Bir xil bo`lmagan xotiraga kirish (Non-Uniform Memory Access) - Har bir protsessor, mahalliy xotiradan tashqari, lokal kesh xotirasi (rasmda КП)ga ega bo'lganligi sababli, umumiy xotiraga ega bo'lgan hisoblash tizimlarida barcha mahalliy protsessorlarda bir xil blokning asosiy xotira tizimining nusxalarini uyg'unligini ta'minlash muammosi mavjud.
- Nusxalashning noaniqligi protsessorlardan biri kesh xotirasida ma'lumotni o'zgartirganda yuzaga keladi. Bunday holda, qolgan protsessorlarning kesh xotirasida shunga o'xshash nusxalar mos ravishda sozlanishi yoki yaroqsiz deb belgilanishi kerak.
- Ushbu muammoni hal qilish usuli NUMA tushunchasini ccNUMA va nccNUMA qisqartirishlari bilan belgilangan ikkita variantni vujudga keltirgan.
Bir xil bo`lmagan xotiraga kirish (Non-Uniform Memory Access) - ccNUMA (Cache Coherent Non-Uniform Memory Architecture - Keshlarning uzviyligini ta'minlab, bir xil bo`lmagan xotiraga kirish) arxitekturasi shina asosida amalga oshiriladi. Apparat shinadagi asosan kesh-xotiraga yozish bilan bog'liq jarayonlarni kuzatadi. Protsessor o'z kesh-xotira bloklaridan birini tarkibini o'zgartirishga harakat qilganda, ushbu apparat boshqa protsessorlar kesh-xotiralaridagi o'xshash bloklarning tarkibini xuddi shu tarzda yangilaydi yoki ushbu bloklarni yaroqsiz deb belgilaydi.
- nccNUMA (Nob-Cache Coherent Non-Uniform Memory Architecture - Keshlarning uzviyligi ta'minlanmagan, bir xil bo`lmagan xotiraga kirish) arxitekturasi va ccNUMA o'rtasidagi farq nomdan yaqqol ko'rinib turibdi.
- nccNUMA arxitekturasi global ma'lumotlar uchun moslashuvchanlikni ta'minlamaydi. Bunday ma'lumotlardan foydalanish uchun “g`mxo`rlik" butunlay dasturlarga (dasturlar yoki kompilyatorlarga) tegishli. Ushbu kamchilikka qaramay, arxitektura hisoblash tizimining miqyosini, ya'ni protsessorlar sonining ko'payishini sezilarli darajada osonlashtiradi.
Q&A
Do'stlaringiz bilan baham: |