Mavzu: Qarag`aytoifa (Ochiq urug`li) (Pinophyta, Gymnospermae) o`simliklar bo`limi. Umumiy tavsifi


Urug’li qirqquloqsimonlar, Sagovniksimonlar, Bennettitsimonlar, Gnetumsimonlar, Ginkgosimonlar Qarag’aysimonlar sinfi


Download 421.54 Kb.
bet5/6
Sana11.03.2023
Hajmi421.54 Kb.
#1260910
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qarag`aytoifa (Ochiq urug`li) (Pinophyta, Gymnospermae) o`simliklar bo`limi

Urug’li qirqquloqsimonlar, Sagovniksimonlar, Bennettitsimonlar, Gnetumsimonlar, Ginkgosimonlar Qarag’aysimonlar sinfi.
Urug’li qirqquloqsimonlar -Lyginoptyeridopsida yoki Ptyeridospermae
Bu sinfga mansub turlar to’liq qirilib ketgan. Ular yuqori devon davrida paydo bo’lib, toshko’mir davrida yer yuzasida keng tarqalgan, ayrimlari pyerm davrining oxirlarida o’sgan. Urug’li qirqquloqlar daraxt, liana va o’t o’simliklarni o’z ichiga olgan. Barglari yirik, katta murakkab patsimon, hozirgi qirqquloqlarning vayyasiga (barg) o’xshash bo’lgan. Xarakterli xususiyatlari ular urug’hosil qilgan, urug’lar yordamida ko’paygan, biroq, urug’lari juda sodda tuzilishga ega bo’lib, urug’ murtagi bo’lmagan. Poyasining o’zak qismi atrofida bir qancha o’tkazuvchi bog’lamlari va ikkilamchi ksilemasi bo’lgan (9-rasm). Bu ajdod 4 ta qabiladan iborat:
1.Lignoptyerisnamolar - Lyginoptyerdales
2. Medullosnamolar - Medullosales
3.Keytoniyanamolar - Caytoniales
4.Glossoptyerisnamolar - Glossoptyeridales

9-rasm 1. Urug’li qirqquloq – Medulloza (Medullosa)1 – rekonstruksiya qilingan tashqi ko’rinishi; 2 – barg bandining ko’ndalang kesimi


Qizilchasimonlar sinfi.
Qizilchanamolar-Ephedrales qabilasi.
Qizilchanamolar-Ephedrales qabilasiga bitta qizilchadoshlar-Ephedraceae oilasi va bitta qizilcha-Ephedra turkumi kiradi. Bu turkumning Yer sharida (ayniqsa Evrosiyo, Afrika va Amerikada) 40 dan ziyod turi tarqalgan bo’lib, O’zbekistonda 10 ta turi o’sadi. Bular ko’proq qurg’oqchil joylarda, cho’l, chalacho’l, toshloq joylarda o’sadi. Qirqbo’g’imsimon efedra, kiprikli efedra kabilar keng tarqalgan. Ularga asosan buta va balandligi 6-8 metrga etadigan ayrim daraxtlar yoki lianalar kiradi.
Qizilchalar tashqi ko’rinishidan qirqbo’g’imlarga yoki Avstraliyada o’suvchi yopiq urug’lilarga oid kazuarinlarga o’xshaydi. Poyasi bo’g’imli, barglari tangachasimon, qarama-qarshi yoki halqasimon o’rnashgan, novdalari syerqirra, yashil, unda fotosintez jarayoni o’tadi. Qizilchaning strobili (qubbalari) bir jinsli, ikki uyli. Ba'zan bir uyli butalari ham uchraydi. Yashil shoxchalarining bo’g’imlaridagi barglarning qo’ltiqlarida 2-3 tadan, ba'zan 4 tadan mikrosporafillar joylashgan. Har bir mikrosporofil 8 juftgacha qarama-qarshi o’rnashgan tangachasimon qoplag’ich bargchalarga ega. Har bir urg’ochi qubbada (megostrobilda) yetilgan paytda unga shamol yordamida chang kelib tushadi va urqochi gametofitda joylashgan 2 ta arxegoniydan bittasini urug’lantiradi. Undan keyinchalik urug’ taraqqiy etadi. Urug’ pishgandan so’ng qubbani o’rab turuvchi 4 ta tangachasimon barglar o’ziga shira to’plab, qizil, sarqish, zarg’aldoq rangdagi yumshoq etli "meva" ga aylanadi. Shuning uchun u qizilcha deb ataladi (10-rasm).


Download 421.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling