Mavzu. Texnologik va ekspluatatsion hujjatlarning metrologik tekshiruvi


Download 475.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana21.04.2023
Hajmi475.5 Kb.
#1372791
  1   2   3
Bog'liq
10 MAVZU TEXNOLOGIK VA EKSPLUATATSION HUJJATLARNING METROLOGIK TEKSHIRUVI



10-MAVZU. TEXNOLOGIK VA EKSPLUATATSION HUJJATLARNING 
METROLOGIK TEKSHIRUVI 
Reja: 
10.1. Texnologik hujjatlarni metrologik nazoratdan oʻtkazishning maqsadlari 
va vazifalari. 
10.2. Texnologik hujjatlarning turlari va ularning tekshiruvi. 
 
Tayanch soʻzlar va atamalar: texnologik hujjat, eskiz kartalari, marshrut kartasi, 
operatsion karta, tipik operatsiya, ekspluatatsionn hujjat, jihozlar vedomosti.
 
10.1. Texnologik hujjatlarni metrologik nazoratdan oʻtkazishning maqsadlari 
va vazifalari 
Texnologik hujjatlarni nazoratdan oʻtkazish ushbu hujjatlarda koʻrsatilgan 
aniqlik me’yorlarini, oʻlchashlarning uslublarini, vositalarini, shart-sharoitlarini va 
protseduralarini standartlar, Davlat o’lchashlar tizimi va boshqa me’yoriy 
hujjatlarning talablariga mos ravishda oʻrnatish maqsadida amalga oshiriladi. 
Texnologik hujjatlarni metrologik nazoratdan oʻtkazishning vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
 oʻlchanadigan parametrlarning optimal nomenklaturasini aniqlash; 
 oʻlchashlar aniqligining texnologik jarayonlarning optimal rejimini 
ta’minlash talablariga mos keluvchi koʻrsatkichlarini oʻrnatish; 
 oʻlchashlarni oʻtkazish vositalari va uslublari tanlanishining toʻgʻriligini
baholash; 
 oʻlchashlarning berilgan aniqligini va zaruriy unumdorlikni ta’minlaydigan 
bir xillashtirilgan, avtomatlashtirilgan oʻlchash vositalarini koʻproq qoʻllash 
imkoniyatini aniqlash; 
 qoʻllaniladigan oʻlchash vositalarining minimal mehnat sarfi va berilgan 
aniqlikda operasiyaning minimal tannarxini ta’minlashini baholash; 
 oʻlchashlarni oʻtkazishning standavrtlashtirilgan yoki attestasiyadan 
oʻtkazilgan uslublarining koʻproq qoʻllanilishini oʻrnatish; 
 oʻlchash, nazorat qilish va sinovdan oʻtkazish natijalariga hisoblash 
texnikasi vositalari yordamida ishlov berishning maqsadga muvofiqligini aniqlash
 fizikaviy kattaliklar va ularning birliklarining toʻgʻri nomlanishi va 
belgilanishini oʻrnatish. 

Download 475.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling