IV shart. Farzandning onasi oldidagi burchi nimalardan iborat
Farzandning asosiy burchi ota va onasini hurmat qilish:
Ayol bo’lmaganida hayot yashashga arzimasdi.
Ota-ona bilan ochiq chehrada muomala qiling.
Ota-ona keksayib qolganda ularni himoyaga olish farzand burchi.
Ota-onaning duosini olishga shoshiling.
Kim ota-onasini rozi qilsa,unga jannat nasib bo’lib olloh taolo umrini ziyoda qiladi.
Kimning 3 ta qizi bo’lib,ularni o’z qo’lida tarbiya qilib katta qilsa va ularga marhamat nazari bilan qarasa,jannatga kirishi albatta muqarrar.
Bolalar ota-onalari uchun sadaqa qilsalar savobi albatta ularga tegadi.
Dunyoda hech bir gul onaning bolaga qilgan tabassumidan chiroyli emas.
Davlating ota-onang.
Ayol kulganda mamlakat yashnaydi
Ona bilan bola, gul bilan lola.
Ona kulsa-olam kular.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ona muqaddas, mo’tabar zot. Mehri daryo, qalbi pok, farzandlari uchun hamma narsaga tayyor, kerak bo’lsa jonini ham beradi. Shunday ekan onalarga qancha sajdalar qilsak ham oz. Ular oldida doimi ta’zimdamiz, qo’limiz ko’ksimizda. Onajonlarimiz doimi baxtimizga sog’-salomat bo’lishsinlar. Dunyo turguncha turishsin.
V. Rivoyat.
Rivoyat qilishlaricha bir kuni quyoshdan so’rabdilar. Sening haroratingdan zo’rroq taft bormi? Quyosh: bor, bu ona mehri. U mening taftimdadnda kuchliroq, debdi. O’limdan so’rabdilar. Sen bas keladigan kuch bormi?
O’lim: bor, bu ona mehri, bu meni ham chekintirishga qodir.
Hayotdagi bor go’zallik ayolga, onaga yarashadi, negaki Olloh uni go’zal qilib yaratgan. Quyoshdan mehr, oydan nur, yordan sadoqat, yulduzlardan chiroy olib, unga hadya etgan. Shunday ekan baxtimizga onajonlarimiz hamisha omon bo’lsinlar. Ular borki, hayot bor, baxt quvonch bor.
VI. Kim chaqqon