Tijorat banklarining to’lovga layoqatligi va likvidligi bank aktivlari likvidliligi tahlili


Download 390.41 Kb.
bet1/8
Sana20.06.2023
Hajmi390.41 Kb.
#1633457
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TOHIR P.V.B



TIJORAT BANKLARINING TO’LOVGA LAYOQATLIGI VA LIKVIDLIGI



1. Bank aktivlari likvidliligi tahlili


Bank likvidliligini saqlash g‘oyat muhim hisoblanadi. Bu narsa ikki maqsadga erishish uchun zarur: birinchidan, omonatlar olib qo‘yilganda bankning o‘z majburiyatlarini bajarish qobiliyatini ta’minlash uchun, ikkinchidan, kredit- larga bo‘lgan talabni qondirish uchun.


Likvidlilik deganda – bankning o‘z majburiyatlari yu- zasidan o‘z vaqtida javob bera olish qobiliyati tushunila- di. Likvidlilik bankning kundalik faoliyatida pul mablag‘lari mavjudligi yoki o‘z aktivlarini likvid mablag‘larga aylantira olish qobiliyati bilan ta’minlanadi.
Bankni boshqarishning asosiy vazifalaridan biri, bu bank likvidliligi bilan uning daromadliligi o‘rtasidagi mutanosib- likni saqlashdir.
Har bir bank o‘zining majburiyatlarini bajarish, likvid- lik talablariga javob berishi uchun bankning barcha aktivla- ri qaytarilish muddatiga ko‘ra likvidlik darajasi bo‘yicha gu- ruhlarga bo‘lib chiqadi. Bular yuqori likvidli aktivlar; likvid aktivlar; uzoq muddatli likvid aktivlar.
Yuqori likvidli aktivlarga quyidagilar kiradi: kassadagi naqd pullar va ularga tenglashtirilgan mablag‘lar; Markaziy bankning majburiy rezervlar fondiga o‘tkazilgan mablag‘lar; davlat tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar. Bu mablag‘lar yuqori likvidli bo‘lib zarur bo‘lganda bank bu mablag‘larni zudlik bilan o‘z majburiyatlari to‘loviga ishlatishi mumkin. Likvidli aktivlar qatoriga: qaytarish muddati 30 kungacha bo‘lgan barcha kreditlar (bularga 30 kundan oshgan va qay- tarish muddati ko‘pi bilan bir marotaba o‘zaytirilgan kre-
ditlar kirmaydi) kiradi va qaytarish muddati 30 kungacha bo‘lgan barcha debitorlar, majburiy rezervlarga o‘tkazilgan ortiqcha to‘lovlar kiradi.
Uzoq muddatli likvid aktivlar qatoriga bank tomonidan so‘mdagi yoki chet el valutasida berilgan va qaytarish mud- dati bir oydan ko‘p bo‘lgan kreditlar va qaytarish muddati bir yildan oshgan hamda kami bilan 50 % kafolat yoki kafil- lik berilgan kreditlar, qaytarish muddati o‘tgan ammo dav- lat kafolati berilgan kreditlar, qimmatli qog‘ozlarni va nodir metallarni garovga olib berilgan kreditlar ham kiradi.
Bank faoliyati jarayonida o‘zining aktivlarini maqsad- ga muvofiq joylashtirib, bank likvidlilik talablarini bajarishi hamda o‘zining majburiyatlari summasidan, ko‘rinishidan kelib chiqib lahzalik, joriy va uzoq muddatli likvidlilik me’- yorlarini bajarishi kerak.
Bank doimiy ravishda o‘zining likvidliligini ma’lum bir darajada saqlashi, ya’ni o‘zining to‘lovga qobilligini shubha ostida qoldirmasligi lozim. Likvidlilikka bo‘lgan talab ak- tivlardan keladigan daromadni oshirish faoliyatiga ma’lum darajada qarshi turadi. Ya’ni likvidlilik foydasiga bank da- romadliligi suiiste’mol qilinmasligi lozim. Bankning port- felidagi saqlanadigan aktivlari qanchalik darajada likvid bo‘lsa, ular bilan bog‘liq risk shunchalik kichik bo‘ladi, ammo shunga javoban ularga to‘lanadigan foiz ham shun- chalik kam bo‘ladi.
Belgilangan to‘lovga qobillik doirasidan chiqmagan hol- da aktivlarga joylashtirilgan kapitaldan daromadni oshirish bankda boshqarish san’atini belgilaydi.
Kassadagi naqd pullar – bu bankning kassasida saqla- nayotgan va bankning kunlik hisob raqamlar bo‘yicha naqd pul berishga, pulni maydalab berishga, naqd pul shaklida kreditlar berishga, bank xarajati uchun haq to‘lashga, xiz- matchilarga ish haqi berishga va boshqa xarajatlarga ishla- tish uchun zarur bo‘lgan qog‘oz pullar va tangalardir. Shu-
ning uchun ham bank mijozning talabini qondirish uchun beriladigan qog‘oz pullarga va tangalarga ega bo‘lishi ke- rak. Ushbu kassadagi naqd pullarning qoldig‘iga bir nechta omillar ta’sir qiladi, jumladan: mavsumiylik, bankning hu- dudiy joylashishi. Odatda jahon amaliyotida bank aktivla- rining naqd pul bo‘limiga kassadagi naqd pullar, majburiy zaxiralar fondiga ajratmalar, vakillik banklarga joylashtiril- gan depozitlar hamda inkassatsiya qilinayotgan naqd pullar qo‘shiladi. Chunki bu mablag‘lar birinchi talab qilinganda naqd pulga aylanadi. Shuning uchun ham bu mablag‘larni bankda «birinchi mudofaa chizig‘i» deb atashadi, sababi mijoz tasodifan o‘z depozitini yoki kredit so‘rab kelganda aynan shu mablag‘lardan foydalaniladi.
Bank aktivlari strukturasiga kelganda, bu yerda haqli ravishda ta’kidlash kerakki, birinchi darajali likvidli aktivlar hissasi qancha ko‘p bo‘lsa, bank likvidliligi shuncha yuqo- ridir. Lekin shuni esda tutish kerakki, bunday aktivlar daro- mad keltirmaydi, shuning uchun bunday strukturali aktiv- larni har qanday holatda maqsadga muvofiq, deb hisoblab bo‘lmaydi.
Ma’lumki bankning daromad keltiruvchi aktivlari qato- rida kreditlardan tashqari qimmatli qog‘ozlar, chet el valu- tasida jalb qilingan mablag‘lar ham mavjud. Albatta, ush- bu aktivlarning ham tarkibini, tuzilishini o‘rganib chiqish muhim hisoblanadi.
Agar aktivlar tarkibida daromad keltiruvchi aktivlar sal- mog‘i qancha ko‘p bo‘lsa, bu bank o‘z aktivlaridan daromad olish maqsadida samarali foydalanayotganini bildiradi.
Bank qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsion institut sifatida qatnashadi. Bu fond bozorida raqobatning kuchay- ishiga olib keladi. Bank qimmatli qog‘ozlar bozorida broker va diller sifatida ishtirok etadi. Birinchi funksiyani brokerlik tashkilotlar orqali amalga oshirsa, ikkinchisini fond birjalari orqali amalga oshiradi.
Bank faoliyatining o‘ziga xos xususiyati shundan ib- oratki, ular qimmatli qog‘ozlar bozorining boshqa qat- nashchilaridan farqli o‘laroq, shu bozorda ayni vaqt- da eng salmoqli investorlar va eng ishonchli emitentlar ham bo‘ladilar. Bozor iqtisodi rivojlangan mamlakatlarida kompaniya aktivlarining 40–80 % bank kapitali hisobidan ta’minlanadi, qimmatli qog‘ozlar bilan o‘tkaziladigan op- eratsiyalardan tushadigan daromadlar esa bank foydasini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Bank o‘z aktivlarini diversifikatsiyalash, qo‘shimcha daromad olish va balan- sining likvidliligini ta’minlash maqsadida DQMOdan keng foydalanadi.
Bo‘sh turgan resurslarni joylashtirib daromad topish- ning eng qulay usuli, bu DQMOdir. Bundan tashqari DQ- MO dan olingan daromadga soliq to‘lanmaydi. DQMOlar banklarning aktivlari ichida eng ishonchlisidir, sababi unda davlat kafolati mavjud. DQMOlar ham daromadi fiksirlan- gan qimmatli qog‘ozlar qatoriga kiradi. Ushbu tur qimmatli qog‘ozlar dividend to‘laydigan qimmatli qog‘ozlarga nisba- tan likvidli hisoblanadi.
Banklar uchun quyidagi likvidlilik koeffitsiyentlari belgi- langan:

Download 390.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling