Mavzu: O’zbekiston – mening Vatanim! Kirish


Farzandning onasi oldidagi burchi nimalardan iborat


Download 114.99 Kb.
bet34/70
Sana05.01.2022
Hajmi114.99 Kb.
#211610
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70
Bog'liq
Barcha tadbirlar-64-betlik

Farzandning onasi oldidagi burchi nimalardan iborat? (O’quvchilar kamida 7 ta burchni sanashlari kerak bo’ladi)

  • Rivoyat. (Bunda guruhlar onalar va ularning hurmatini bajo keltirish haqidagi rivoyatlardan namuna keltiradilar)

  • Kim chaqqon. Bunda guruhlar 1 minut ichida ayol yozuvchi va shoiralarning nomlarini qog’ozga yozishlari kerak. Har bir to’g’ri ism uchun 1 balldan to’plash mumkin. Yoki 7 ta shoira nomini yozgan guruh “Rag’bat” undan kam yozgan guruh “Jarima” kartochkasini oladi.

  • Vaziyatdan chiqish. Guruhlarga 4 ta kartochkada muammoli vaziyat yozilgan varaqlar tarqatiladi. Guruhlar ma’lum vaqt davomida shu vaziyatdan chiqib ketishning eng oson va eng maqbul yo’lini topishlari kerak.

    1 shart. Jannat onalar oyog’i ostidadir.

    Sharifu hadisda “Jannat onalar oyog’i ostidadir” deyilgan. Insoniyat yaratilgandan beri uning sha’niga ko’plab she’rlar bag’ishlangan. Ulug’ shoir Alisher Navoiy ham ayolning latofati, nazokati, ilhombaxsh yurish-turishi haqida g’oyat go’zal, haroratli fikr qarashlarini nazm ipiga tergan. Besh dostondan tarkib topgan “Xamsa”da ayollarning, onalarning betakror timsollarini yaratgan. Shoir Layli, Shirin, Mehinbonu, Dilorom, Mehr, Lubatl Chiniyarning hayoti, tabiati, xulqi misolida ayolning go’zallik nafosat, vafo-sadoqat, mehr-muruvvat kabi insoniy fazilatlari madh qilingan. Layli va Majnunning, Farhod va Iskandarning onalari timsolida ayollarga xos bo’lgan farzandiga nisbatan qaynoq mehr orzulariga qanot bo’lish, amallariga hamdardlik qilish yurak-yurakdan baxtli bo’lishlarini istash kabi g’oyalarni tarannum etadi.

    Onalar farzandlariga qay darajada mehribon bo’lsalar, o’z samimiy muammolariyu mehribonliklari, ishonchda sobitliklari-yu, sevgida sadoqatlari, yoqib va yonib yashashga intilishlariyu, sabru bardoshlari bilan erlari tarbiyasiga ham ta’sir ko’rsata oladi. Ona uy bekasi oilaviy an’analarning davomchisi, asrovchisi va tashkilotchisi. To’y marakalarga bosh qosh bo’lib, oilaning nufuzini ko’taradi. Farzandlarini oilaviy an’analarni hurmat qilib yashashga o’rgatadi. U avlodlarni avlodlarga ulaydi


    Ona qadri cheksiz, ona bebaho,

    Ona yaxshi rahbar, ona rahnamo.

    Ona zo’r tabibu, ona chin davo,

    Ona soyabonu, ona jon fido

    Ona oliyhimmat, ona sersaho

    Ona sertilakdir, ona serduo

    Ayol ishchan, uddaburo bo’lsa, oilada to’kinlik barqaror bo’ladi. Bunday oilada ayol saltanatning vaziriga aylanadi. Vazir jamiyatning asosi bo’lgan oilaning mustahkamligini ta’minlaydi, barkamol farzandlarni tarbiyalab o’stiradi.


    Download 114.99 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling