Mavzu: Shamsul millat-turkiy adabiyot gultoji Kun shiori


Mavzu: Turdi Farog`iy lirikasi


Download 438.77 Kb.
bet5/22
Sana26.02.2023
Hajmi438.77 Kb.
#1231869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Alisher Navoiy (dars ishlanma[1]

Mavzu: Turdi Farog`iy lirikasi
I. Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy: Turdi Farog`iy lirikasi aks etgan nutq tiplarini , tasvir mulohazalarini ozgalarga tushuntirib bera olish ,tasvirlangan voqea-hodisalar,obrazlar tizimiga munosabat bildira olish layoqatlarini shakllantirish.
b) Tarbiyaviy: O`quvchilarda mustaqil fikr yuritish, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olish, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga qiziqish layoqatlarini shakllantirish.
v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olish, xotirani mustahkamlash, tez fikrlash layoqatlarini shakllantirish.
II.Dars turi: umumlashtiruvchi
III.Darsda qo`llaniladigan metodlar: bahs-munozara
IV.Darsda foydalaniladigan jihozlar :
badiiy asarlar
V.Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash
c) darsga tayyorgarlik ko`rish .
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov .


VII.Yangi mavzuni tushuntirish :


Turdi yashagan davrda, ya’ni XVII asrning ikkinchi yarmida ijtimoiy hayotidagi muammolar avj nuqtasiga chiqqan, mamlakatda ichki nizolar kuchayib, amaldorlar orasida ham kin-u nifoq nihoyatda kuchayib ketgan edi. Turdi barcha amaldorlarning kibr-u havolarni yig‘ishtirib, o‘zaro ahil va hamjihat bo‘lib yashashga undaydi: Tor ko‘ngulluk beklar, man-man demang, kenglik qiling,
To‘qson ikki bovli o‘zbak yurtidur, tenglik qiling.
Bir qatragina suvning kuch va qudratini tasavvur qila olasizmi? To‘g‘ri, u hech qanday xavf va xatar solmasligi, hech kimni cho‘chita olmasligi mumkin. Ammo uning «zoti qulzum» – dengizga taalluqli ekanligini ham unutmaslik lozim. Lir ik qahramon mana shunga ishora qilmoqda. Zero, qatralarning yig‘ilgani – jami hududsiz dengizlarda ham po‘rtanalarni hosil qila oladi. Bundan murod shuki, meni nazarga ilinmaydigan birgina ushoq odam deb o‘ylash to‘g‘ri emas, menga o‘xshaganlar ning hammasi jamlansa, uyushsa, dengiz kabi olam ni, ya’ni shu dunyoni, mavjud hayotni ag‘dar-to‘ntar qilib yuborishning ham uddasidan chiqadi deganidir.
Ya’ni, (endilikda) Qirq, Yuz, Ming urug‘ining boshliqlari mendan yuz o‘girmoqdalar, buni qarang, men qanday baxti qora va toleyi past kishiman. Demak, oldinroq uning o‘zi sanayotgan kishilar oldidagi obro‘ va e’tibori ancha baland bo‘lgan. U o‘z umridan rozi va minnatdor bo‘lib yashagan. Faqat keyingi paytlardagina vaziyat o‘zgargan. Mana shu holat shoirning o‘ziga «baxti
qaro», «toleyi shum» sifatlarini qo‘llashga majbur qilgan. Hayot shoir uchun minglab sinovlarni, ko‘plab qiyinchiliklarni ro‘para qilgan. Hozir u hatto ignaning teshigidan ham o‘tadigan darajaga yetib kelgan:Rishtadek ming pech-u tob chashmi so‘zandin o‘tar, Bovujudi e’tibori chashmi mardum Turdiman.Buni turlicha talqin qilish mumkin:U shu darajada ozib-to‘zib ketganki, hozir ignaning teshigidan o‘tadigan ipga o‘xshab qolgan. Hayot qiyinchiliklari uni shu darajada pishitganki, u hatto hayotning har qanday to‘siq va mashaqqatlaridan ham o‘tishni uddalay oladi.

Download 438.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling