Mavzu: Suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfi. Ko`l baqasining tashqi tuzilishi, muskullari, skeleti


Download 6.84 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi6.84 Kb.
#1828821
Bog'liq
7 sinf zoologiya

Mavzu: Suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfi. Ko`l baqasining tashqi tuzilishi, muskullari, skeleti.

Darsning rejasi:

  • 1. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfiga mansub hayvonlarga umumiy ta`rif.
  • 2. Ko`l baqasining yashash muhiti va hayot kechirishi.
  • 3. Tashqi tuzilishi.
  • 4. Skeleti va muskullari.

O`tilgan mavzuni mustahkamlash


Baliqlar haqida nimalarni bilasiz ?
Yashash muhiti
Ovqat hazm qilishi
Tashqi tuzilishi
Nafas olishi
Qon aylanishi
Nerv sistemasi

Ko`l baqasiga tegishli bo`lgan hususiyatlar


Turli suv va quruqlik muhitiga moslashgan
Boshi tanasiga harakatchan birikkan
Erkak baqalarda kulrang pufak –rezonatorlari bor
Baqa faqat harakatlanayotgan o`ljani payqaydi
Gavdasi yapaloq, boshi yassi
Lichinkasi suvda rivojlanadi
Yuragi uch kamerali
O`pka va teri
Orqali nafas oladi
To`rt oyoqda harakatlanadi

Ko`l baqasining tashqi tuzilishi

1-guruhga berilgan “Hatosini top” topshirig`ining to`g`ri shakli

  • Suvda hamda quruqlikda yashovchilar ilk bor quruqlikda yashashga o`tgan hayvonlar. Tuzilishi suv va quruqlik muhitiga moslashgan. To`rt oyoqda harakatlanadi, o`pka va teri orqali nafas oladi. Yuragi uch kamerali. Tuxumini suvga tashlaydi. Lichinkasi suvda rivojlanadi. Ko`pchilik turlari uchun quruqlik asosiy muhit hisoblanadi.
  • Ko`l baqasi yer yuzida keng tarqalgan, faqat sovuq shimoliy mintaqalarda va baland tog`li hududlarda uchramaydi.Yilning iliq mavsumlarida uni sernam joylarda, chuchuk suv havzalari va ular yaqinida uchratish mumkin.Hayotining ko`p qismini quruqlikda o`tkazsa-da, suvdan hech qachon nari ketmaydi. Baqa ariqlar tubidagi balchiqqa ko`milib yoki suv ortidagi o`simliklar orasida, daraxtlar ildizi yaqinidagi kovaklarda qishki uyquga ketadi.
  • Ko`l baqasi kunduz kunlari qirg`oq yaqinida ov qiladi. U qo`ng`iz, pashsha, chivin, o`rgimchak kabi mayda umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Ovga chiqqan baqa qimirlamay o`ljani poylab yotadi. Baqalar faqat harakatlangan o`ljanigina poyqaydi. Baqa og`zidan uzun yopishqoq tilini chiqarib, o`ljani tili bilan yopishtirib oladi.

2-guruhga berilgan “Hatosini top” topshirig`ining to`g`ri shakli

  • Tashqi tuzilishi.. Baqa boshining ikki yoniga bo`rtib chiqqan ko`zlarini yuqoridan va pastdan harakatchan qovoqlar himoya qiladi. Qovoqlar ko`zni namlab, uni qurub qolishidan saqlaydi. Bir juft burun teshigi ko`zlarining oldida joylashgan. Burni hid bilish va havo o`tkazish vazifasini bajaradi. Burun bo`shlig`i og`iz bo`shlig`i bilan tutashgan. Baqa va boshqa suvda hamda quruqlikda yashovchilar atmosfera havosi bilan nafas oladi. Havo burun teshiklari orqali o`pkaga o`tadi. Burni va ko`zlari boshining ustki qismida joylashgan. Baqa faqat burni va ko`zini suvdan chiqarib, atrofni kuzatib turadi. Baqa suv ostiga sho`ng`iganida maxsus klapanlar uning burun teshigini bekitib, nafas yo`liga suv o`tkazmaydi.
  • Baqa ko`zining orqa tomonida joylasjgan nog`ora pardasi eshitish organi hisoblanadi. Erkak baqalar boshining ikki yonida tovushni kuchaytiradigan kulrang pufaklar-rezonatorlar bo`ladi. Baqalar urchish davrida vaqqilagan ovoz chiqaradi.
  • Baqa hamma quruqlikda yashovchi hordalilarning ikki juft yurish oyoqlari rivojlangan . Oldingi oyoqlari yelka, bilak va panja; orqa oyoqlari son, boldir va tovon bo`limlariga bo`linadi. Baqaning oldingi oyoqlari to`rt barmoqli bo`lib, beshinchi barmog`i rivojlanmagan. Orqa oyoqlarining besh barmoqlari orasida tarang tortilgan suzgich pardasi bor.
  • Orqa oyoqlari oldingi oyoqlariga nisbatan uzun, baquvvat bo`ladi. Quruqlikda baqa orqa oyoqlariga tayanib sakraydi, suvda esa orqa oyoqlarini dam-badam bukib va yozib suzadi.

3-guruhga berilgan “Hatosini top” topshirig`ining to`g`ri shakli

  • Baqa skeletining asosiy bo`limlari zog`ora baliqninkiga o`xshash suyaklardan iborat. Biroq quruqlikda hayot kechirishiga moslashishi va oyoqlarining paydo bo`lishi tufayli skeleti tuzilishida qator o`ziga hos hususiyatlar yuzaga kelgan. Xususan, umurtqa pog`onasi bo`yin umurtqasi orqali kalla suyagi bilan harakatchan qo`shilgan. Baqaning qovurg`alari rivojlanmaganligidan ko`krak qafasi ham bo`lmaydi. Dum umurtqalari birlashib, bitta uzun dum suyagini hosil qiladi.
  • Baqaning oldinigi va orqa oyoqlari skeleti kamar suyaklari orqali umurtqa pog`onasi bilan tutashgan. Oldingi oyoqlar skeleti bitta yelka, ikkita bilak va bir qancha panja suyaklardan iborat. Ular yelka kamari: ikkitadan ko`krak tirgak, o`mrov va kurak suyaklari orqali umurtqa pog`onasiga birikadi. Kamar suyaklarining ikkinchisin uchi to`sh suyagiga tutashgan. Orqa oyoqlar son, boldir, tovon, panja suyaklaridan iborat. Orqa oyoqlar kamarini o`zaro harakatsiz birikkan uchta chanoq suyaklari hosil qiladi. Chanoq suyaklari orqa oyoqlari uchun tayanch bo`ladi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar oldingi va orqa oyolarining barcha suyaklari o`zaro bo`g`imlar orqali harakatchan birikkan: muskullari nisbatan kuchli rivojlangan. Shuning uchun ularning harakati baliqnikiga nisbatan xilma-hil va murakkab bo`ladi.

TOPISHMOQLAR

1. Boshida bor baqbaqasi,

Tinim bermas vaq-vaqasi.

2. Kunduz ketib, pisib yotadi.

Shomda chiqib o`lja tutadi.

JUMBOQNI YECHING

  • Nima sababdan baqaning burun teshigi og`iz teshigi bilan bog`langan? Baliqlarning burun teshigi esa og`iz bo`shlig`I bilan bog`lanmagan?

Uyga vazifa

  • Mavzuni o`qish, rasmni chizish, mavzuga oid boshqotirmalar tuzish.
  • E`tiboringiz uchun rahmat !

Download 6.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling