«Maymoqvoy va Masha bog'chamizda»
Download 21.58 Kb.
|
Документ (25)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshlovchi
- Boshlovchi:Shu bilan tadbirimiz oz nihoyasiga yetdi , hayr sog boling!!!
«Maymoqvoy va Masha bog'chamizda» (Kichik guruhlar uchun 8 – mart bayramiga bag'ishlangan tadbir ssenariysi) Bog'chaning musiqa zali mavzuga mos qilib, chiroyli gullar, rang-barang sharlar bilan bezatilgan. Sho'h qo'shiq ostida bolajonlar davraga kirib kelishadi Boshlovchi davraga chiqib kelib,tadbirni ochib beradi. Boshlovchi: Odam Ato nasliga yaratgandan Iqbolsan, Bu beorom dunyoda halovatli ayolsan Millatning jon tomiri sen Vatanga timsolsan Yurtning o'lmas chirog'i Momo Havo ayolsan. -Assalomu-alaykum muxtarama Onajonlar,dilbar ayollar,aziz ustozlar va qizaloqlar!Mana bugun xonadonimiz farishtasi, yaratganning tengsiz mo'jizasi bo'lgan ayol zotini ulug'lash, go'zallik va nafosat bayramini o'tkazish uchun yig'ildik.Fursatdan foydalanib, bog'chamizning direktori M.K.Kirgizbayevaga so'z bersak.Marhamat. Boshlovchi:Rahmat, sog' bo'ling.Tadbirimizga Hush kelibsizlar. (Shu payt sirli musiqa ostida multfilm qahramonlaridan Maymoqvoy kirib keladi. ) Maymoqvoy:Salom bolalar. Voy-bo 'y hamma yoq chiroyli qilib bezatilgan.Mexmonlar keladimi?Men o'zi qayerga kelib qoldim? Boshlovchi:Salom Maymoqvoy, sen Onajonlar bayram tadbiridasan.Kel mehmonimiz bo'l. Maymoqvoy:Albatta mehmoningiz bi'laman,lekin men haligi tinib-tinchimas Mashadan berkinib yuribman.Undan juda charchadim. «Uni qil,buni qil » deb,asabimga tegadi.Men shu yerda berkinib olib,tadbiringizni tomosha qilaman,maylimi? Boshlovchi:Ho'p ,mayli Maymoqvoy, endi navbatni qiziqarli she'rlarga bersak. 1.Mehr degan bir ajib His - tuyg'uning bulog'i Sizlar o'chmaydi Xonadonlar chirog'i. 2.Dardingiz ichga yutib Doim kulib turasiz, Mehri daryo chiroyli Farishtalar bo'lasiz. 3.Sho'hligimiz ko'targan Azizim jonajonlar Baxtinizga sog' bo'ling Mehribon onajonlar. 4.Qo'llarimda gul dasta Ketyapman qoshingizga Shukr deyman Xudoga Yonimda boringizga! Boshlovchi:Rahmat bolajonlar….. (Shu payt sho’x musiqa ostida Masha bog'chamizda kirib keladi. ) Masha:Salom bolalar, maboda Maymoqvoyni ko'rmadingizmi? Bolalar:Yo’q,ko’rmadik. Masha:Ha mayli, men shu yerda o'tirib,uni kutaman. Boshlovchi:Salom Masha, hush kelibsan davramizga. Masha: Rahmat ,tadbirizda men ham qatnashsam bo'ladimi? Boshlovchi :Mayli, qatnasha qol.Hozir,o'g'il bolalar raqsga tushib berishadi. (Bolalar «Andijon polkasi» qo’shig’iga raqsga tushib berishadi. Shu payt Maymoqvoy raqsga tushib ketadi.Masha esa uni ko'rib qoladi.) Masha:Ha Maymoqvoy, seni topib oldimmi.Mendan qochib bo'psan. Boshlovchi:Masha, qizaloq,Maymoqvoyni jig'iga tegma.Undan ko'ra,bolalar bizga yana ajoyib she'rlarni aytib berishadi. Marhamat. 1.Onajonim mehribonim Ayyomingiz muborak Sizga bo'lsin dunyodagi Jamie ezgu- niyat! 2.So'zlari bol, durdona Mexnatda eng mardona Olam ichra yagona Sizsiz,ey aziz Ona! 3.Kechalari allalab Ertak aytgan erkalab Boshimiznisilagan Bizga umr tilagan! Boshlovchi:Ajoyib she'rlar uchun katta rahmat.Endi Masha , qiziqarli o'yinlar o'ynaymiz. Maymoqvoy:Bolalar, men ham,o'ynayman. (Sho'h qo'shiq ostida bolajonlar bilan mehmonlar berilib, «Stakanlarniyig'ib ol» , «Yaproqlardan gul yasa» o'yinlarini o'ynashadi. ) Boshlovchi : Rahmat hammaga.Endi navbatni qizaloqlarga beramiz. (Qizaloqlar «Arichalar»qo’shig’iga raqsga tushib berishadi .Masha rosa o’ynaydi. ) Masha:Voy-dod, men rosa charchadim,Maymoqvoy, yur uyga ketaylik,men rosa charchadim.Mazza qilib uxlaylik. Maymoqvoy:Bo'pti , ketamiz,yura qol.Bolalar sizga katta Rahmat, endi biz o'rmonimizga boraylik,bizni tez-tez bayramlarga chaqirib turing. Boshlovchi:Shu bilan tadbirimiz o'z nihoyasiga yetdi , 'hayr sog' bo'ling!!! Download 21.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling