Shaxs va davlat munosabati haqidagi konstitutsiyaviy qoidalar


Download 89.5 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi89.5 Kb.
#1643092
Bog'liq
J. Umida. Kasbu-hunar rang-barang, har birida o\'zga rang tadbir senariysi.


“Kasbu-hunar rang-barang, har birida o’zga rang” tadbir senariysi.


Boshlovchi:


O’ng qo’lim qalb ustida,
Sizga ta’zim, ehtirom,
Ta’zim ehtirom ila
Deymiz salom, assalom.
Mehri daryo, qalbi jo’shqin
Ustozlarga assalom.
Mehribon va chin g’amxo’r
Ona, otajonlarga salom.

Assalomu alaykum hurmatli aziz tadbirimiz qatnashchilari, aziz mehmonlar, muhtarama ustozlar va tengdoshlar!


Biz bugungi tadbirimizni “Kasbu-hunar rang-barang, har birida o’zga rang”, deb nomladik. Aziz o’quvchilar, siz ta’lim olayotgan maktab yaqin 5-10 yillar ichida butunlay o’zgardi. Bugungi kun maktabi ham ilm olish, ham hunar o’rganish va kasb maktabidir.
Hukumatimiz tomonidan mohir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga katta ahamiyat berilmoqda. “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” har tomonlama kamol topgan yoshlarni ongli ravishda ta’lim va kasb-hunar tanlashga, egallashga da’vat etadi. Bundan maqsad, davlat va oila oldida o’z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashdir.
Biz bugungi tadbirimizni shu ma’noda bilimli, mehnatsevar,
vatanparvar, tabiatni sevuvchan va har xil kasblarga qiziquvchi sizdek dono o’g’il-qizlarimizga kasb-hunarlar to’g’risida ma’lumot berishga bag’ishladik. Chunki kelajagi buyuk O’zbekistonimizga barkamol, yetuk insonlar kerakdir.
Bugungi tadbirimizni 2 ta guruh o’rtasida bellashuv asosida o’tkazamiz.
I-guruhimiz “Hunarmand”
II-guruhimiz “Tadbirkorlar” deb nomlanadilar.
Marhamat bu guruhlar quyidagi shartlar asosida bellashadilar.
I-shart. “Kasblar she’rga aylandi” shart.
Bu shartda o’quvchilar Kasb-hunarlar haqida she’rlar aytadilar.
II-shartda. Guruhlarimiz, Buyuk allomalarimiz kasblari haqida gapirib beradilar.
III-shartda. Kasb-hunarlar haqida maqollar bahsi o’tkaziladi.
IV-shartda. “Mahorat” sharti bo’lib, sharlarda berkitilgan shartlar asosida, o’z qobiliyat va mahoratlarini namoyish qiladilar.Marhamat, tadbirimizga xush kelibsiz, tadbirimizni I-shartini tamosha qilamiz.

I-guruh. Omon bo’l, zafar top, ey mehnat ahli,


Senla faxrlansa, odamzod haqli.
Sendan erur jahon obodonligi,
Sendan erur inson faravonligi.

II-o’quvchi: Hunar birla aqling birikkan hamon,


Har bir ish yurishgay jahonda ravon.

III-o’quvchi: O’z mehnating, bo’lsin doim yo’ldoshing,


O’zga minnatidan og’ritma boshing,
Kunlaring o’tarkan terib, dur hikmat,
Kunlaring to’liqdir bo’lsa hur mehnat.
Kosibdan shodu-xurram yo’qdir jahonda,
Hunarlidan yaxshi ham yo’q jahonda.

IV-o’quvchi: Men gapga ustamasman,


Ortiq gap istamasman
Menga bo’yoq mo’yqalam,
Har yerda do’stu hamdam,
Tabiat o’zi rassom,
Rassomga berar ilhom.

V-o’quvchi: El xizmatin o’tamoq,


Ulug’ burchimiz.
Bizlar qonun tartibni
saqlaguvchimiz
El baxtini saqlaymiz.
Ko’zimiz kabi
Yaxshilarni yo’qlaymiz
O’zimiz kabi.

VI-o’quvchi: Bilmaganlarim o’qib,


Endi-chi shifokorman,
Yordam uchun tayyorman.
Elda gap bor chiroylik .
Sog’lomlik-tuman boylik!
VII-o’quvchi: Tortaman qabim,
Ipak toladan.
Gullar qadadim
Yetti rang chechak.
Bir aylantirib,
O’tkazdim jiyak.

VIII-o’quvchi: Nozik hunar tikuvchilik


Uni payqar el, ko’pchilik
Odamlarga har xil libos
Yarashsa so’z va kelsa mos.

IX-o’quvchi: Oddiy ganchikorlik sirin


O’rgandim birin-ketin
Ganchdan gullar qiyaman
Devorlarga o’yaman.

O’quvchi: Mana sizlar uchun birma-bir so’zladik


Biz ustoz visoli oq yo’l ko’zladik
Ba’zimiz gapirdik vazifa, ishdan.
Ulug’vor maqsad bor sizga aytishdan.
Boshlovchi:
Endi navbat II-guruhimizga, marhamat!

I-o’quvchi: Kasbu hunar rang-barang,


Har birida o’zga rang.

II-o’quvchi: Hunar o’rgan, chunki hunarda ko’p sir


Yopiq eshiklarni ochar birma-bir.
III-o’quvchi: Kasblar ko’pdir dunyoda
Bir-biridan ziyoda
Kasbu hunarni egallar
Ishtiyoqqa egalar.

IV-o’quvchi: Dunyoda ko’pdir hunar,


Hammasi ham zo’r ular,
Biri birin to’ldirar,
Biri birin jildirar.

V-o’quvchi: Zarurlikda ne chog’lik


Bir-biriga bog’liq
Hunarli barcha joyda
Elga keltirar foyda.

VI-o’quvchi: Yeru, dengiz, osmonda


Demak, hamma tomonda
Hunarlar xizmatda
Va hurmatda, albatta.

VII-o’quvchi: Qo’yilar sahna asar


Kino ishlansa agar
Eng asosiy odam bor
Bu kishidir rejissor.

VII-o’quvchi: Shaxtyor shaxtasida


O’z mehnat vaxtasida
Bolg’ani ishlar zir-zir
Qazib chiqarar ko’mir.

IX-o’quvchi: Orkestrni qilib jo’r


Boshqaradi dirijyor
Notadadir diqqati
Uning har harakati.
X-o’quvchi: Insonning ahvolini
Ruhiyati holini,
O’rganadi ruxshunos
Savollari shunga mos.

XI-o’quvchi: Bir gapni aytmoqlik hozir o’rnida


Hech kim o’rganmagan ona qornida
O’rganish, o’rganish, o’rganish kerak
Qiziqish, mashq qilish, intilish kerak.

XII-o’quvchi: Oson ishdan yo’qdir rohat, baxt


Bu gapni o’ylangiz har yerda, har vaqt
Daraxtning shoxidan o’sgandayin shox
Hunar ham, bilim ham otmoqda tarmoq.

Katta rahmat azizlar:


Endi navbat 2-shartimizga, bunda buyuk allomalarimiz kasblari haqida to’xtalib o’tamiz.

I-guruh: Dovud payg’ambarimiz temirchilik bilan, Aziz avliyolardan Zangiota chorvachilik bilan, Burhoniddin Marg’inoniy kosibchilik bilan shug’ullangani tarixdan ma’lum.


II-guruh: Sayyid Muhammad Bahovuddin hammani kasb-hunarli bo’lishga chaqirgan. U kishi temir, yog’ochlarga naqsh soluvchi usta bo’lganligi sharofati bilan sohibi “Naqshbang” bo’lganlar.


I-guruh: Sohibqiron Amir Temur ham chin ko’ngildan naqshbandlikka amal qilib, O’zbek davlatchiligida ma’rifatli, iqtidorli va iste’dodli insonlarga, kasb-korli fuqarolarga alohida e’tibor qaratgan.


II-guruh: Beruniy Abu Rayhon Muhammad ibn Axmad ulug’ mutafakkir olim, fanlarning hamma sohalari bilan shug’ullanganlar. Osmon jismlarini kuzatuvchi asboblarni ixtiro qilib, asboblarni yasaganlar.


I-guruh: Bobur-o’zbek mumtoz adabiyotimizning yirik vakili.
Shu bilan birga iste’dodli sarkarda ham edilar.

II-guruh: Buxoriy bobomiz ham hadislarni to’plagan, hadis ilmiga o’ta fidoyilik, aql-zakovatini baxshida etganlar. Shu bilan tijorat bilan ham shug’ullanganlar.


Boshlovchi: Katta rahmat sizlarga.


Mana endi 3-shartimiz “Kasb-hunarlar” haqidagi maqollarga bersak.
I-guruh: Mehnat, mehnatning tagi rohat.
II-guruh: Mehnatda kelsa boylik, turmush bo’lar chiroylik.
I-guruh: “Mehnat yediradi, hunar kiydiradi”.
II-guruh: Hunar-hunardan unar.
I-guruh: Mehnat bilan topganing,
Qandu asal totganing.

II-guruh: Kasb tanlash o’zingga bog’liq,


Odam bo’lish so’zingga bog’liq.

Boshlovchi: Marhamat, ohirgi shartimizga navbatni bersak.


Bu shartimizda har guruhdan 5 nafar o’quvchi davraga chiqib, 5 ta shar ichidagi shartlar bajariladi.


Sharlar ichidagi shartlar: 1) She’r aytish.


2) Qo’shiq aytish.
3) Tez aytish.
4) Raqsga tushish.
5) Kasblar haqida
afsona aytish.

Hurmatli o’quvchilar, bugungi tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi.


Bugun sizlar kasblar, ularning turlari va ma’lumotlarga ega
bo’ldingizlar. Bu egallagan bilimlarni kelajakda biror kasbni egallashlaringizda qo’llaysizlar.
Guruhlar baholanib, o’quvchilar rag’batlantiriladi.
Download 89.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling