Mavzu: Qishloq xo’jaligiga zarar keltiradigan shilimshiqlar va zamburug’larning tarqalishi va ularni oldini olish chora tadbirlari


Zararkunanda turlar sonini tabiiy boshqarish


Download 0.74 Mb.
bet5/9
Sana21.01.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1106418
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Zararkunanda turlar sonini tabiiy boshqarish Samaradorlik mezoni yirtqich-o'lja (antagonist-fitopatogen) sonlarining muayyan nisbati yoki parazitning muayyan rivojlanishi darajasi (zararlanish foizi) bilan ifodalanadi va bunda himoyalanayotgan ekinga ishlov berishga ehtiyoj qolmaydi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi olimlarining ko'p yillik ilmiy tadqiqot ishlari natijalariga ko‘ra g‘o ‘zada tabiiy kushanda: muayyan zararkunanda soni, jumladan o'simlik bitlari 1:20; o'rgimchakana 1:13; kuzgi tunlam 1:2 va g‘o‘za tunlami esa 20:1 bo'lganda ekinda kurash choralari o'tkazishdan voz kechishdir (Xamrayev va b., 1991). Tabiatdagi entomofaglar faolligini oshirishda yordam beradigan bir qancha usullar mavjud. Gessen pashshasi entomofaglariga beda ekini ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Tabiiy komplekslarda entomofaglarni yig'ish maqsadida bioagentlar rezervatorlari — maxsus mikrozapovedniklar tashkil qilinadi. Tuproqda hayot kechiruvchi yoki qishlovchi entomofaglarga tuproqqa ishlov berish ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko'rsatadi. Tuproqqa ishlov berish qishlayotgan ayrim entomofaglarning qishlash sharoitini buzishi mumkin. Shu bilan bir qatorda tuproqni yumshatish vizildoq yirtqich qo'ng'izlar va ayrim boshqa entomofaglarni faollashtiradi. Sug'oriladigan almashlab ekishda vizildoq qo‘ng‘izlar sonining bir muncha ko'payishi kuzatilgan. Pestitsidlar bilan kimyoviy ishlovdan voz kechish tabiiy entom ofaglar hamda entom opatogen m ikroorganizm lar sonining oshishiga olib keladi. M a’lum bir ekologik muhitlarda fitofag hasharotlaming ommaviy kasallanishi — epizootiya kuzatiladi.
Bu strategiyani kasalliklarga qarshi biologik kurashda qo‘llash masalasiga kelsak, fitopatogenlarni yo'qotishda faol tuproq ahamiyatini ko'rsatish mumkin. Bir qancha kasalliklarga, birinchi navbatda ildiz chirish kasalliklari qo‘zg‘atuvchilariga qarshi, tuproq faolligini oshirish uchun unga antogonistlar mikrobiologik faolligini kuchaytiradigan.organik moddalar (jumladan sideratlar) kiritish nazarda tutiladi. Qishloq xo‘jalik ekinlari zararkuriandalarining sonini kamaytirishda, ularning ommaviy ko'payishining oldini olishda, beda agrosenozi tabiiy entomofaglar populatsiyalarini saqlab qolish, ular ko'payishiga qulay sharoit yaratish va himoyalanadigan maydonga jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo beda o'rimida o'rilgan 1 sentr ho‘l massada 98 minggacha entomo-akarifaglar nobud bo‘lishi qayd etilgan. Shuni hisobga olgan holda beda o‘rish agregatlarining old qismiga « 0 ‘simlikdan hasharotlarni chetlatadigan moslama» o‘rnatilganda, entomofaglarning 62,5—63,5 % saqlab qolinadi (Xamrayev, 1996). Yuqorida keltirilgan strategiyalar tahlili asosida biologik himoyani faqat zararli organizmlaming ko‘payishi va rivojlanishini to‘xtatib turish maqsadida biologik usullardan foydalanish, deb hisoblamoq kerak emas. Bunday tor doiradagi tushuncha o‘simliklar biologik himoyasini sayozlantiradi. O'simliklar biologik himoyasining mohiyati, birinchi navbatda biosenotik boshqarishdir. O'simliklar biologik himoyasi tizimini tuzish bir qancha prinsiplarga asoslangan (Pavlyushin, 1995; Xamrayev, Chernishov, 1995). Birinchi navbatda, bu. fitosanitariya monitoringi va nafaqat zararli turlar, vaholanki entomofaglar, entomopatogenlar va antagonistik mikroblar sonining dinamikalarini bashorat qilishni tashkil qilishdir. Mabodo foydali turlar soni samaradorlik mezoniga yetmasa, entomofaglarni tarqatish yoki biopreparatlarni qo‘llash lozim. Bundan tashqari, bir tomondan biologik agentlarning yuqori biologik samaradorlik faolligi, ikkinchi tomondan himoyalanadigan o‘simlik o‘sishi va rivojlanishining optimumlari bir-biriga to‘gvri kelishi kerak. Chidamli, jumladan transgen navlardan hamda fungitsidli (bakteritsidli) yoki o‘simlik o'sishini tezlashtiruvchi preparatlardan foydalanish ishonchli him oya samarasi bilan ta ’minlaydi.
5.
Bakteriyalar — hasharotlar bilan "bog'liq eng keng tarqalgan mikroorganizmlardir. Aynan shuning uchun ham ularning ko‘pchiligi turli sharoitlarda kasallik qo'zg'atadi va tabiatda zararkunandalarning ko'plab qirilishiga sabab bo‘ladi. Zararli hasharotlar bakterial kasalliklarga yo‘liqishini dastlab 1879-yili 1.1. M echnikov aniqlagan va Ukrainaning janubida uchraydigan g‘alla qo‘ng‘izming kasal lichinkalarida qayd qilingan Bacillus solitarius bakteriyasini ta’riflab bergan. Taxminan bir vaqtda L. Paster ipak qurtida flyasheriya kasalligini qo'zg'atuv'chi, F. Cheshayr va U.Cheyn asalarida Yevropa chirish kasalligini qo‘zg'atuvchi bakteriyalar ustida tadqiqotlar o‘tkazgan. Hozirda hasharotlar bilan ma’lum darajada bog‘langan bakteriyalarning 250 dan ortiq turlari ma’lum. Ularning ko'pchiligi hasharotlarda va kemiruvchilarda kasallik qo‘zg'atadi. Hasharotlar tanasida, xususan, ichaklarida ko'plab bakteriyalar yashaydi. Ularning ko'pchiligi zararsiz saprotrof, ayrimlari esa simbiontlar bo'lib, ular hasharotlar hayotida muhim o'rin tutadi. Hasharotlar ichagidagi saprotrof bakteriyalardan bir qanchasi organizm uchun zaharli bo'lishi va ular qonga o'tishi bilan tez ko'payishi va hasharotni zaharlab, nobud qilishi mumkin. Odatdagi sharoitlarda kasallik yashirin (latent) shakJda bo'lib, hazm shirasining bakteritsidlik xususiyati ham da organizm ning boshqa m uhofaza xususiyatlari ular qonga o‘ta olishini nazorat qiladi. Organizm fiziologik jihatdan susayishiga olib keladigan noqulay sharoit ro‘y berganda (m asalan, ozuqa yetishm aganda, harorat noqulay bo'lganda va h.k.), uning himoya xususiyatlari zaiflashadi va oqibatda hasharot kasallikka chalinadi. Hasharotlarda patogenlik xususiyatiga ega bo'lgan birlamchi bakteriyalar ham ma’lum bo'lib, ular faol ravishda ichak devori orqali gemolimfaga o'tadi yoki tana qoplamining shikastlangan joyi orqali xo'jayin tanasiga kiradi va tezda ko'paya boshlaydi. Bunda ular ajratgan toksin yoki fermentlar bu jarayonni tezlashtiradi. Tabiiyki, biologik kurashda xo'jayin organizmiga ozuqa orqali kiradigan va patologik o'zgarishlar tufayli zararkunandalami halok qiladigan birlamchi patogen bakteriyalar alohida e’tiborga loyiqdir. Tabiatda bakteriozlar tufayli bir muncha hasharotlar qirilib turadi, ammo ularning ommaviy tusda qirilishiga entomopatogen bakteriyalar kam hollarda sabab bo'lishi mumkin. Bakteriyalarning morfologik belgilari va xususiyatlarining o‘zgaruvchanligi ularning tabiiy klassifikatsiyasini yaratishni qiyinlashtiradi. Shuning uchun hozirgi vaqtda sun’iy yoki an’anaviy klassifikatsiyadan foydalaniladi, bunda taqqoslanadigan bakteriyalar guruhlarida kuzatiladigan ko'pchilik belgilar asos qilib olinadi. Shu bilan birga, morfologik belgilardan mikroorganizm tanasi shakli, hujayralarda kapsula mavjudligi yoki yo'qligi, xivchinchalar mavjudligi va ularning joylashishi, endospora hosil bo'lishi hisobga olinadi. Bundan tashqari, klassifikatsiyada hujayralar Gram bo'yicha bo'yalishi, ularning pigmentlanuvchanligi, nafas olish sharoitlari va boshqalar hisobga olinadi. Entomopatogen bakteriyalarni ularning patogenligini belgilaydigan xususiyatlari va sharoitlariga qarab ham klassifikatsiyalash taklif etilgan. Entomopatogen bakteriyalarning to'rtta guruhi mavjud: obligat patogenlar; kristall spora hosil qiluvchilar; fakultativ va potensial patogenlar.


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling