Tayanchlar va ularning klassifikatsiyasi.
Ma’lumki har qanday inshoot tayanchga ega bo’ladi. Inshootga ta’sir etuvchi kuchlar tayanchlarda hosil bo’ladigan reaktsiya kuchlari bilan birga muvozanatda bo’ladi. Tekis sistemalar uchun tayanch turlari quyidagicha bo’ladi:
SHarnirli qo’zgaluvchi tayanch;
Bu tayanch 2 ta erkinlik darajasiga ega. Bu tayanch shaklda ko’rsatilganidek sxemalashtiriladi,
SHarnirli qo’zg’almas tayanch-
bitta erkinlik darajasiga ega.
Rasmda ko’rsatilgandek sxemalashtiriladi. Sterjenlarning yo’nalishi ihtiyoriy tanlanadi.
Mustahkam biriktirilgan
tayanch. Erkinlik darajasi nolga
teng. Bu tayanchlarning sxemasi
rasmda keltirilgan.
SHuni qayd etib o’tish kerakki, har bir tayanchda, tayanch sterjenlarining soni tayanch reaktsiyalarining soniga tengdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |