bolalar harbiy kiyimda shaxdam qadamlar bilan “O’zbekiston” marshini kuylab, sahnaga chiqadilar.
Tonglar otar, tonglar otar
Shafaqlari qirmiz ol.
Ona yurtim, barno yurtim
Keldi senga istiqlol
Naqorat:
Bir sarhading Sirga tutash,
Biri Amudaryoga,
O’zbekiston, O’zbekiston
Dunyoga chiq dunyoga.
Yillar osha, eller osha,
Kelmaganlar kelsinlar.
Egilganlar tursin qayta
Yig’laganlar kulsinlar.
Naqaror:
Ahil bo’lsak, oqil bo’lsak,
Yig’imiz ham bor bo’lgay.
Yo Vatan deb, mehtat qilsak,
Bizgа zafar yor bo