Mavzu: tarbiyaning maqsad va vazifalari


TA’LIM BILAN TARBIYA BIR BIRI BILAN BOG’LIQDIR


Download 0.54 Mb.
bet2/5
Sana16.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1499590
1   2   3   4   5
Bog'liq
Nuraliyeva Aziza Umumiy Pedagogika

TA’LIM BILAN TARBIYA BIR BIRI BILAN BOG’LIQDIR

Darhaqiqat, Alloh taolo insoniyatni yer yuzini obod qilish uchun yaratgan. Demak, u o‘zining vazifalarini ado etishi uchun har taraflama komil va yetuk bo‘lishi kerak. Buning uchun esa insonda avvalo tarbiya ya'ni odob axloqni shakllantirish lozim, undan keyin ta'limga yo‘naltirilsa albatta mehnat o‘z samarasini beradi. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhis salom hadisi sharifda “Farzandlaringizni yaxshi ko‘ringlar, odobini chiroyli qilinglar”- deb, boshqa bir hadislarida esa “Ilm o‘rganish har bir muslim va muslimaga farzdir”- deb marhamat qilganlar.

Ta'lim va tarbiyaning o‘rtasida ochiq-oydin farq bor. Ta'lim, tarbiyaning bir juzi hisoblanadi. Tarbiya esa ta'limni o‘z ichiga oladi. Demak, tarbiya o‘z-o‘zidan ma'lum bo‘ladi-ki ta'limga nisbatan mukammal va keng qamrovlidir.

Tarbiyaning muhimligi haqida Imom G‘azzoliy bunday deydi: “Bolalar ota-onalariga berilgan bir omonatdir. Bolaning qalbi har qanday naqshu tasvirdan xoli bir qimmatbaho gavhardir. U qanday naqsh solinsa, qabul qiladi, qayoqqa bukilsa, egiladi. Agar yaxshilikka o‘rgatilsa, shu bilan o‘sadi va dunyoyu oxiratda saodatga erishadi. Uning sa­vobiga ota-onasi ham, har bir muallimu ustozlari ham sherik bo‘ladilar. Agar yomonlikka odatlantirilsa, hayvonlardek o‘z holiga tashlab qo‘yilsa, oxir-oqibat halok bo‘ladi. Gunohi esa uning tarbiyasi uchun javobgar bo‘lganlarning gardaniga tushadi”.

Tarbiyaning maqsadi va vazifalari. Tarbiya maqsad va mazmuni metodlarni toʻgʻri tanlashga imkon beradi. Maqsad qanday boʻlsa, unga erishish metedlari unga muvofiq boʻlishi zarur.

Tarbiyaning mazmunini shaxsning shakllanishiga qoʻyiluvchi, ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat. Unutmaslik kerakki,aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan toʻldirilgan bo’lishi mumkin. Shuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan emas balki aniq fikr bilan bogʻlash g’oyat muhimdir.

Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlari. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilorning yosh xususiyatlarini inobataga olish maqsadga muvofiqdir. Yosh xususiyatlari muayyan bir yosh davriga xos boʻlgan anatomik, fiziologik va psixolegik xususiyatlaridir


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling