Mavzu: saljuqiylar davrida davlat boshqaruvi aparati I. Kirish II. Asosiy qism


SALJUQIYLAR DAVRIDA BOSHQARUV APARATI


Download 56.65 Kb.
bet4/6
Sana23.04.2023
Hajmi56.65 Kb.
#1385302
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs iwi

2. SALJUQIYLAR DAVRIDA BOSHQARUV APARATI
A. Ziyo tadqiqotlariga ko`ra, Saljuqiylar davlat boshqaruvi o`ziga xos edi. Davlat boshlig`i, oliy hukmdor Saljuqiylar xonadoni vakili bo`lib Sulton ul-a’zam unvoniga ega bo`lgan. Ilgarigi sulolalarda bo`lgan kabi, Sulton nomiga xutba o`qilib, tangalar zarb etilgan. Mol-mulk, er-suv taqsimlash davlat va boshqaruv mansablariga tayinlash, davlat kirim-chiqimlarini nazorat qilib turish, amaldorlar va xizmatkorlar faoliyatini nazorat qilish, yangi qal’alar, shaharlar, hashamatli inshootlar qurishga boshchilik qilish kabilar sultonning zimmasida bo`lgan.
Saljuqiylar boshqaruv tizimida bosh vazir alohida mavqega ega bo`lgan. Manbalarda bosh vazir-rais ur-ruaso (raislarning boshlig`i), sa’id ur-ruaso (boshliqlarning kattasi) deb atalib, u barcha devonlar faoliyatiga rahbarlik qilgan holda xazina, moliya, soliq, davlatga tegishli bo`lgan ishlab chiqarish muassasalari ishlarini nazorat qilgan.
Saljuqiylar boshqaruv tizimi dargoh va devonga bo`lingan bo`lib dargohdagi eng asosiy xizmat va vazifalar quyidagilar edi:
Ulug` hojib – oliy hukmdorning eng yaqin kishisi, dargoh bilan devonlar o`rtasidagi aloqalarni muvofiqlashtirib turuvchi, rasmiy qabullarni uyushturuvchi amaldor;
Amiri horis – oliy hukmdor chiqargan jazolar hukmlarini ijro etish bilan shug`ullanuvchi amaldor;
Salohdor – saroydagi qurol-aslaha, ayniqsa oliy hukmdorga tegishli narsalarni saqlash bilan shug`ullanuvchi amaldor;
Xos vakil – dargoh ishlarini boshqaruvchi amaldor;
Jangdor – sulton va dargoh xavfsizligini ta’minlovchi amaldor. Undan tashqari oliy hukmdor huzuridagi dargoh faoliyatini ta’minlashda jomador, sharobdor, choshnigir (sultonning ovqatlanishiga mas’ul), sarhang, miroxo`r, tashtdor kabi amaldorlar ham xizmatda bo`lgan.
1. Azamat Ziyo O`zbek davlatchilik tarixi.- T., “Sharq” 2000-yil.
2. Eshov B O`zbekiston davlatchiligi va boshqaruv tarixi.- T., “Sharq”, 2012-yil.
3. Sagdullaev A, Aminov B, Mavlonov O`, Norqulov N Oъzbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti.- T., 2004-yil.
Saljuqiylar davlat boshqaruvidagi devonlar sulolaviy va rasmiy devonlarga bo`lingan. Sulolaviy devonlar oliy hukmdor xonadoni faoliyati bilan bog`liq bo`lib, bu xonadonga tegishli bo`lgan mol-mulk, er-suv, xazina kabilarning boshqaruvi va hisob-kitobi bilan shug`ullangan. Rasmiy devonlar qo`yidagilar bo`lgan:
Devoni tug`ro – bu devon oliy hukmdorning farmonlari, qarorlari, rasmiy yozishmalari va hujjatlarini tayyorlab, ularni muhr bostirishga taqdim etgan. Joylarga rasmiy hujjatlar yuborish, ulardan hujjatlar qabul qilish, chet ellarga maktublar yuborish, davlat hujjatlarida maxfiylikni ta’minlash ham shu devonning vazifasi edi;
Devoni istifo (moliya devoni) – davlat kirim-chiqimlarini, soliqlar, boj va boshqa moliyaviy daromadlar, ularni alohida ro`yxatga olish bilan shug`ullangan. Bu devonning xizmatchilari dargoh kirim-chiqimlari, xazinadagi ahvol, mavjud naqd pulning hisobi, davlat qaramog`ida bo`lganlarga ketadigan xarajat, maosh, nafaqa miqdori kabilarni ham nazorat qilganlar;
Devoni ishrof (davlat nazorati) – moliya-soliq ishlarini nazorat qilish va tekshirish, vaqfga tegishli mulklar ustidan umumiy nazorat olib borish, sulolaga tegishli er-suvlar, qimmatbaho moliya qog`ozlari, zarbxonalar, amaldagi muhrlar, bozor mutasaddilari, soliqchilar, qishloq oqsoqollari va boshqa amaldorlar ustidan nazorat olib borgan;
Devoni arz (harbiy vazirlik) – lashkarga mo`ljallangan maosh va ta’minot, harbiylarning ro`yxati, yangilanib turishi, harbiy qismlarning tarkibiy soni, ularga ketadigan xarajatlarning turi va hajmi, ot-ulov, harbiy yurishlar paytidagi ta’minot, harbiylar ko`rigini tashkil etish kabi vazifalarini bajargan.


Download 56.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling