Mavzu: Texnik vositalarning intelektual komplekslari. Axborot komplekslarida texnik va dasturiy ta’minoti tamoyillari


Ushbu texnik vositalar kuyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim


Download 17.79 Kb.
bet2/2
Sana31.01.2024
Hajmi17.79 Kb.
#1827898
1   2
Bog'liq
intelek atra

Ushbu texnik vositalar kuyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim:
-Ishonchlilik;
-Resurslardan foydalanishning samaradorligi;
-Texnik kursatgichlar jixatidan bir-biriga mos kelishlik;
-Tarkibiylik va modellilik;
-Harajatlar buyicha samaradorlilik;
-Foydalanuvchiga nisbatan dustonalik;
Xozirgi zamonda eng keng miqyosda ishlatiladigan kompyuterlardan biri xususiy yoki shaxsiy kompyuterlardir. Ularning ko`rinishi kichik va ixcham bo`lishigi qaramay, iqtisodiyot va texnikaning deyarli barcha soxalarida muvaffaqiyatli ravishda qo`llanilib kelmoqda. Lekin ular qachondan boshlab va nima sabablarga ko`ra paydo bo`lgan? Qanday printsiplarning qabul qilinishi va qaysi texnik yechimlar ularning ommabop bo`lishiga va keng miqyosda qo`llanilishiga sabab bo`lgan? Ushbu muammolarni to`g`ri xal qilish uchun
Kompyuter dasturlar ta’minotining toʻplami quyidagi guruhlarga ajraladi:

  • tizimviy dasturlar – xilma-xil qoʻshimcha ishlarni bajarishga imkon beradi, masalan, kompyuterning ishlash jarayoni davomida nosoz qurilmalarni diagnostika va nazorat qilish vositalari, ma’lumotlarning nusxalarini olib qoʻyish, kompyuter haqida ma’lumotnomalar berish, kompyuterni boshlangʻich ishga tayyorlash va xakozolar;

  • amaliy dasturlar – foydalanuvchilarga zarur boʻlgan ishlarni bajarishga imkon beruvchi dasturlar, matn taxrirchilari, jadval protsessorlari, rasmlar chizishga imkon beruvchi dasturlar, informatsion massivlar va bilimlar bazalari bilan ishlashga imkon yaratuvchi dasturlar va xokazolar.

  • dasturlashtirish tizimlari yoki instrumental tizimlar – ular kompyuter uchun yangi amaliy dasturlar yoki foydali ilovalar yozish uchun xizmat qiladilar.

Tizimviy dasturlarga operatsion tizim, drayverlar, qobiq dasturlar va operatsion qobiqlarni kiritish mumkin.
Operatsion qobiqlar ishga tushiriladigan dasturlar uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratishi mumkin:

  • grafik interfeys – ma’lumotlarni chiqarish va ular bilan samarador ishlashga imkon beradigan vositalar toʻplamini xosil qilish mumkin, ya’ni aloxida turdagi menyular, darchalar, oynalar, ma’lumotnomalar va xokazolar;

  • multidasturlashtirish – bir vaqtning oʻzida bir qancha dasturlarni ishlatish imkoniyati;

  • dasturlararo ma’lumot almashinishnig kengaytirilgan vositalarini ishlatish.

Dastur ta’minoti ilmiy-texnik, iqtisodiy-statistik va boshqa masalalarni echishda, shuningdek, boshqaruv ma’lumotlarini qayta ishlash uchun hisoblash tizimlari qurishda kompyuter texnik vositalarining imkoniyatlarini ancha kengaytiradi.
Kompyuter dastur ta’minotining asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat:

  • dasturlashni avtomatlashtirish vositalari yordamida masalani EHMda echishga tayyorlash;

  • operator bilan kompyuterning eng qulay koʻrinishlardagi aloqasini tashkil qilish;

  • kompyuterni nazorat qilish, unga diagnoz qoʻyish va yuzaga kelgan nuqsonlarning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik.

Kompyuterning dastur ta’minoti strukturasida dasturlashning modulli tomoyili amalga oshiriladi, bu tomoyil, odatda funktsional bogʻliq boʻlmagan dasturlar yoki ularning qismlari standart modullar koʻrinishida shakllanadigan va sozlanadigan boʻlishini talab qiladi. Bunday struktura yoki ularning oʻrnini almashtirish, yoxud qoʻshimcha modullar kiritish yoʻli bilan EHMning dastur ta’minotini nisbatan oddiy kengaytirish va takomillashtirish imkonini beradi.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati:


  1. Kenneth C.Loudon, Jane P.Loudon. Management Information Systems. New York, 2016. Page 669.

  2. S.S.Gulomov, B.A.Begalov. Informatika va axborot texnologiyalari. Darslik.-T.: “Fan”. 2010.- 628 bet.

  3. Kenjabayev A.T., Jumaniyazova M.Yu., Tillyashayxova M.A. Informatika va axborot texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma. “Iqtisod-moliya”. 2013, 160 bet.

Download 17.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling