Mavzu: O‘zbekistonda tijorat banklarining muammoli kreditlari va ularni kamaytirish yo‘llari


-rasm. Tijorat banklarining muammoli kreditlari


Download 487 Kb.
bet5/8
Sana22.04.2023
Hajmi487 Kb.
#1378057
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mamanazarov Abdurahim

1-rasm. Tijorat banklarining muammoli kreditlari3.

Buxgalteriya hisobotlarida moliyaviy kamchiliklar aniqlangandan so'ng, bank xodimi albatta korxonaga tashrif buyurishni (mijoz ofisiga) tashkil etish kerak. Kreditdan unumli foydalanish joylarda, korxona va tashkilotlarda, qoida bo'yicha, har chorakda tekshirilishi kerak.
Muammoli kreditning qaytarilishini aniqlashda birinchi qadam holis bo'lgan vaziyatni tekshiruvdan o'tkazgandan keyin qarz oluvchining holatini aniqlab olish (u vaziyatni to'g'rilamoqchi, unga ishonish mumkinmi, boshqaruv foydalilikni tiklay oladimi) kerak.
Bundan tashqari, bankning holatini ham hisobga olish, uning umidsiz qarzlari miqdorini bilish kerak. Agar ko'p bo'lsa, qimmat turadigan sudga o shirish operatsiyasini boshlash kerak emas, qarzning bir qismidan kechib ishni tinch kelishuv bilan hal etishni taklif qilish kerak.
Agar mijoz bunga rozi bo'lsa, vaziyatni quyidagicha choralar bilan tuzatish mumkin:

  • aktivlarni sotish;

  • qo'shimcha chiqimlarni kamaytirish;

  • marketing usulini o'zgartirish;

  • boshqaruv organini o'zgartirish va yuqori lavozimlarga boshqa shaxslarni tayinlash.

Boshqa qaror bankka kreditning ta'minoti sifatida garovga qo'yilgan mulkni sotishdan iborat. Buning uchun avvalo hujjatlarni tekshirish (garov shartnomasini) va bank haqiqatdan ham garovni to'g'ridan-to'g'ri sotish huquqiga egami, yo'qmi aniqlash kerak. Keyin garovni sotish imkoniyatlari qandayligini aniqlash kerak.
Odatda bu qimmat turadigan va ko'p vaqt oladigan ish. Shuning uchun, garovni sotishda qarz oluvchi bilan hamkorlikni ta'minlash muhim. Aytish kerakki, kredit olgan mijozning foydasiz ishidan tashqari kredit qaytarilishidagi qiyinchiliklar bank xodimlari kredit arizasini ko'rib chiqayotgandagi, kredit shartnomasi shartlarini ishlab chiqishdagi va keyingi nazoratdagi xatoliklardan kelib chiqishi mumkin. Quyidagi xatoliklar tez-tez uchrab turadi:

  • Qarz oluvchiga keragicha qat'iy munosabatda bo'lmaslik (masalan,.kredit arizasini do'stlik yoki qarindoshlik munosabatlariga bog'liq holda qo 'llab-quvvatlash);

  • Yaxshi o'tkazilmagan moliyaviy tahlil;

  • Kredit bo'limi xodimining korxona ehtiyojlari, soha mutaxassisi bilan.yetarlicha tanishmasligi natijasida kreditni yomon strukturalash (tuzish);

  • Kreditning yetarlicha ta'minlanmasligi (masalan, garovni o'z bahosidan ortiqcha baholash va xokazo);

  • Kreditni hujjatlarda rasmiylashtirishdagi xatolar (masalan, kredit shartnomasida bank foydasini ta'minlovchi muhim shartlarning belgilanmasligi);

  • Kreditni qaytarish vaqtida qarz oluvchi ustidan yomon nazorat olib borish (mijozni joylarda tekshirmaslik va xokazo).

Shuning uchun bank muassasalarida kredit berish jaroyonini mavjud qoidalarida ko'rsatilganidek to'g'ri tashkil etilishi juda muhim. Kreditning o'z vaqtida qaytarilmasligi har ikki tomonga ham o'zining salbiy ta'sirini o'tkazadi. Shunday ekan, bank kreditlaridan samarali foydalanish imkoniyati kredit berish jaroyonini to'g'ri tashkil qilinishiga ham bog'liq. Chunki, yuqorida aytib o'tganimizdek, bankdan olingan kredit, kredit olishdan oldin tuzilgan biznes rejaga asosan ishlatilishi (maqsadli ishlatilishi) kerak. Buning ustidan bank doimiy ravishda nazorat olib boradi.
Hozirgi kunda qarz oluvchilar tomonidan biznes rejani ahamiyatsiz, faqatgina kredit olish uchungina zarur bo'lgan hujjat deb hisoblanishi hollari amaliyotda uchrab turadi. Bunday holda bank kreditidan samarali foydalanish imkoniyati cheklanib qolishi yoki biznes rejada ko'rsatilmay qolgan, haqiqatda mavjud bo'lgan imkoniyatlardan foydalanish mumkin bo'lmay qolishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha ma'lumotlar ham kredit berish uchun o'zini oqlamaydi. Buni biz amaliyotda bank buxgalteriya hisobida ko'rishimiz mumkin.
Buning uchun har bir bank ichki nazorati ssudaning tasodofiy yo'qotishlari uchun rezervlar klassifikatsiyasini qabul qiladi. Bank kredit inspektori muammoli kreditlarini boshqarib borishi lozim. Muammoli kreditlarni boshqarish tizimi hozirgi kunda barcha tijorat banklarining asosiy muammolaridan biri.
Bu muammolar ichki va tashqi omillar natijasida o'rganiladi. Birinchi navbatda qarz nima uchun qaytmadi sababini o'rganib, qarzdorning moliyaviy holati to'g'risida boshqarma bilan kelishgan holda ish ko'riladi. Muammoli kreditni kelib chiqishining asosiy sababi bu bank tomonidan nazoratning sust olib borilganligi, qarzdor bilan boshqaruvning aloqasi yomonligiga ham bog'liq bo'ladi.
Bank ichki nazorat bo'limi tomonida muammoli kreditlarni boshqarishni muntazam tekshirish talab qilinadi. Bank tomonidan chiqarilgan kreditlar bank buxgalteriyasida aks ettirilgandan boshlab tekshirib boriladi. Bu tekshiruv har bir kredit paketi, portfeli yuzasidan olib boriladi. Tekshirishni nozorat qilish bank boshqaruvi komissiyasi olib boradi. Bu tizim tijorat banklarida kreditlash boshqarmasi deb yuritiladi.
Agarda kredit qaytmasligida kredit inspektori tomonidan kamchiliklar namoyon bo'lsa unga nisbatan tegishli chora ko'riladi. Har bir bankda muammoli kreditlar bo'yicha ichki nazorat bo'limi tashkil qilinishi kerak. Ichki nazorat tizimi muammoli kreditlar bilan ishlashda asosiy rol o'ynaydi. Ichki nazorat xodimlariga kredit inspektorlari, kredit bo'lim boshlig'i, ichki auditor, bosh buxgalter hamda bank boshqaruvchilari kiradi.
Har bir bank xodimlari ajratgan kreditlar yuzasidan javobgar hisoblanadi. Agar boshqarma xodimi kreditlash jarayonida kredit funksiyalariga to'liq rioya qilmasa, kredit hujjatlarini rasmiylashtirishni noto'g'ri amalga oshirsa, shunda ham muammoli kreditlar yuzaga keladi. Kreditlashni amalga oshirayotgan kredit inspektori birinchi navbatda holis, o'z kasbining mutaxassisi bo'lishi lozim.
Ikkinchidan, har bir berilgan kreditni buxgalteriya amaliyotlarini o'z vaqtida amalga oshirib borishlari lozim. Har bir muammoli kreditlar bilan ishlash boshqarmasi o'ziga tegishli bo'lgan viloyat filiallari bilan birgalikda ajratilgani kreditlar yuzasidan ma'lumotlar almashadi. Bu ma'lumotlar asosida muddati o'tgan qarzdorliklar haqida axborotga ega bo'lishadi.
Olingan va yig'ilgan barcha ma'lumotlar bank boshqaruviga chiqariladi. Hamda nima sababdan muammo yuzaga kelganligi o'rganiladi. Agarda berilgan ma'lumotlar to'liq o'zini oqlasa, muammoli kreditlar to'g'risida Kredit qo'mitasiga shug'ullanish uchun taqdim etiladi. Har bir muddati o'tgan kredit bo'yicha to'liq axborot taqdim etiladi.
Bank tomonidan ajratilgan kreditlarning muammosini yuzaga kelish mexanizmi bir necha bosqichda davom etadi. Muammoli kreditlarini so'ndirilishida bank filiali va boshqarmasidan tashqari, davlat ham asosiy o'rin egallaydi. Davlat agentligi tomonidan tijorat banklari kapitali saqlanishi uchun muddati o'tgan to'lovlarni komission to'lovlarisiz bankka qaytarib beradi. Bankka qaytarilgan qiymat bank filiali likvidligini ta'minlashga xizmat ko'rsatadi.
Agarda muammoli kredit bankka qaytmasa, bankda kreditni rasmiylashtirgan xodimlariga nisbatan tegishli jinoiy javobgarlik choralari ko'riladi, hamda jiddiy shartlar qo'yiladi.
Muammoli kreditlar tizimini yaxshilashda nafaqat mijozdan, balki kredit xodimlariga ham qo'yiladigan talablar mavjud. Bu talablar bankning kredit siyosatida to'liq va aks ettirilishi kerak.
Xalqaro valyuta fondining muammoli kreditlash tizimini takomillashtirish. dasturida muammoli kreditlar bilan ishlashda bankning ichki nazorat bo'limi quyidagilarni amalga oshiradi.
Kreditorni kreditga layoqatliligini tahlili:
A) Ichki omillar, qarzdor haqida to'liq ma'lumot
1) Boshqarish sifati
• Motivatsiya
• Rostgo'ylik
• To'liqlilik
2) Operatsion faoliyat sifati
• Moliyaviy
• Mahsulot sifati
3) Marketing tashkiloti
4) Bozorning boshqa a'zolari bilan raqobatdoshligi
5) O'rganadigan korxonaning biznes rejasi hamda joriy davr aktivlari likvidligi
6) Qisqa muddatli majburiyatlar hamda naqd pul va unga tenglashtirilgan vositalar
7) Biznes faoliyatini saqlagan holatida kapitalni oshirish
B) Tashqi omillar, qarzdor haqida to'liq ma'lumot
1) Xo'jalik yurituvchi faoliyatini to'liq shartlari, kreditning aniq miqdori
2) Kreditorning iqtisodiy holatini tahlili
1) Qarzdorning imkoniyat va qulayliklari biznes sharoiti bo'yicha, kapital oshirish bo'yicha grant loyihalar.
Kreditlar qaytarilishi bo'yicha ta'minot to'lovlar narxini tushishi quyidagilar: Bank xodimlarining vaqtincha to'lovi ganarar miqdori to'lovlar miqdori garov sifati pasayishi muammosini hal qilish ishning sud jarayonida bo'lishi.
Muammoli kreditlar bilan ishlashda ularni hisobini olib borish muntazam amalga oshirilishi kerak. Kreditlarni muddati o'tgan deb tan olishda muddati o'tgan kreditlarning tegishli hisobvaraqlarida (12505, 12605, 12705, 13205, va boshqalar kreditni muddati davrida kreditni qaytarish grafigidagi belgilangan kreditn ing nafaqat asosiy qismini so'ndirishdagi kechikishlarni, balki kreditga hisoblanga foizlarni so'ndirishdagi kechikishlarni o'z vaqtida aks ettirilish lozim.

Download 487 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling