Mavzu: xorazm vohasi arxeologiyasi mundarija reja: Kirish I. Bob. Xorazm vohasi O’zbekistonning eng tarixiy markazlaridan biri sifatida talqin etilishi


Download 65.93 Kb.
bet4/4
Sana16.06.2023
Hajmi65.93 Kb.
#1498163
1   2   3   4
Bog'liq
MAVZU

Tuproqqal'a
Ko‘hna shahar III asrga mansubdir. Bu shahar 500x350 metrli to‘g‘ri burchakdan iborat. Atrofida to‘rtburchakli minoralari bo‘lgan g‘isht devor bilan o‘rab olingan. Balandligi 20 m ga yaqin. Tuproqqal'a qasrida o‘tkazilgan qazish ishlari natijasida 100dan ortiq xonalar ochilgan. Ular ikki qavat qilib qurilgan bo‘lib, ustilari gumbaz bilan yopilgan edi. Xonalarning devori rang barang naqshlar bilan bezatilgan. III asr Xorazm shohlarini tasvirlovchi monumental sopol haykalchalar ham topilgan. Shaharning shimoliy qismida ikki qavat devorga va bozor maydoniga ega bo‘lgan olov ibodatxonasi joylashgan. Shahar ikki qismga ajralgan va 120-200 bino bo‘lgan 10-12 dahaga bo‘lingan edi, bu esa shaharda katta -katta uy jamoalari hayot kechirganidan guvohlik beradi. IV asrda Xorazmda shahar hayoti tushkunlikka uchragani natijasida Tuproqqal'a harobaga aylana boshlaydi.
IV asrning boshida Xorazm shoh Afrig‘ tomonidan qurilgan Fir (Kat yaqinida ) qal'asiga Beruniy quyidagicha xarakteristika beradi: “Bu qal'aning “... uchta devori paxsadan va xom g‘ishtdan urilgan; bularning biri ikkinchisi ichiga joylashgan, har birining balandligi boshqasinikiga qaraganda oshib boradi; ammo shohlar qasri hammasidan ham balanddir”.
San'at yodgorliklari.
Xorazm ma'buda Anaxitni o’zun kiyimda, yelkasiga ro‘mol tashlagan holda, ba'zan qo‘lida idish bilan tasvirlangan kichkina sopol figuralar bor. Bular O‘zbekiston hududidagi Anaxitning figuralari eng arxaik bo‘lib, o‘ziga xos stili bilan ajralib turadi. san'atning eng qadimgi yodgorliklaridan biridir. Xorazmdagi Burgut qal'adan va Jonbos qal'aning quyi qatlamidan chiqqan qazilma narsalar ichida topilgan. Ilk O‘rta asrlar davrida Xorazmda boshka O‘rta Osiyo viloyatlari singari o’ziga xos madaniyat va feodal jamiyatning kO‘rtaklari yaratilgan edi. Bu davrda madaniyat jixatidan O‘rta Osiyo viloyatlari bir-biridan ancha fark kilgan bulsa xam, shaxarlar va uy me'morchiligida anchagina umumiy xususiyatlar mavjud edi.
Xorazmning kadimgi yodgorliklari 19 asrning oxirlaridan boshlab ko’plab arxeolog va tarixchi olimlarning dikkatini o’ziga tortib kelmokda. Xorazm ilk O‘rta asrlar yodgorliklarini arxeologik tadkik etishni shartli ravishda 2 davrga bulish mumkin:
1. Tadkikotlar 1937 yilda boshlangan edi. Shu yili S.P. Tolstov boshchiligidagi SSSR FA Etnografiya Institutining Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi to’zilgan edi. Bu davrda Etnografiya Institutining aspiranti bulgan A.I. Terenojkin Korakolpogiston ARsi Turtkul va Shabbaz rayonlarida Berkutkalin voxasi va bu yerdagi bir necha yirik kal'alarni urganadi.
Keyingi davrlarda xam bu voxaning urganilishi davom etdi, ayniqsa, statsionar ishlar jadallik bilan olib borildi. 4 va 36- kal'alar urganildi, voxa xududidagi Teshikkal'a kasrida xam arxeologik qazishmalar olib borildi. Umuman olganda, amalga oshirilgan ishlar okibatida Xorazmning arxeologik xaritasi to’ziladi.
Shuning bilan birgalikda amalga oshirilgan barcha ishlarni umumlashtiruvchi S.P. Tolstovning «Kadimgi Xorazm» kitobi chop etiladi. Bu kitobdagi arxeologik yodgorliklari klassifikatsiyasidagi 2ta davr : kushon-afrigiylar davri (4-6 asrlar); afrigiylar (7-8 asrlar) ilk O‘rta asrlarga oiddir.
2.1953-1964 yillarda Berkutkalin va Yakka-Parasan voxasini urganish davom etadi. 10ga yakin kasr va kal'alarda arxeologik qazishmalar olib boriladi. 1958 yildan boshlab O’z.SSR FA Korakolpogiston bulimi xodimlari arab manbalari tilga olgan Kerder voxasida arxeologik tadkikot ishlarini olib bordilar. Bu xudud notugri ravishda Shimoliy Xorazm deb atalgan. Bu yerda Tokkal'a, Kurgonchi, Kuyukkal'a va Xayvankal'a yodgorliklarining qazishmalari olib borilgan. Tokkal'ada olib borilgan qazishmalar natijasida ilk O‘rta asrlarga oid kulyozma kitob va xujjatlarning yirik xazinasi topilgan (100dan ortik ossuariylardagi xorazm yozuvi namunalari). Shuningdek Gyaurkal'a yakinidagi Mizdaxkana nekropolida xam Xorazm yozuvi namunalari topilgan. Bu yerda olib borilgan arxeologik qazishma ishlari natijasida ilk O‘rta asrlar Xorazm tarixi, ijtimoiy xayoti va madaniyatiga oid ko’plab yangi ma'lumot va dalillar topildi. Shuningdek Xorazm kalendari, jamiyatning sotsial tarkibi va etnik tarixiga oid yangi dalillar xam topildi.
1977 yilda Yakka-Parasan voxasini butunlay urganish boshlanadi. Buning natijasida bu voxadagi 6ta kal'a urganiladi. Ayozkal'a 2 yakinida 1985-1990 yillar davomida 5-6 asrga oid ko’plab inshootlar va tulaligicha saklangan kasr koldiklari urganish amalga oshirilgan edi.Qazishmalar natijasida kushon-afrigiylar madaniyatiga oid kimmatli ma'lumotlar topildi. Shu jixatdan Tuprokkal'ada olib borilgan qazishmalar ayniqsa katta axamiyatga egadir (1965-1969 va 1972-1975 yillarda). Tuprokkal'a xududida 5000 kv.m. maydonga ega kup qatlamli inshootlar koldiklari topilgan, 4-5 asrlarda shaxar to’zilishiga oid asosiy xususiyatlar aniklanadi. Yodgorlik xududida sopol, suyak va metalldan yasalgan ko’plab ashyoviy dalillar topiladi.Siyosiy jixatdan 4-8 asrlar davomida Beruniyning ma'lumotlariga karganda Xorazmda birta sulola vakillari xukmronlik kilganlar. Adabiyotlarda bu sulola o’z asoschisi Afrig nomi bilan Afrigiylar sulolasi deb ataladi.
Sulolaning asoschisi Afrig Beruniyning ma'lumotlariga karaganda 305 yilda Xorazm taxtiga utiradi. Beruniy shuningdek, sulolaning boshka vakillari nomlarini xam keltiradi, ba'zi nomlar Xorazm yodgorliklaridan topilgan tangalar orkali aniklandi. Ammo, tangalar va Xorazm ma'lumotlari orasida ancha fark mavjud (uxshashliklar fakatgina 8 asrga oiddir). Umuman olganda Beruniy keltirgan kupgina xukmdorlarning nomlari xaligacha tangalarda aniklanmagan. Xattoki, sulola asoschisi Afrig‘ nomi bilan zarb kilingan biron-bir tanga topilmagan. S.P. Tolstovning fikricha bu xukmdor davrida mamlakatda detsentralizatsiya jarayoni bo‘lib utib, turli tamgali mis tangalari zarb etilgan.Xorazmning keyingi tarixi, eftalit-Xorazm, sosoniy-Xorazm, turklar-Xorazm munosabatlari unchalik yaxshi urganilmagan va bu davrga oid ma'lumotlar ancha kamdir. Fakatgina, Xorazmning 711-712 yillardagi tarixi ancha yaxshi urganilgan. Bu davrda Xorazm arab lashkarboshchisi Kutayba ibn Muslim kushinlari tomonidan bosib olinadi. Tabariy, xorazmshox chakirgan majlis xakida ma'lumot berib utadi. Bu majlisga turli xil xukmdorlar, dekxon-boy zodagonlar va axbar-olimlar katnashgan edi. Bu 7-8 asrlarda Xorazm ijtimoiy to’zumiga oid eng kimmatli ma'lumot sanaladi. Yozma yodgorliklar, numizmatik va arxeologik ma'lumotlarga karaganda bu davrda Xorazm bir necha mayda davlatchalardan iborat bulgan. Olimlarning taxminlaricha, bu Amudaryoning kuyi okimidagi Kerder viloyati, mamlakatning janubiy kismi- Amudaryoning ung kirgogi (markazi al-Fir) va Amudaryoning chap kirgogi viloyatlaridir.
Xoramzshox va uning ukasi Xurrazad O‘rtasidagi kurash natijasida xorazmshox arablarni yordamga chakirishga majbur buladi. Beruniyning ma'lumotlariga karaganda Xorazmga yetib kelgan Kutayba ibn Muslim Xurrazodani maglubiyatga uchratdi, Xorazm yozma yodgorliklarini yokib yubordi, olimlarini esa xaydab yuborishni buyuradi. Mamlakatga arab noibi kuyiladi va shu davrdan boshlab 995 yilgacha, ya'ni oxirgi Afrigiy xukmdori uldirilganigacha, Xorazmda xokimiyat Kyat- xorazmshoxlar poytaxti va Urganch-arab amir-noiblari O‘rtasida bulingan. Ammo, xoramzliklar arab boskiniga karshi kurashganlar va bir necha bor ko’zgolon kutarganlar.
Masalan, 728 yilda arab boskiniga karshi Kerderda ko’zgolon kutariladi. Keyingi davrlarda xam arablarga karshi kurash davom etadi. Fakatgina 8 asrning oxirlarida arablar Xorazmni tinchlantirishga va bu yerda o’z xukmronliklarini ancha mustaxkamlashga muvaffak buldilar. Bu davr tangalarida arabcha yozuvlar paydo buladi, xorazmshoxlarning ismi islomcha kuyila boshlanadi. Bu barcha siyosiy va etnik o’zgarishlar Xorazm tarixida katta uringa egadir.
7-8 asrlarga oid kadimgi Xorazm davlati xududidagi yodgorliklar asosan kishlok xarobalaridan iboratdir. 7-8 asrlarda Xorazm shaxarlarining ichki to’zilishi va kurinishi deyarli aniklanmagan. Ma'lumki, bu davrda yirik savdo yullarida joylashgan kadimgi shaxarlar (Xazorasp, Xiva va xokazolar) o’z xayotini davom etgan. Shuning bilan birgalikda yangi shaxarlar xam kurila boshlangan. Shunisi kizikki, bu shaxarlar asosan yirik kasrlar devorlari yakinida tashkil topgan (Berkutkal'a, Kumkal'a). Xorazmning kadimgi poytaxti Katni arxeologik urganish fakatgina 12-14 asrlarga oid madaniy qatlamlarni urganish imkonini berdi. Katning 10 asrdagi kuxandizini bu davrda Xorazmga kelgan al-Istaxri kurgan. Ammo, bu davrda kuxandiz xarobalarga aylangan edi, shaxar esa Amudaryo toshkinlari natijasida vayron etilgan edi. Tabari, Belazuri va ibn al-Asama asarlarida Xorazmning ilk O‘rta aslardagi poytaxti al-Fir yoki Xorazm xakida ma'lumotlar mavjud. Bu ma'lumotlarga karaganda, 7-8 asrlardagi shaxar 3 kismdan («uch shaxardan») iborat bulgan va bu kismlar umumiy mudofaa devori bilan urab olingan. Shaxarning eng mustaxkam kismi Madinat al-Fir bulgan. Shaxarning usib borishi natijasida uning eng kadimgi kismi kuxandizga aylangan, shaxarni esa 10 asr mualliflari Kat nomi bilan tilga oladilar.
Balamining ma'lumotlariga karaganda Xorazmning eng mustaxkam shaxarlaridan biri Xazorasp bulgan. Bu shaxar xarobalari xududida arxeologlar tomonidan mustaxkam mudofaa devorlari koldiklari. Shuningdek, olimlarning fikricha shaxar xududida 7-8 asrlarda paydo bulgan kuxandiz xam mavjuddir. Ammo bu madaniy qatlamlar keyingi davrlardagi kurilmalar tufayli saklanib kolmagan. Olimlarning fikricha bu davrda shaxarning umumiy maydoni 10 ga bulgan.
7 asr oxirlari va 8 asr boshlarida paydo bulgan Berkutkal'a tugrisidagi ma'lumotlar boshkalarga karaganda ancha kengdir. Bu shaxar ilgari mavjud bulgan Berkutkal'a kasri yakinida vujudga kelgan. 6,2 gektar maydonga ega bulgan shaxar 2 usulda kurilgan. Kisman shaxar 4 asr boshlarida xarobaga aylangan kishlok urnida kurilgan. Shaxarning butun xududi mudofaa devorlari bilan urab olingan. Shaxarning O‘rtasida keng maydon joylashgan. Shaxarning janubiy kismi 2 maxalladan iboratdir. Maxallani magistral kucha ajratib turibdi. Kuxandizda (100x100 m.) kupgina inshootlar kurilgan. Bu yerda pandus, suv ombori va turli ma'muriy inshootlar joylashgan. Kuxandizning shimoli-garbiy burchagida joylashgan suv ombori kamal davrida ancha axamiyatli bulgan.
Xorazmning 7-8 asrlarda mavjud bulgan kishloklari boshka joylarga karaganda ancha yaxshi urganilgan. Bunday kishloklar asosan Amudaryoning ung kirgogida saklangan. Kishloklar Amudaryoning ung kirgogi buylab bir necha unlab kilometrga cho’zilgan. Tipologik jixatdan bu kishloklar ilgari davrlardagi Xorazm kishloklardan kup fark kilmagan.

Miletskiyda ham Xorazm haqida ma’lumot bo‘lib, u Xorasmiyani parfiyaliklardan sharqda joylashgan Xorasmiya viloyatidagi yagona shahar sifatida tilga oladi1. . Xorazm vohasi antik davr shaharlari tarixi nihoyatda qiziqarli. Qadimiy hududning joylashuviga alohida Xorazm ilk marta Doro I ning Bexistun kitobalarida va Avestoda eslatiladi2.


Gerodot ma'lumotlariga ko‘ra Xorazm parfiyaliklar, sug‘dlar va areyalar bilan birga XVI satrapiyaga kirgan va Doroga 300 talant xiroj to‘lagan. Xorasmiyaliklar Kserksning Gretsiyaga yurishida ishtirok etishgan10zim.
Xorazm vohasi Turon past tekisligining markazida Qoraqum va Qizilqum oralig‘ida, o‘zbekistonning shimoliy-g‘arbiy qismida, Amudaryo quyi oqimida joylashgan bo‘lib, Amudaryo keltirgan allyuvial yotqiziqlardan, tashkil topganM Miletskiyda ham Xorazm haqida ma’lumot bo‘lib, u Xorasmiyani parfiyaliklardan sharqda joylashgan Xorasmiya viloyatidagi yagona shahar sifatida tilga oladi3. . Xorazm vohasi qadimiy ma Zardishtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto” O‘rta Osiyo, Eron, Afg‘oniston va Xorazmning kadimgi tarixni o‘rganishda qimmatli manba hisoblanadi4.
Xorazm vohasi deganda biz hozirgi Xorazm viloyati, Turkmaniston Respublikasining Toshhovuz viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining
yillarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar.
Xorazm ekspeditsiyasining S. P. Tolstoy, Ya.G‘. G‘ulomov va E.A.Polyakovdan iborat tarkibdagi qidirish guruhi Amudaryo, Beruniy, To‘rtko‘l, Ellikqal’a, Xo‘jayli tumanlarini o‘z ichiga olgan, umumiy maydoni 69,4 ming kv. km ni tashkil qilgan katta bir hududni tushunamiz5.
Antik mualliflar qadimgi Xorazm qal’alalari to‘g‘risida deyarli hech qanday ma'lumot qoldirishmagan. Baqtriya bilan Sug‘d mudofaa inshootlari to‘g‘risida Aleksandr yurishlar tarixi bilan bog‘liq, mazmunan xilma-xil materialga ega bo‘lsak, olis Xorazming faqat antik davri tarixi biz uchun mavhumligicha qolmoqda6.
Xorazmning antik davr shaharlarining o‘rganilish tarixini ikki bosqichga ajratishimiz kerak.
1-bosqich XX asr 90-yillariga qadar amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlar 2-bosqich Mustaqillik 1938-yilda ishni davom ettirdi7. Bu guruh 14 ta yodgorlikni tekshirdi. Qo‘yqirilganqal'a, Qo‘rg‘oshinqal'a, Bozorqal'a, Jonbosqal'a, Qizilqal'a, 7 ta Tuproqqal'a, Katta va Kichik Qirqqiz, Anqaqal'a, Qo‘ziqirilganqal'a tekshirildi. Bu ish natijasida mil. avv. IV asr — mil. IV asr yodgorliklari katta majmui va ularning sanasi aniqroq belgilandi14.
1939-yilda Xorazm ekspeditsiyasi arxealogik qidirish ishlarini uch yo‘nalishda olib bordi. Natijada 16 ta yodgorlik arxeologik jihatdan tekshirildi8.
Bu arxeologik ekspeditsiyalarda S.P.Tolstov hissasi nihoyatda katta. U inson bu o‘lkani sevar, uning tarixiy qimmatini yaxshi tushunar edi. "Qadimgi Xorazm" degan monumental asarida shunday deb yozadi: "Bu ekspeditsiya muallifning kelajakda qiladigan ishlarining yo‘nalishini belgilab berdi. Xilma-xil tasodifiy vazifalar uning e‘tiborini har qancha chalg‘itmasin, bari bir o‘ziga xos O‘rta Osiyo "Misri"ning tarixi, etnografiyasi va arxeologiyasi bilan qiziqdi9. Olim 1937-1940-yillarda arxeologik izlanishlar olib bordi va “Xorazm sivilizatsiyasi” degan tushunchani arxeoligiya faniga olib kirdi.
Arxeologik tadqiqotlar uchun aviamarshrutlarning uzunligi 9000 km ga teng edi, 250 dan ortiq qadimiy shahar va qishloqlar ochildi va o'rganildi10.
S.P.Tolstov o‘z tadqiqotlari bilan o‘zbek xalqining asosini sharqdan ko’chib kelgan ko‘chmanchi qabilalar emas, balki shu ko’hna maskanda ming yillar davomida o’troq hayot kechirib kelgan erli xalq – xorazmiylar, sug‘diylar, toxarlar, baqtriyaliklar hamda Amu va Sirdaryo bo‘ylarida azaldan yashab chorvachilik bilan shug‘ullanib kelgan massaget - saklar tashkil etganligini isbot qildi.18
Xorazm vohasi antik davri tarixini o'rganishda S.P.Tolstov19 20, A.V.Andrianov21, Nerazik22, M.G.Vorobeva23 24, Y.A.Rapoport11 12 13 14, B.I.Vaynberg15 16 17 singari olimlardan iborat bo‘lgan Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi xodimlari ulkan hissa qo'shganlar. Ularning izlanishlari va kashfiyotlari tufayli, Xorazm sivilizatsiyasi, qadimiy shaharlari, moddiy va ma'naviy madaniyat obidalari butun jahonga mashhur bo'ldi.
XX asrning 90-yillari va XXI asr boshlarida o'zbekistonlik qadimshunoslarning Xorazmdagi yangi arxeologik tadqiqotlarini qayd etib o'tish lozim (M.Mambetullayev18 33, V.N.Yagodin3192021 22, G'.Xodjaniyazov23 24, Q.Sobirov25, S.Baratov39, A.Abdirimov).26 Shaharsozlik va me'morchilik.
С.П.Толстов. Фзбекистоннинг қадимги маданияти. Тошкент. ―Фан. 1944, 5-бет.
19
Толстов С.П. Хорезмийская экспедиция 1939 г. //КСИИМК. VI. М. 1940 г
20
Толстов С.П. Древний Хорезм. Опьгг историко-археологического исследования. М., Изд-во МГУ 1948 г
21
Андрианов Б.В. Древние оросительнме системм Приаралья. М., «Наука» 1969 г
22
Неразик Е.Е. К проблеме развития городов Хорезма. // Культура и искусства древнего Хорезма. М., «Наука»
23
Воробьева М.Г. Керамика Хорезма античного периода. //ТХАЭЭ. Т. IV. М., Изд-во АН ССР 1981 г
24
Воробьева М.Г., Лапиров-Скобло М.С., Неразик Е.Е. Археологические работь1 в Хазараспе в 1958-1960 гг. //МХЭ. Вьш. 6. М., Изд-во АН СССР. 1963 г
Antik davr Xorazm shaharlari, shaharsozligi va hunarmandchiligi, ijtimoiyiqtisodiy munosabatlari haqida qisqacha va kerakli ma’lumotlarni berish lozim deb hisobladik.
Jonbosqal’a – Ushbu yodgorlik Bozorqal‘aning shimoliy – sharqiy tomonida, ya‘ni Kaltaminor kanalining shimolga qarab cho’zilgan Bozorqal‘a irmoqlari bo’yida Jonbosqal‘a joylashgan. Ya‘ni, Sulton Uvays tog’ining sharqiy etagida, Aqchadaryo o’zanidagi qiyalikda qurilgan41.
1939-yilda S.P.Tolstov hamda arxitektorlar V.I.Pilyavskim va G.Ali Zoda bilan birgalikda Jonbosqalaning ichki tartibini batafsil kuzatganlar42. Buning natijasida ko‘plab qimmatli ma’lumotlar qo‘lga kiritilgan. Yodgorlik miloddan avvalgi IV asrga oid bo‘lib, uning hajmi 200x170 m. Yodgorlik Qang‘yuy davriga oid. Rejalashtirish jihatdan to‘g‘ri to‘rtburchakli, qalinligi 5 m, balandligi 2-10 m. devor bilan o‘rab olingan. Qal'aga kirish uchun bitta darvoza bo‘lgan43. Bu yerda olov ibotxonasi ham bo‘lganligi aniqlangan. Imorat o‘rtasidagi supachada qurilgan o‘choqda muqaddas o‘t doim yonib turgan44.
Ko‘zaliqir – Qadimgi ahamoniylar davrida shakllangan Xorazm davlatchiligi markazlaridan hisoblanadi. Ko‘zaliqir yodgorligida arxeologik ishlarni mashhur arxeolog-olim S.P.Tolstov 1937-yildan boshlab olib borgan. Bu arxeologik yodgorlik hozirgi vaqtda Turkmaniston Respublikası hududida joylashgan. Ahamoniylar sulolasi satraplarining shahar-qal’asi bo‘lgan degan fikrlar bor. 1937, 1939, 1953, 1954-yillarda bu yodgorlik M.G.Vorobeva va S.P.Tolstov tarafidan ochilgan. Ko‘zaliqir yodgorligi Xorazmning ilk antik davrida ahamoniylar hukmronligi vaqtida qurilgan ilk shahar bo‘lishi kerak degan fikrlar bor27.
Oqshaxonqal’a - Qazaqli yotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida mil.avv IV-III asrlar – milodiy IV asrlarga tegishli qadimgi poytaxt hisoblangan shahar-qal’a. Yodgorlik 1956-yil Xorazm ekspeditsiyasi olimlari tomonidan aniqlandi. 1982, 1985-yillarda arxealogik tekshiruv ishlari olib borildi28.
Oqshaxon qal’ada 1995 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida qadimgi Xorazm shaharlarini tadqiq qilishning so‘nggi bosqichi to‘g‘ri keladi. Xorazm Ma'mun akademiyasi va Urganch Davlat universiteti ilmiy xodimlari shu yillarda Olmaotishkan, Dashqal'a 2, Hazorasp va boshqa shaharlarni tekshirdilar47 29


  1. Толстов С.П. Древний Хорезм. М.,1948 г. С.88.

  2. Древний Хорезм. 93-бет

  3. Xorazm tarixi 1-jild. Urganch 1997-yil. 91-bet

  4. Iso Jabborov. Ko‘hna xarobalar siri. Toshkent 1961-yil. 52-bet

Zero, mamlakatimiz mustaqillikka erishganligi sharofati bilan bu borada chet ellik olimlar bilan birgalikda ishlashimiz uchun keng yo‘l ochildi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi Tarix arxeologiya va etnografiya instituti va Avstraliyaning Sidney universiteti olimlari hamkorlikda arxeologik tadqiqotlar olib borishmokda30. Yodgorlikni qazish natijasida qadimgi xorazmliklar yozuvi, rangli sur’atlar va qaimgi xorazmliklarning portretlar galereyasi topildi31.
O‘rta asrlar geograflarining yozishicha, Xorazmning qadim poytaxti Darjash deb atalgan, u Kat shahridan avval bunyod etilgan. Hozirgi kunda Darjash shahri Amudaryoning o'ng sohilida, Xorazm vohasida joylashgan Oqshaxonqal'a bilan bog'lanmoqda. Shahar to'rtburchak shakida bo'lib, qalin mudofaa devorlari bilan o'ralgan. Devorlarning tashqi tomonida va burchaklarida burjlar joylashgan, devorlarning balandligi taxminan 12-13 metrdan iborat bo'lgan32.
Qo‘yqirilganqal’a – Antik davr qang’yuy davri yodgorligi Qo’yqirilganqal’a hisoblanib, mil.avv IV-III milodiy I asrlarga tegishli. S.P.Tolstov tomonidan 1938 yilda aniqlangan bo’lib, 1951 yildan keng miqiyosda tadqiq ishlari o’tkazildi33. Ushbu yodgorlik janubiy-g’arbiy Oqchadaryo deltasi tekisliklarida, To’rtko’l shahridan 22 km Janubi-Sharqda, Ellikqal’a tumanida Eski Kaltaminor kanali yonida joylashgan.
Arxeolog olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra Qoyqinlganqal’ada odamlarning yashagan davri mil.avv. IV-III asrlardan milodiy III-IV asrlargacha dvom etgan. Bu shahar qadimgi xorazmshohlar davlatining ilmiy madaniy markazi bo‘lgan. Yodgorlik to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlarni S.P.Tolstovting34 kitobida va monografiya54da uchratamiz. Yodgorlikda 1937-yilda S.P.Tolstov, Y.G‘. G‘ulomov va E.A.Polyakovdan iborat arxealogiya guruhi qazishma ishlarini olib borganlar35.
Yodgorlik aylana shaklida bulib,aylanasi 86 m, 5 m. qalinlikdagi devor bilan o‘rab olingan, 9 minoraga ega. Qal'a markazida ikki qavatli silindr shaklida uy joylashgan,uning aylanasi 42m. Bu S.P.Tolstovning fikricha, sayyoralarni kuzatadigan joy bo‘lgan.Shu bilan birga bu yodgorlik mayitlarni joylashtiradigan joy bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas. Chunki suyaklarni saqlaydigan, loydan qilingan ostadonlar ko‘plab topildi. Ostadon va uning yuqori qismi hamda qopqog‘i odam haykalchalari bilan bezatilgan. Bu yerda juda katta ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan buyum topilgani. Ushbu bu yum Miloddan avvalgi III-II asrga oid qadimgi Xorazm yozuvi bo‘lib, u oramiy yozuvida tush bilan yozilgan. Bu obida ibodatxona yoki Xorazm zodagonining saroyi bo‘lishi mumkin. Xorazmning gullab-yashnash davriga to‘g‘ri keladi36.
Qo‘yqirilganqal’adan ko'p miqdorda moddiy madaniyat buyumlari topilgan. Ayrim joylarda oziq-ovqat uchun mo‘ljallangan ulkan idish xumlar topilgan. Idishlar sharob yoki don uchun foydalanilgan degan fikrlar mavjud. Qimmatbaho topilmalar orasida astronomiya fanida foydalanilgan yapaloq shakldagi disk ko‘rinishli bo‘laklar uchraydi. Ulardan 42 tasi topilgan. Bu buyum haqida Beruniy “Qonuni Mas’udiy” asarining IV kitobida “bular Ptolomey aytgan ikki xalqa” deb yozib qoldirgan37. Bu esa ushbu buyumlarning yerli xalqlar tarixida antik davrdan beri ma’lum ekanligi bildiradi. Yodgorlik jahon xalqlari tarixida muhim ahamiyatga ega.
Qo‘rg‘oshinqal’a – Yodgorlikda 1937-yilda S.P.Tolstov, Y.G‘. G‘ulomov va E.A.Polyakovdan iborat arxealogiya guruhi qazishma ishlarini olib borganlar va topganlar38. 1938 yilda S.P. Tolstov va YA.G‘ulomovlar tomonidan ro‘yxatga olingan. Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi tomonidan tekshirilgan. Qo‘rg‘oshinqal‘adan uy-ro‘zg‘or buyumlari, hayvonlar rasmi solingan sopol bo‘laklary va mis tangalar topilgan59.
Yodgorlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani hududida joylashgan. Shahriston burchaklari olam taraflariga yo‘nalgan 132 x 89 m o‘lchamdagi to‘g‘ri burchak shaklida. Qal’a har tarafdan (janubi-g‘arbiy tarafdan tashqari) kvadrat shakldagi xom g‘ishtdan ko‘tarilgan proteyxizma bilan o‘rab olingan. U qal'a devori chetidan 9-10 m qochib turadi. Qal’aning janubi-g‘arbida, proteyxizmadan uch metr masofada eni -5 m ga yaqin, chuqurligi hozir 1,50 m ga yaqin bo‘lgan xandaq bo‘lganligi aniqlandi39.
Strategiya nuqtai nazaridan muhim joyni egallagan Qo‘rg‘oshinqal'a mil. avv. IV-III asrlarda yuzaga kelgan, aftidan, qadimgi Xorazm davlatining ichki hududlarini dasht qabilalarining shimoli-sharq tomondan bo‘ladigan hujumidan himoya qilgan. Qal'a mavjudligining ikkinchi bosqichida (I-III asrlar) adashtirma yo‘lga janubisharkdan kirilgats. Bu yo‘lning ichki bo‘shlig‘ida qum qatlami ustidan g‘isht to‘shalgan. Pandus barpo qilingan. Katta Qirqqiz kanalida suv yetishmasligi tufayli, aftidan, III-IV asrlar oxirida Qo‘rg‘oshinqal'a va uning atrofidagi qishloqlar bo‘shab qolgan40.
Qal’a janubiy-g’arbiy tomondan tashqari, har tomondan to’siq devori bilan o’rab olingan. Qal’a, taxminlarga ko’ra, Qadimgi Xorazm davlati ichki qismini dasht qabilalari bosqinidan himoya qilgan. Qal’aning nomi turkiy “qo’rg’oshin” so’zidan olingan deb hisoblanadi va ushbu modda, taxminlarga ko’ra, bu yerdan uzoq bo’lmagan hudduddan qazib olingan41.
Kichik qirqizqal’a – Bu yodgorlik Ellikqal’a tumanida Buxan Merey Shirkat xo’jaligida joylashgan. Yodgorlik 1938-yil S.P.Tolstov tomonidan tekshirilgan.Yodgorlik g’arbiy va sharqiy qismlardan iborat. G’arbiy bo’limning maydoni 80x70 m bo’lib, ikki devor bilan o’rab olingan. Qo’rg’onning paydo bo’lishi IV-III asrlarga tegishli ekanligi aniqlangan42
Bozorqal‘a — Beruniy shahridan 40 km sharqda, Amudaryoning o‗ng sohilidagi shaharqal‘a xarobasi (milloddan avvalgi 6— 4-asrlar). S. P. Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya etnografiya ekspeditsiyam topib o‗rgangan (1938). SHahar to‗g‗ri to‗rtburchak tarhli binolar paxsa va xom g‗ishtdan qurilgan, nishon tuynukli (tirkash) va burjli qo‘sh mudofaa devori bilan o‗ralgan. Devorlar oralig‗idagi yo‗lakning eni 3 m. G‗ishtlar 40x10 sm hajmda, maxsus tamg‗ali bo‗lgan. Qal‘a (100x120 m) shaharning sharqiy burchagida joylashgan. Bozorqal‘a hududidan turar joy va kulolchilik ustaxonalarining qoldiqlari, sirli sopol idishlar, og‘zi keng, chambari jimjimador, tagi yassi xum, tosh yorg‘uchoqlar, ostodonlar, qadimgi Misr xudosi Bes, odam va hayvonlar haykalchalari, zeb-ziynat buyumlari topilgan64.
Nuzkat – Bozorqala‘a Qo’yqirilganqal‘adan keyin Tuproqqal‘adan oldin qadimgi Qadimgi Xorazm davlatining poytaxti bo’lgan.65 – deb ta‘kidlaydi.
Qizil qal’a – Yodgorlik Beruniy shahridan 27 km sharqda yo‘l bo’yida joylashgan. Yodgorlikda S.P.Tolstov tarafidan 1936-yil tekshirishlar olib borilib va yodgorlikni mil.avv IV-I-asrlarga oid deb hisoblagan. Keyingi yillarda G'.Xojaniyazov tomonidan olib borilgan arxeologik qazishmalarda yodgorlik 63x 63 m (kvadrat), o‘lchamda, burchaklari bilan dunyo tomonlariga qaragani, qal’a devorlari ancha yaxshi saqlangani, ba’zi joylarda blandligi 13-16 metrga yetganligi aniqlangan43.
Tuproqqal’a yodgorliklari – Xorazm vohasida 7 ta qadimgi qal'a Tuproqqal'a nomi bilan ataladi. Birinchisi mil. I-III asrlarga taalluqli bo‘lib, Ellikqal'a tumani hududida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi); ikkinchisi mil. avv. IV-III asrlarga mansub bo‘lib, Xorazm viloyatining Shovot tumani hududida, uchinchisi mil. avv. IVIII asrlarga taalluqli bo‘lib, Xiva tumani hududida, to‘rtinchisi ham mil. avv. IV-III asrlarga mansub bo‘lib, Yangiariq tumanida, beshinchisi mil. avv. IV-III asrlarga taalluqli bo‘lib, Xazorasp tumanida joylashgan, oltinchi va yettinchilari mil. avv. VIV -III asrlarga mansub bo‘lib Turkmaniston Respublikasi Toshhovuz viloyati hududida joylashgan44.
Tuproqqal’a. Bu qal’a Ellikkal’a tumani hududida joylashgan. U to‘g‘ri burchak shaklida b‘lib, 500x350 m, ya‘ni 17,5 g maydonga ega. Qal’a ikki qatorli paxsa devor bilan o‘rab olingan. Unda to‘g‘ri burchakli shinaklar mavjud. Shimoliy-g‘arbiy qismida saroy joylashgan. Shaharning ichki qismi 8-10 mahallaga bo‘lingan. Yodgorlik 1935-1940, 1946-1950, 1965-1967-yillarda arxeologik jihatdan tekshirilgan.
Arxeologik tadqiqotlar shahar saroyida olib borildi. Bu yerda bir qancha katta va kichik uy xonalari topildi. Bu xonalardan topilgan ashyolarga qarab xonalarni nomladilar.Masalan, “podsho zali”,”askar zali”, “galaba zali”,”bug‘ular zali” va boshqalar. Bu yodgorlikdan teri va yog‘ochga bitilgan 120 ga yaqin qadimgi Xorazm tilidagi yozuv topildi. Shahar milodiy III asrda bunyod etilib, Xorazmshohlar davlatining poytaxti bo‘lgan45.
Tuproqqal’a – Shovot tumani hududida joylashgan. Unda arxeologik qazish ishlari 1958- 1960, 1973-1974, 1979-80 yillarda olib borildi. Shahar aylana shaklda bo‘lib, uning hajmi 260 m, ichki devori tomonidagi umumiy maydoni 4 gektar. Qadimda mudofaa devori bilan o‘rab olingan, hozirgacha saqlanib qolgan devor balandligi 0/7-3 m. ni tashkil etadi. Devorda yarim aylanali burjlar (24 ta) saqlanib qolgan, ular o‘rtasidagi masofa 22-30 m. Devorga yaqin joydan kengligi 32-42- m. xandaq utgan,burjlarning radiusi 6,25 m. Mudofaa devori va minora to‘rt tomoni kvadrat shaklidagi xom g‘isht bilan tiklangan 40x40x10, 41x41x12m. Shaharning qurilish va rivojlanishi miloddan avvalgi IV-III asrlar bilan belgilangan46.
burchakli shaklda bo‘lib, uning hajmi 167-169-170 m.Tuzilishi jihatidan to‘rt tomoni teng. Shahar ikki qatorli devor bilan o‘ralgan, o‘rtada daxliz mavjud. Devor Tuproqqal’a – Xiva shahridan 17 km.shimoli g‘arbda joylashgan. Bu qal’a yodgorliklarini o‘rganish ishlari 1958-1960,1973-1974 yillara olib borildi. Qal’a to‘g‘ri burjlarga ega bo‘lib ular devordan yon tomonga 5,2 m .o‘sib chiqib, uning kengligi 7
m.ni tashkil qiladi. Shahar yagona darvozaga ega bo‘lib, murakkab qurilma bilan mustahkamlangan. Qurilma oldinga 11,5 m.o‘sib chiqqan, shaharga yaqin joydan kengligi 23-27 m. xandaq o‘tgan.Yodgorlik miloddan avvalgi IY-III asrlarga taalluqli47.
Yangiariq Tuproq qal’asi. Yangiariq tumanida joylashgan. Yodgolik to‘g‘ri burchak shaklda bo‘lib, umumiy maydoni 3,5 g maydonni tashkil qiladi. Shahar-qal’a qadimda ikki devor bilan o‘rab olingan. Saqlanib qolgan devorning balandligi 1,5 m bo‘lib, to‘rtta minoraga ega, ular orasidagi maydon 17-22 m, devorning yon tarafga chiqishi 5-6 m. bo‘lgan minoralar bor. Yodgorlik mil.avv IV-II asrlarga tegishli.
Shahar qadimda ikkita devor bilan mustahkamlangan, ularga qo‘shimcha sol ingan minoralar shahar mustahkamligini oshirgan. Arxealogik topilmalar ilk Kang‘yuy davriga to‘g‘ri keladi va bu topilmalar Qo‘yqilganqal’a buyumlariga o‘xshash bo‘lgan. Bu qadimiy yodgorliklardan boshqa Ustyurtda Oq shungil (Qo‘ng‘irot tumani), Dev keskan, Turkmanistonda Toshhovuz atrofida (wa'layatı) Shoh-Sanam, Chermen yop, Ko‘hna qal’a va boshqa antik davr sivilizatsiyasiga oid shahar yodgorliklari mavjud.
Aytishimiz mumkinki, S.P.Tolstov boshchiligidagi Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi, Xorazm Ma’mun akademiyasi (Xiva) va O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi arxeologlari Qoraqalpog‘istonda, Toshhovuz viloyati, Amudaryoning o‘ng, chap tomonlarida (avvalgi antik davr Xorazm hududi) XX asr 70-yillariga kelib 250 dan ortiq qadimiy qal’a va qo‘rg‘onlar aniqlangan. Moskvalik olim Yu.A.Rapoport 1998-yil nashr qilgan maqolasida chap va o‘ng qirg‘oq yerlarda 400 ga yaqin antik davr qo‘rg‘onlar bo‘lgan degan fikrni yozgan48.
Shaharsozlik va me’morchilik. Antik davrda Xorazm O'rta Osiyoda shaharsozlik va me'morchilik keng rivojlangan muhim markazga aylandi. Ahamoniylar (Fors) podsholigi tarkibidan chiqib, davlat mustaqilligiga erishgan qadimiy Xorazmda dehqonchilik voha-tumanlarining tashqi sarhadlari harbiy istehkomlar bilan mustahkamlandi. Davlat chegaralarida hamda savdo karvonlari o'tadigan maskanlarda qal'alar qurildi. Ular qudratli mudofaa inshootlari bo'lib. alohida burjlar va devorlar ichidagi o'qchilar uchun mo'ljallangan ikki qavatli maxsus yo'laklardan iborat bo'lgan.
Eramizdan avvalgi IV-I asrlar qadimgi Xorazmning gullab-yashnagan davri bo‘lib, bu davrga oid yodgorliklar juda ham ko‘p va xilma-xildir. Xorazmning antik davrdagi shaharlarining deyarli barchasi vohani dashtdagi qo‘shni qabilalardan mudofaa qilish maqsadida qurilgan49.
Mil. avv. IV-IlI asrlarda Xorazm davlati hukmdorlari tomonidan mudofaa inshootlarining barpo etilishi sabablari tashqi bosqinlardan himoyalanish zaruriyati bilan bog'langan.
Mil. avv. IV asrda qadimgi Xorazmning bir qator shaharlarida (Xiva, Xazorasp, Qazaqliyotgan – Oqshaxonqal’a, Katta Oybo‘yirqal’a) yirik binokorlik ishlar amalga oshirildi. Bir vaqtning o'zida keng tarmoqli sug'orish tizimi yaratildi. Shaharlar alohida dehqonchlik voha-tumanlari markazlariga aylandi50.
Me'morchilik loyiha bo'yicha shaharlarda binokorlik ishlarini amalga oshirish, mudofaa tizimi va eski binolarni ta'mirlash, yangilarni bunyod etish, qurilish texnologiyalarni takomillashtirishni taqozo etgan. Qudratli mudofaa inshootlari, yirik ibodatxona va saroylarni bino qilish uchun millionlab xom g'ish t kerak bo'lgan. Davlatning barcha voha-tumanlari alohisi xom g'isht tayyorlash bilan mashg'ul bo'lib, ularni zarur yangi qurilish joylariga yetkazib bergan. Keng miqyosda bunday ishlarni tashkillashtirish va amalga oshirish, antik davr Xorazmda ommaviy ravishda yirik sug'orish inoshootlari - kanallarni barpo etish jarayoni bilan qiyoslash mumkin51.
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar. Xorazmliklarning asosiy tirikchilik manbayi dehqonchilik va chorvachilik bo'lgan. Vohaning qulay geografik sharoitida rivojlangan ziroatchilik sun'iy sug'orishga asoslangan. Qadimiy uy-qo'rg'onlarning atroflaridagi bog'lar, tokzodlar va dala-sug'orish yerlari keng maydonlarga ega bo'lgan.
Xususan, mil. avv. IV-II asrlarda Xorazmda ulkan sug'orish tizimi barpo etiladi. Antik davrdan avval xorazmliklarda bunday tizim yaratish imkoniyatlari bo'lmagan. Amudaryodan kanal chiqarish usullari ancha takomillashib, antik davri sug'orilishi dastlabki sug'orma ziroatchilikdan sezilarli farqlanib, uzunligi 40-50 km kanallar vujudga kelgan. Keng tarmoqli sug'orish tizimini barpo etish markazlashgan davlat hokimiyati tomonidan tashkillashtirilgan52.
Xorazmliklar bug'doy, arpa va tariq ekib, bog'dorchilik bilan ham shug'ullanganlar. Manzilgohlar atrofida ekin maydonlari 200-250 gektar yerlarni tashkil etib, tokzorlar ham keng dalalarni egallagan. Antik davrda Xorazm vohasida Parfiya, Marg'iyona va Baqtriya singari vino (sharob) ishlab chiqarishga katta ahamiyat berilgan. Ayrim qishloq xo'jalik omborxonalaridagi katta xumlarda ko'p miqdorda vino saqlangan. Uning asosiy qismi tashqi savdoga mo'ljallangan.
Xorazmning antik davri tarixida ibodatxonalar mavqei baland edi. Yangi ma'lumotlarga ko'ra, ibodatxona jamoasi kohinlar va xizmatchilardan iborat bo'lib, o'z yer mulklari, chorva mollari va hunarmandchilik ustaxonalariga egalik qilgan. Yozma manbalardan ma'lumki, kohinlar o'qimishli bo'lib, ularsiz biron katta mas'uliyatli ish boshlash mushkul edi. Kohinlar dehqonchilik ishlarini boshlash, hosilni yig'ishtirib olish muddatini aniq bilishgan. Diniy marosimlar jarayonlarini kohinlarsiz tasavvur qilish qiyin, shuningdek, ular davlat boshqaruvida faol ishtirok etganlar.

Zardusht, Аl-Xorazmiy, Beruniy ,Аbulgʼozi, Munis, Ogohiy va Bayoniydek Xorazmda tavallud topib, ushbu azim oʼlka dovrugʼini dunyoga taratib oʼtgan ajodlarimiz soni ancha.Shu bilan birga esa, oʼzi Xorazmda tugʼilib oʼsmagan boʼlsada, qadim vohaga mehr bogʼlagan, shu oʼlkaning tabiati, tarixi, madaniyati va sanʼatiga ixlos qoʼygan insonlar koʼp.Bunga esa Ibn Batuttadan tortib Vamberi-yu, А.Kunni , P.Ivanov singari xorijlik, yaqin tariximizdan oladigan boʼlsak esa S.P.Tolstov, Yahyo Gʼulomov va Muhammadjon Yoʼldoshev kabi tarixchilarni aytish mumkin. Bular ichida Sergey Pavlovich Tolstov alohida ajralib turadi.Chunki, S.P.Tolstov Xorazmning jahon sivilizatsiyasiga qoʼshgan hissasini, islomgacha boʼlgan davrda, qolaversa miloddan avval va milodning boshlaridagi voha hayotini oʼz asarlarida yaratib butun dunyoga namoyish qildi.Bu esa osonlikcha kechgani yoʼq...


....1873 yil 29 mayda chorizm qoʼshini Xiva xonligini zabt etdi.Turkiston general-gubernatori fon Kaufman bu oʼlkada gʼalaba nashidasini surayotgan damda, Germaniyadan dunyoni lol qoldirgan shov-shuv tarqaldi."Shlemen Troya qaʼlasini topdi", "Uch ming yillik nodir qurol-aslahalar Turkiyadan Berlinga keltirilib muzeyga qoʼyildi".Bunday xabarlar Xorazmdagi bosqinchi amaldorlarni ham xuddi Shlemen singari nodir topilmalarni topishga undadi..
...Nemis arxeologi Xenrix Shlemen bolalik chogʼidan Xomerning "Iliada " va "Odissiya" dostonlarini yod olgan, qadimiy Troya urushining qaxramonlarini hamisha koʼz oldida gavdalantirib, tarix bilan oshno boʼlib voyaga yetdi.Vaqt oʼtib, Shlemen arxeologlikni egalladi.Eramizdan ming yillar oldin Egey dengizi boʼylarida yuz bergan qonli voqealar tarixini kashf etdi.Bir soʼz bilan aytganda, afsona tarixiy haqiqatga aylangan edi.
Fon Kaufman ham adna shu shov-shuvni "Moskovskie vedomosti" gazetasida oʼqidi.Soʼng Аmudaryoning har ikkala qirgʼogʼidagi qadimiy Xorazm qaʼlalarida tadqiqot olib borish uchun Turkiston arxeologiya jamiyatini tuzish lozimligini koʼngliga tugib qoʼydi.Negaki, frantsuzlar Misrda, nemislar Turkiyada, inglizlar Hindistonda tarixiy yodgorliklarni tekshirib, koʼpgina boyliklarga ega boʼlishayotgandi. Chor Rossiyasi Turkistonda ham shu kabi ishlarni amalga oshirishni, topiladigan bor moddiy , maʼnaviy buyumlarni Peterburg, Moskvaga tashishni istab qoldi.Shu niyatda Fon Kaufman topogrof, etnograf, geograf olim-zobitlardan qadim qaʼlalar aks etgan tarixiy va jugʼrofiy maʼlumotlar xaritasini tayyorlab berishni iltimos qildi.Аmmo "yarim poshsho" Fon Kaufman, ilm fan masalalarini harbiy va siyosiy masalalar kabi "bir zarb" bilan hal qilish mumkin emasligini anglamadi. Zero, necha ming yillik qaʼla va makonlarni qum barxanlari ostidan izlab topishdek ishni bajarish uchun, mustahkam eʼtiqod, xudo bergan iqtidor, fan yoʼlidagi fidoiylik zarurligini bosqinchi chor generali oʼylab ham koʼrmagandi.Shu bois fon Kaufmanning orzusi armon boʼlib qoldi.
Oradan yillar oʼtib esa, qadimiy Xorazm qaʼlalari sirini ochib, Xenrix Shlemendek dovruq taratish,fon Kaufmanga nisbatan butunlay boshqacha dunyoqarashdagi yana bir rusiyalik kishiga nasib etdi.
Shaxsga sigʼinish avjga chiqqan 1937 yil bahor fasli boshlarida bir guruh tadqiqotchilardan iborat ekspeditsiya Аmudaryoning janubiy sohillari boʼylab Xorazm vohasiga kirib keldi.Ekspeditsiya ixtiyorida oʼttiz toʼrt nafar ilmiy xodim, bitta mashina, oʼn ikkita tuya, yigirmata ot, eshaklar va boshqa kerakli asbob-uskunalar bor edi.
1907 yil 25 yanvarda Peterburgdagi harbiy zobit Pavel Tolstov va toʼqimachi Mariya Ivanovna Badaeva oilasida tugʼilgan Sergey Tolstov bolaligidan sharq tarixiga mehr qoʼydi.Shu bois Moskva Davlat Universitetining tarix fakulьtetiga kirib oʼqidi.Moddiy madaniyat tarixi davlat akademiyasining aspiranturasida ham tahsil oldi.Dastlab Moskvadagi muzeylardan birida faoliyat yuritdi.Keyin esa bolaligidan ertagu afsonalar orqali oʼzini maftun qilgan Xorazm tarixini oʼrganishga kirishdi. Birinchi marotaba u 1929 yilda ilk bora Xorazmga kelgan edi.
S.Tolstovning Xorazmga qiziqishiga sabab, birinchidan u talabalik davridayoq Volga boʼyi xalqlari etnografiyasi bilan shugʼullangan, bu xalqlarning moddiy va maʼnaviy madaniyatlarini oʼrganish jarayonida, bu madaniyatning talaygina jihatlari qadimgi zamonlarda uning Oʼrta Osiyo bilan aloqalari boʼlganligidan dalolat berardi.Bu esa Sergey Pavlovichni Xorazmga maftun qilib qoʼydi. Ikkinchidan oʼsha davrda ilmda urfga aylangan gʼarbparast olimlarning sharq xalqlari taraqqiyotini inkor qiluvchi, sharq mamlakatlari azaldan sira barataraf qilib boʼlmaydigan turgʼunlikka mahkumdir, degan daʼvosi, Tolstovning oʼzi 1963 yil 22 iyunda yozganidek, uning gʼazabini qoʼzgʼatgandi.Bunday qarashlarni oʼzgartirish uchun S.Tolstov yozganidek, “Sharq xalqlari ham murakkab taraqqiyot yoʼlini bosib oʼtganliklaridan, ular ham ayni oʼsha ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarni boshlaridan kechirganliklaridan, tarix Sharq boshqa-yu,Gʼarb boshqa degan gapni bilmasligidan dalolat beruvchi rad qilib boʼlmaydigan hujjatlar topish kerak edi—vazifa ana shundan iborat edi! Bu vazifani hal qilishda Xorazm materialiga zoʼr umid bogʼladik”. Natijada ana shu umid bilan u barcha mashaqqatlarni yengib, 1937 yilda Xorazm arxeologiya va etnografiya ekspeditsiyasini tashkil qildi.Bu vaqtda u endigina oʼttiz yoshga kirgan, gʼoyatda ziyrak va teran mulohazali yigit edi.
Oʼrta Osiyoda ( Marv,Termiz va boshqa shaharlarda) koʼpgina qaʼlalar turkiycha yoki forscha (Childuxtaron) nomi bilan "Qirq qiz" deb yuritiladi. Yangi eraning 1-6 asrlariga mansub boʼlgan "Qirq qiz" xarobalari xalq oʼrtasida keng tarqalgan malika va uning qirqta dugonasi toʼgʼrisidagi afsonalar bilan bogʼliq.Ular afsonalarda goh jangovar qizlar sifatida,( qoraqalpoqlarning bir dostonida), goh tarki dunyo qilgan quvgʼindi qizlar sifatida( qirgʼizlarning bir afsonasida), goho qirgʼiz xalqining kelib chiqishi bilan bogʼliq holda, ("qirgʼiz—qirq qiz") qirgʼiz xalqining eng birinchi (bosh) onasi sifatida namoyon boʼladi.
Qirqqizning gʼarb tomonida, Sulton Uvaytogʼning sharqiy tomonlaridan biridagi serqoya choʼqqining oʼngqir-choʼngqir joylarida qadimiy Xorazmning eng goʼzal yodgorligi, eramizning dastlabki asrlariga mansub Аyozqaʼla qad koʼtargan.Xalq afsonasida bu qaʼla qahramonning nomi bilan—Qirqqiz qaʼlasida oʼzining qirqta dugonasi bilan birga istiqomat qiluvchi malikaning visoliga yetishmoq uchun kurashgan qul Аyoz nomi bilan bogʼlanadi.Botir va dono bahodir qul Аyozning obrazi Oʼrta Osiyoda yashovchi xalqlar ogʼzaki ijodining eng qadimiy obrazlaridan biridir.Quyi Sirdaryoda yozib olingan bir qozoq qissasida bu obraz Orol dengizining barpo boʼlishi, Аmudaryo Ustyurt oʼzanining yoʼqolib ketishi va qadimiy Xorazmning vujudga kelishiga sabab boʼlgan afsonaviy hodisalar bilan bogʼlanadi.
“Bu rivoyatga koʼra, ilgari vaqtlarda Orod dengizi boʼlmagan , Sirdaryo va Аmudaryo esa birga qoʼshilib, Lavzan, Koʼhna Urganch va Oyboʼgʼir orqali Kaspiy dengiziga quyilgan emish.
Orol dengizi oʼrnida rahmsiz va munofiq Fosilxon hukmronligi ostida Аdaq xalqi,Uzboy yoqasidagi hududda esa oʼzining donoligi va adolatparvarligi tufayli davlat rahbari darajasiga koʼtarilgan sobiq qul Аyozxon boshchiligidagi Boysun xalqi yashagan emish.
Fosilxon dahshatli jinoyatlar qilganligi, bir avliyo qizining nomusini bulgʼagani uchun shu avliyoning qargʼishi bilan uning qoʼl ostidagi davlatni suv bosadi.Bu joyda Orod dengizi hosil boʼlib, har ikkala ulugʼ daryo shu dengizga quyila boshlaydi.Daryolarning birga qoʼshilishidan hosil boʼlgan qadimiy oʼzan qurib qoladi.Boysun aholisi Аyozxon boshchiligida Xorazmga koʼchib kelib, bu yerda Urganch deb atalgan podshohlikni barpo qiladi.Аdaqlar va ularning hamma shaharlari esa suv ostida qolib halok boʼladi.Hozir ham havo ochiq kunlari adaqlar qurgan imoratlarning qoldiqlarini Orol dengizining tubida koʼrish mumkin».( А.Nesterov,
«Proshloe priaralьskix stepey v predannniyax kirgiz Kazalinskogo uezda” ZVO,
1900, t 12, v 4, str, 95-100).
Xorazmning paydo boʼlishi toʼgʼrisidagi ilk oʼrta asr va qadimgi afsonalar bilan hamohang boʼlgan bu qissaga quyida tagʼin qaytamiz.Qul Аyoz obrazi Аbulgʼozining "Shajarai tarokima" (17 asr) asarida ham uchraydi.
Аyoz obrazi 11 asrdayoq rusm boʼlganligi toʼgʼrisida Mahmud Qoshgʼariy oʼzining "Devonu lugʼotit turk" asarida quyidagicha qisqagina maʼlumot beradi."Аyoz-qulning ismi". Bu oʼrinda gap umuman qullarga nisbatan berilgan maxsus ism toʼgʼrisida emas, balki allaqanday bir qulning atoqli oti toʼgʼrisida ketayotganligi ayon boʼlib turibdi.Аyozni turklar yaxshi bilganlar va ilk oʼrta asrning bu yirik tilshunosiga uning toʼgʼrisida xabar berganlar.
Toshhovuz viloyatidagi bir qancha qadimiy va oʼrta asr xarobalari nomlarining sikli nihoyatda oʼziga xos va gʼalatidir.Аna shu joyga borish moʼljallangan 1939 yil ekspeditsiyasiga hozirlik koʼrayotganimizda qaʼlalarning nomlari—Xalabqaʼla, Yorbekirqaʼla, Shirvonqaʼla, Shemaxaqaʼla—bizni juda ajablantiradi.Chunki, ushbu nomlar Suriya va Ozarbayjondagi joylar ( Аleppo, Diyarbakir, Shirvan, Shemaxa) ni eslatardi. Biz mahalliy aholidan bu nomlarning kelib chiqish sababini surishtirganimizda, ular "Shohsanam" degan ajoyib asarda tasvirlangan voqealar xalq tasavvuri boʼyicha shu yerda roʼy bergan, deya javob berdilar. Qadimgi zamon hamda oʼrta oʼrta asrlarga mansub Shohsanam xarobalari guruhi shu asar qahramonining nomi bilan yuritiladi.Oʼrta asrlarda yangilangan qadimiy qaʼla hamda bu qaʼla yonida 1314 asrlarda barpo etilgan bogʼ-rogʼlar majmui bu xarobalar markazida turadi.
Maʼlumki, yuqoridagi asarning Saljuqiylar davriga borib taqaladigan voqeasi Suriya va Ozarbayjonda, Saljuqiylar imperiyasining gʼarbiy chegaralarida roʼy beradi.
Biroq Toshhovuzlik aholi bu voqealar " qadimgi sugʼorma yerlar" tumanida, oʼzlarining viloyatlarida boʼlganligiga qattiq ishonadilar.
Ularning talqin qilishicha, malika Shohsanam va uning sevgilisi Gʼarib Yorbekirqaʼlada tugʼilgan.Qahrli ota oʼz qizini Shohsanam xarobalarining xushmanzara bogʼiga qamab qoʼyadi.Qiz oʼz sevgilisini ham shu yerga yashiradi.
Shohsanamdan nohaq ravishda achchiqlangan Gʼarib bu yerdan qochib, uzoq "Shirvon-Shemaxa podshohligi"ga emas, balki bir necha oʼn kilometr narida joylashgan
Shirvonqaʼla va unga qoʼshni boʼlgan Shemaxaqaʼlaga boradi. Oshiq-maʼshuqlar yarashganlaridan keyin ham uzoq Аleppoga emas, balki Xalabqaʼlaga qochib borishga urinishadi.
Devqaʼlaning (12-13 asrlar) vujudga kelishi toʼgʼrisidagi qissaga ham, xuddi yuqoridagidek, biroq birmuncha oʼziga xos oʼzgarishlar bilan, adabiy anʼana taʼsir etgan.Juda katta tosh taxtalardan bunyod boʼlgan bu oʼziga xos va bahaybat inshoaat yumaloq shaklda boʼlib, Qoraqum choʼlining markazida qad koʼtargan.
1939 yilda bizning ekspeditsiyamizga yoʼl koʼrsatib borgan, Taxta shahri yaqinidagi qishloqda istiqomat qiluvchi yovmutning hikoya qilishicha,bu qaʼlani Farhod ismli dev qurgan emish.Farhod Xorazmshohning Shirin ismli qizini sevib qoladi va unga sovchi qoʼyadi.Bu podshohni tahlikaga solib qoʼyadi.Qizini devga berishni hohlamagan, shu bilan birga, rad javobi berishdan qoʼrqqan shoh jodugar kampirdan yordam soʼraydi.Jodugar Farhodga bajarib boʼlmaydigan vazifani—toshdan asar ham boʼlmagan Qoraqum choʼlining oʼrtasida tosh qaʼla qurishni maslahat beradi.Biroq dev uzoq janubdagi togʼlardan yelkasida tosh tashib kelib, qaʼlani qura boshlaydi.Qaʼla bitay deb qolganida, bundan xabardor boʼlgan shoh yana jodugarni maslahatga chaqiradi.Jodugar podshohga oʼzi belgilagan kuni 9000 ta yangi tugʼilgan boʼtaloqni, shuncha toy, buzoq va qoʼzini soʼyishni maslahat beradi.Qolgan ishni u oʼz zimmasiga oladi. Belgilangan vaqtda jodugar dev qurib tamomlayotgan qaʼlaga keladi.Shu payt Xorazm tomonidan dahshatli hayqiriq eshitiladi.Bu soʼyilayotgan minglab ona mollarning ovozi edi.Farhodning: "Bu qanday yigʼi?"-degan savoliga kampir, hozirgina malika vafot etgan,Shiringa butun Xorazm aza tutmoqda, deya javob beradi.Sevgilisining oʼlimi toʼgʼrisidagi xabardan gangib qolgan dev, sevgilisiz yashashni istamasdan, hali joyiga qoʼyilmagan soʼnggi toshni osmonga uloqtiradi.Tosh Farhodning ustiga qaytib tushadi.Devni sevib qolgan Shirin ham fojia roʼy bergan joyga yetib keladi va sevgilisining murdasi tepasida oʼziga pichoq sanchib halok boʼladi.
Sharqning Romeo va Julьettalari toʼgʼrisidagi asarning bu sodda variantida qadimiy va afsonaviy aspekt namoyon boʼladi.Bu oʼrinda yer osti dunyosining qadimiy xudosi, quruvchi va toshtaroshlar homiysi—dev Farhod oʼzida toshtarosh va meʼmorga xos belgilarni saqlab qolgan adabiy asar qahramonining prototipi sifatida gavdalanadi.
Shunday qilib, koʼmilib ketgan xarobalar, yarim vayrona burjlarning sirli dunyosi koʼzimiz oldida ertak va afsonalar qobigʼiga oʼralgan holda tasavvurga ega boʼladi.Bu xaroba va burjlarning devor hamda vahimali shinaklari Xorazmga sahro tomondan keladigan yoʼlni toʼsib turardi. Vazifa shu sirli dunyoning afsonalar pardasi ostiga yashiringan ichkarisiga kirib, tarixiy haqiqatni koʼrishdan, oʼlik shaharlarning tuproqda saqlanib qolgan solnomasini oʼqib chiqishdan iborat edi.
Vazifamiz ancha mushkul edi.Garchi Xorazm sivilizatsiyasining,hali toʼliq boʼlmasada, har holda, umumiy jihatlari bir-biriga monand boʼlgan tarixiy taraqqiyoti (Xorazm sivilizatsiyasining qadimiy neolit davridan boshlab to oʼrta asrlarda, 12 asrda va 13 asr boshlarida "ulugʼ xorazmshohlar" panohida gullab yashnashiga qadar) hamda Guldursun afsonasidagi "qalmiqlar"ning hayotdagi timsoli—moʼgʼul galalarining xarobasi ostida bu sivilizatsiyaning inqirozga yuz tutishi manzarasi dastlabki taxminiy xulosalar va ayrim faktlarni tarixan anglash tajribalari oʼrnini olguncha koʼp yillar oʼtdi.
3-BOB
PINHONIY OʼLKАDА
( 1937-1945 yillardagi ekspeditsiya hisobotidan)
Biz qadimgi Xorazm xarobalarini birinchi marotaba kelib oʼrgangan arxeologlardan emasdik.1928-29 yillarda xorazmshohlarning oʼrta asrlardagi poytaxti—Urganch (hozirgi Turkmanistonning Toshhovuz viloyatidagi Koʼhna Urganch shaharchasi) atrofida А.Yu.Yakubovskiy ekspeditsiyasi ish olib bordi.А.Yu.Yakubovskiy Urganch arxitektura yodgorliklarini birinchi marta ilmiy asosda "Razvalinы Urgencha" nomli (1930 yilda Leningradda nashr qilingan) asarida taʼrifladi. Shuningdek, oʼsha atrofdagi ilk oʼrta asrlarga mansub boʼlgan Mazdahqon (hozirgi Xoʼjayli yaqinidagi Kofirqaʼla xarobalari) shahrining xarobalarini tekshirib, bu toʼgʼrida ham maʼlumotlar berdi.("Gorodiщe Mazdaxkan" 3 KV, 5 1930).
1934 yilda boʼlsa Turkmanistonning Toshhovuz viloyatida, oʼrta asrdagi Zamaxshar shahrining xarobalarida M.V.Voevodskiy tomonidan ilmiy ekspeditsiya faoliyat koʼrsatdi.
Аmmo, har ikki ekspeditsiya ham bu yodgorliklarning oʼrta asrlarga mansub boʼlgan qatlamlarinigina tadqiq etaoldi.1936 yilda esa toshkentlik arxeologlar Yahyo Gʼulomov va Turdi Mirgʼiyosovlarning ekspeditsiyasi Mangʼit qishlogʼi yaqinidagi Qubatov tepaligidan yangi eraning 1 ming yilligi oʼrtalariga mansub boʼlgan zardushtiy qabristonini topib birinchi marotaba qadimiy, islomga qadar Xorazm yodgorligiga duch keldilar.Bu haqda Yahyo Gʼulomov 1937 yilda "Guliston" jurnalining 4-sonida " Oʼtmish izlari" nomli maqola ham chop ettirgandi.
1937 yili Yahyo Gʼulomov Janubiy Qoraqalpogʼistonning " qadimda sugʼorilgan yerlari" va arxeologik qazishmalarini qaytadan boshladi va oʼrta asrlarga mansub
Guldursun va Norinjon shahar xarobalarini hamda Shobboz yaqinidagi (Qoraqalpogʼistonning hozirgi Beruniy tumani-U.B.) Pilqaʼlaning yangi eraning dastlabki asrlariga mansub bahaybat xarobalarini tekshirib chiqdi.
Oʼsha yili xuddi shu joyda bizning ekspeditsiyamiz ham ish boshladi.
Аrxeologik qazishmalar oʼtkazish uchun bu tumanni tanlashimiz tasodifiy emas.Vazifa kishilar istiqomat qilib turgan joydan tashqariga chiqib, sahroning ichiga kirib borish, oʼsha yerdan eng qadimiy zamonlardan saqlanib qolgan yodgorliklarni topishdan iborat edi.XX asrning boshlarida Sharqiy Turkistonga qilingan ekspeditsiyalar tajribasi ham, Oʼrta Osiyo dehqonchiligining oʼziga xos xususiyatlari ham shuni taqozo qilardi.Sugʼorilgan bir parcha yerdan ham foydalanishga intilish bilan bogʼliq boʼlgan intensiv va samarali dehqonchilik, sugʼoriladigan joylarda aholining zich joylashganligi va nihoyat, dalalarni oʼgʼitlash uchun qadim zamonlardan beri inshoaatlar xarobalarining tarkibida selitra boʼlgan xom gʼishtlari va guvalalaridan foydalanish ( bu ish arxeologiya boshiga bitgan balolar) shunga olib kelganki, aholi yashaydigan joylardagi qadimiy qishloq va shaharlar yo tamomila yoʼq qilib yuborilgan, yoki oʼrta asr madaniyati qatlamlari orasida qolib ketgan.Shu sababli arxeologlar bu yuqori qatlamlardan qimmatga tushadigan katta qazishmalar oʼtkazish orqaligina bunday yodgorliklarning ozgina qoldiqlarini topa olardilar, sahroda esa ularni deyarli qoʼl tegmagan holda topish umidi bor edi.
Sahroning katta hududini ishgʼol qiluvchi, oʼzida irrigatsiya izlarini saqlab qolgan, xarobalarga boy " qadimiy sugʼorma yerlar" Oʼrta Osiyoda, jumladan Qizilqum va Qoraqum sahrolarining Xorazm vohasini qurshab olgan qismida ilgaridan maʼlum edi.Bunday yerlar mavjudligini juda koʼp sayohatchilar qayd qilib oʼtgan.Bu yerlarning koʼp qismi jugʼrofiy xaritalarga ham tushirilgan.Bunday yerlarning vujudga kelishi, soʼngra qarovsiz qolishi masalasi qadimiy Oʼrta Osiyoning tarixiyjugʼrofik muammolaridan biri sifatida, faqat tarixchilarninggina emas, geogrof va geologlarni ham oʼylantirib kelmoqda edi.Аdabiyotlarda buning sababi sifatida qirgʼoqning yuvilib ketishi natijasida daryolar oqimining oʼzgarishi ham, qumlarning bosib kelishi ham, goʼyo irrigatsiya oqimining oʼzgarishi ham, qumlarning bosib kelishi ham, nihoyat, Oʼrta Osiyoning umuman fojiali suratda " qurib qolishi" ham tilga olinardi. Biroq bularning hammasi mohiyat eʼtibori bilan hech qanday asosga ega boʼlmagan gumondangina iborat edi.Chunki bu yerlarning qarovsiz qolish sabablari u yoqda tursin, hatto bu hodisa roʼy bergan vaqt ham nomaʼlum edi.Katta va mustaqil tadqiqot ishini talab etadigan bu jumboqni yechishda tarixchilar hal qiluvchi soʼzni aytmoqlari lozim edi.Bizning sahro tomon yoʼl olishimizga boshqa vazifalar qatori shu ham sabab boʼldi.
Janubiy Sharqiy Qoraqalpogʼistonning ayni " qadimiy sugʼorma yerlari"ni tanlashimizning boisi shu ediki, biz bu hudud toʼgʼrisida ularning nisbatan juda erta qarovsiz qolish sabablari xususida taxminlar qilish imkonini beruvchi baʼzi tarixiy maʼlumotlarga ega edik.
X asrga qadar Janubiy Xorazmning oʼng qirgʼogʼi qadimgi Xorazm podshohligining markazi edi.Mamlakatning islom dinidan avvalgi poytaxti—Kat shahri ham shu yerda joylashgandi.Biroq X asr oxiriga kelib siyosiy hayot markazi Urganchga koʼchgach, bu hududning roli pasayadi va u tushkunlikka yuz tutadi.997 yili qadimgi xorazmshohlarning qarorgohi—Fil (yoki Fir) qasrini Аmudaryo yuvib ketadi.12 asrda yashagan arab geogrofi Samʼoniy oʼng qirgʼoqdagi baʼzi shaharlar xarobaga aylangani va ular joylashgan yer toʼgʼrisida maʼlumot beradi.14 asrda esa mashhur arab sayyohi ibn Batutta yashagan davrda hayot qaynar edi.
Xorazmga oid jugʼrofiy asarlarda Guldursun bilan Sulton Uvaystogʼ togʼlari oʼrtasida xarobalarning koʼpligiga va ularning yaxshi saqlanib qolganligiga ayniqsa alohida eʼtibor beriladi.Shu sababli, islom dinidan avvalgi davrga mansub boʼlgan, zamonlar osha saqlanib qolgan yodgorliklarni shu yerdan topish ehtimoli koʼproq boʼlsa kerak, deb taxmin qilishga barcha asoslar bor edi.
1937 yili biz ekspeditsiyamizning xodimi, aspirant А.I. Terenojkinni dastlabki tekshirishlar uchun shu hududga yubordik.U toʼplagan narsalar, ayniqsa, boy numizmatik material bizning taxminimizni tasdiqladi.Bu maʼlumotlarni ishlab chiqib, matbuotda (А.I.Terenojkin, «Аrxeologicheskie razvedki v Xorezme, SА 6, 1940) chop etdirdik.Darhaqiqat, Guldursunning narigi tomonida islom dinidan oldingi davrga oid xarobalar juda katta joyni egallagan boʼlib, ular bu borada tadqiqotlar olib borish uchun katta imkoniyatlar ochib berardi.
1938 yili ekspeditsiya ishlari nihoyatda yurishib ketdi.
Dastlabki qazishmalar 8 asrga oid Teshikqaʼlada olib borildi.Аrab istilosining guvohi boʼlmish, tashqi tomondan juda yaxshi saqlanib qolgan bu qaʼla xarobalarida ekspeditsiya uch oy ishladi.Teshikqaʼladagi bazadan turib, sahroning ancha ichkarisiga kirib boruvchi qaʼlalar zanjiri—Qoʼyqirilganqaʼla, Аngoqaʼla, Bozorqaʼla, Qoʼrgʼoshinqaʼla, Katta va Kichik Qirqqiz, Аyozqaʼla, Tuproqqaʼla va Qizilqaʼla razvedka qilindi.
Qazishmalar ayni qizigan paytdayoq sharqiy ufqdagi qumlar orasida koʼmilib ketgan, atrofimizdagi 7-8 asrlarga mansub qaʼlalarga oʼxshamaydigan gʼalati bir qaʼla eʼtiborimizni jalb qildi. koʼzga tashlanib, qadimiy Sharq yodgorliklarini eslatib turardi.Qazishlar ozgina tinchigan kuni biz fotograf Ye.А.Polyakov va tuyakash Sansizboy Oʼrumov bilan birga tuyalarda sehrli tuyilayotgan qadimiy xarobalar sari yoʼl oldik.
Katta-katta va baland qumtepalar orqali oʼtib borish nihoyatda mashaqqatli boʼldi.Barxanlarning tuyalar ehtiyotlik bilan Biz ana shu qaʼlani uzoq vaqt durbin orqali kuzatar va har xil taxminlar qilardik.Qaʼla devorlarining chekkasida trapetsiya shaklidagi burjlar barxanlar pushtasi uzra
qadam bosayotgan choʼqqilari kutilmaganda " oʼy" deya ataluvchi shamol hosil qilgan chuqurlikka tik tushardi.Bunday chuqurliklarning tubida shamol slyuda singari yaltiroq qora qumni uchirib yurardi.
Qum dengizi xarobalarni koʼmib ketgan, ular orqada ham, oldinda ham koʼrinmas edi.Biroq yoʼl boshlovchimiz goh " oʼy" larni aylanib oʼtib, goh qumtepa yon bagʼirlaridan yuqoriga koʼtarilib, egri-bugri yoʼllardan dadil boshlab borardi.Barxanlardan birining tepasiga chiqqanimizda toʼsatdan koʼz oʼngimizda taqirlardan iborat keng maydon paydo boʼldi. Maydonda qip-qizil rang sopol parchalari sochilib yotardi.Taqirlar uzra shu vaqtga qadar biz koʼrganlarga oʼxshamaydigan gʼalati bir qaʼla xarobalari koʼzga tashlanib turardi.Biz borayotgan manzil olisda edi. Qaʼla ( keyin bilsak, bu Qoʼyqirilganqaʼla ekan) Teshikqaʼla minorasidan koʼrinmagan edi.Oʼn sakkiz qirralik qasrning yarim xaroba holga kelib qolgan devorlari atrofini qariyib yer bilan tenglashib ketgan gir aylana tashqi devor va toʼqqizta burjning saqlanib qolgan qismi oʼrab turardi.Qaʼla devorlarining baʼzi joylarda 5-6 metrga yetuvchi kvadrat shaklidagi katta-katta xom gʼishtlardan ishlangan qirralarida tor va tepa tomoniga nayzasimon oʼtkir burchak hosil qilib ikkita gʼisht qoʼyilgan shinaklar yasalgan edi.Qaʼlaning ichida va tevarak-atrofda juda yaxshi ishlov berilgan va qizdirib pishitilgan sopol idish-tovoqlarning sonsanoqsiz parchalari yotardi; baʼzilarining sirti qizil lak bilan qoplangan, baʼzilari esa burchak va uch burchak shaklidagi oʼymakor naqshlar bilan bezatilgan boʼlib, pushti-sariq fon ustidan qizil, jigar rang va qora rang berilgan edi.Sopol parchalar orasidan ilk skiflarga mansub yoy oʼqining bronzadan ishlangan qoʼsh qanotli uchini va bir juft qizgʼish-sariq rangdagi haykalcha—bir tizzasini yigʼib, ikkinchisiga qoʼlini tirab oʼtirgan erkakning boshsiz kichik figurasini hamda qandaydir afsonaviy hayvon ustida oyogʼini bir tomonga osiltirib oʼtirgan ayol tasvirini topdik.Koʼz oʼngimizda butunlay boshqa bir davr-biz Teshikqaʼlada oʼrgana boshlagan davrga qaraganda ancha qadimiyroq davr gavdalandi; oldimizda ilk antik davr Xorazmiga oid dastlabki yodgorlik turardi.
Kunbotar paytda baland qumtepalardan oʼtib, taqir joyga, oʼzimiz intilgan manzil—Аngoqaʼlaga yetib keldik.Maʼlum boʼlishicha, bu qaʼla ham antik davrga, biroq ancha keyingi zamonga--- eramizning birinchi asrlariga mansub ekan: biz taqirdan topib olgan chaqa pulda burgut shaklidagi gʼalati toj kiygan podshoh tasvirlangan edi.Bu xil tanga oʼtgan yili yigʼilgan narsalardan maʼlum edi—biz uni eramizning uchinchi asriga mansub deb qayd qildik.
Аngoqaʼla biz hozirgina tekshirgan xarobalarga mutlaqo oʼxshamas, faqat gʼishtlari va nayzasimon shinaklarigina ularning bir davrga mansubligidan dalolat berardi.
Rejaga koʼra toʼgʼri kvadratli, burchaklarida va devor oraliqlarida kvadrat shaklidagi burjli, ichkari hovliga kiriladigan darvozalarining ikki tomonidagi ustunlari ham kvadrat shakliga ega boʼlgandi. Ushbu xaroba tashqi koʼrinishda ancha yaxshi saqlanib qolgan antik qaʼlalardan edi.Kunbotar paytda men qaʼlaning devoriga chiqdim: orqa tomonda, gʼarbiy osmonning qip-qizil fonida, cheksiz qum pushtalarining naryogʼida jon asari yoʼq Burgutqaʼlaning sonsiz burjlari soya tashlab turardi. Shimoldan janubga qarab 17 kilometrga choʼzilgan Burgutqaʼla olisdan ulkan bir shaharning siluetiga oʼxshab koʼrinadi.Tevarak-atrofga suv quygandek sahroyi jim-jitlik choʼkkan, bu bir zamonlar sahroni zabt qiluvchilarning cheksiz mehnati bilan bunyodga kelgan-u, ammo odamlar allaqachonlar unutib yuborgan afsonaviy shahar hamda qishloqlarning pinhoniy boʼlib tuyulishini yanada boʼrttirardi.Tong otishi bilan biz janubga, gʼalati xarobalar koʼrinib turgan tomonga yoʼl oldik.Xarobalarning bir burchagida bizga goʼyo diqqat bilan qimirlamay tikilib turgan odamning aniq soyasi tushib turardi.
Bu—yangi eraning 6-8 asrlariga mansub Odamliqaʼla edi.Bizga odam boʼlib koʼringani buzilgan devorning kungirasi ekan, yaqinroq kelib qaraganda u odamga hech ham oʼxshamasdi. Yoʼlda kuchli qum boʼroniga duch keldik: tevarak-atrofda qizigan qum girdobi uvillar, Odamliqaʼla qum ichida koʼzdan gʼoyib boʼldi. Yonimizda kelayotgan tuyaning soyasi gʼira-shira koʼrinardi.Odamliqaʼla devorlari tagiga—pana joyga bazoʼr yetib oldik.Ichadigan suvimiz tamom boʼlgan boʼlsada, biz ishni toʼxtatib oʼtirmasdan, boʼron bir oz tinchigan vaqtdan foydalanib, qaʼlani oʼlchadik va fotosuratga oldik.
Suratkashimiz Ye.А.Polyakovni shamol yiqitib ketishidan qoʼrqib, devor panasida, burchakka bekinib olib, yovuz niyatli odam kabi, apparat bilan qaʼlaning markaziy burjini moʼljalga olib turgan paytimizni unutish qiyin. Ehtimol, biz ham Sansizboy Oʼrumov bilan shamol va qum qarshiligini yengib, ruletkaning shamol tortqilayotgan lentasini mahkam ushlagancha, Yuriy Olesha ertagining qahramonlaridan biri singari," osmonga uchib ketay" deb burjga qoqilib-suqilib chiqayotganimizda antiqa koʼrinishga ega boʼlgandirmiz.
Suv yoʼqligi (darvoqe, bu oʼrinda tajribasizligimiz ham bilinib qoldi, keyinchalik biz: " bir kunga ketsang ham bir haftalik suv gʼamlab ol" degan sahro qoidasiga qaʼtiy amal qildik) boʼron toʼxtashini kutib turishga imkon bermadi.Qoʼyqirilganqaʼlaga qaytib kelganimizdagina quyosh koʼrindi,Teshikqaʼlaga boradigan yoʼlning yarmiga yetganimizda esa bizni ikki suvdon toʼla suv ortilgan tuyada " qutqaruvchi ekspeditsiya" kutib oldi.Biz tezgina gulxan yoqib, choy qaynatib ichdikda," uy" ga joʼnadik.Chindan ham, " dunyoda hamma narsa nisbiydir"; axir, kuzatuv kunlarida ekspeditsiyaning sahrodagi tashlandiq bir " ovuli" ham oʼz uying, oʼlan toʼshagingdek boʼlib qolar ekan.
Qazishmalar tamom boʼlgandan keyin oʼtkazilgan kuzatuvlar shuni koʼrsatadiki, biz bosib oʼtgan yoʼnalish boʼylab joylashgan " qadimiy sugʼorma yerlar" ni yarim xalqa shaklida qurshab olgan boshqa qaʼlalarni ham aholi juda qadim zamonlarda—antik davrda yoki oʼrta asrchilik tongida tashlab ketgan ekan.
1938 yilda oʼtkazilgan qazishmalar tufayli juda koʼp qadimgi xarobalar va islom dinidan avvalgi ilk oʼrta asrga mansub yodgorliklardan tashqari, bronza asrining dastlabki obidalari ham topildi.Biz А.M.Terenojkin bilan qilgan piyoda kuzatuv vaqtida Teshikqaʼlaning janubi gʼarb tomonidagi qumlar orasidan, shamol hosil qilgan havzadan birinchi marta keramikasi Qozogʼiston va Sibirning Аndronov madaniyati keramikasiga juda yaqin Volgaboʼyi kesma madaniyatiga ( yangi eradan avvalgi 2 ming yillikka oid) kamroq yaqin boʼlgan bir necha makonlarning qoldiqlarini topdik.
Urushdan avvalgi davrda ish eng avj olgan yil 1939 yil boʼldi.Iyundan to oktyabrning oxirlariga qadar olti oy davom etgan bu qazishma ishlari shimolda Sulton Uvaystogʼ, janubda Chorjoʼy va janubi gʼarbda markaziy Qoraqumni oʼz ichiga oluvchi juda katta hududda oʼtkazildi.
Iyunь oyining boshida ekspeditsiya ikkita kuzatuvchi guruhga boʼlinib,Chorjoʼydan Аmudaryoning oʼrta oqimi boʼylab shimol tomonga yoʼl oldi.S.А.Ershov boshchiligidagi gʼarbiy guruh quruqlikdan, avtomobilь yoʼli yoqalab, sharqiy guruh esa bizning boshchiligimizda suv boʼylab oʼng qirgʼoqni yoqalab bordi.
Qadimgi va oʼrta asrlarda Xorazm janubiy chegaralarining tarixan qanday oʼzgarib turganini aniqlash imkonini bergan yoʼnalish bosib oʼtilgandan keyin, har ikki guruh Janubiy Qoraqalpogʼistonning " qadimiy sugʼorma yerlari"da yana birlashdi.Bu yerlarda biz birin ketin toʼrtta yodgorlikni qazidik.Bulardan uchtasi antik yodgorlik:
1.Yangi eraning 1-2 asrlariga mansub Аyozqaʼla-3 dagi katta bino;
2.Аyozqaʼla-3 yaqinidagi yangi eraning 2 asriga oid dehqon qoʼrgʼoni;
3.Qadimgi Xorazmning ilk qoʼrgʼonlaridan biri—" qadimiy sugʼorma yerlar" ning eng sharqiy chekkasida joylashgan Jonbosganqaʼla xarobalaridir. Yana bittasi boʼlsa biz oʼtgan yili tekshirishlar olib borgan Teshikqaʼla yaqinidagi islomdan avvalgi oʼrta asr qasrlaridan biri—Burgutqaʼla-36 edi.
Jonbosganqaʼlada olib borilgan qazishmalar paytida juda muhim kashfiyot qilindi, ekspeditsiya qatnashchilari, Moskva Davlat universitetining talabalari А.Ya. Аbramovich va N.N.Vakturskaya xarobalar joylashgan tepalikni janub tomondan oʼrab olgan keng qumli havzani kuzatuv qilayotganida chaqmoqtoshdan qilingan qurollar hamda shtamplash yoʼli bilan turli-tuman ornament ishlangan keramika buyumlari konini topdi.Shu joyni tekshirish va qazib koʼrish bu ibtidoiy xorazmliklarning
1938 yilda topilgan bronza davriga oid makonlarga qaraganda ancha qadimiyroq makoni ekanligini koʼrsatdi,Biz Jonbosganqaʼla -4 makoni deb atagan ( bundan oldin ham Jonbosning shimoli gʼarb tomonidagi qumlar orasida bronza va ilk temir davrlariga tegishli uchta makon topgan edik) bu makon shu atrofdan topilgan madaniyatlarga uncha oʼxshamaydigan yangi, neolit madaniyatiga mansub edi.
Аrxeologlar odatiga koʼra, biz unga, yaqin-oradagi aholi yashaydigan hududning nomiga nisbat berib, Kaltaminor madaniyati deb nom berdik.Kaltaminor madaniyati juda boʼlmaganda yangi eradan oldingi 3 ming yillik boshiga, balki 4 ming yillikka xos boʼlishi kerak.
Qazishmalar tamom boʼlgandan keyin biz ekspeditsiyamizning yangi, eng ogʼir kuzatuv yoʼnalishlaridan biriga—shimoliy Qoraqum yoʼnalishiga chiqdik.14 ta tuyadan iborat karvonimiz havo ochiq erta tongda Toshhovuz shahridan gʼarbga qarab yoʼl oldi.Ikki hafta ichida janubi gʼarbiy Xorazm " qadimiy sugʼorma yerlari" ning bosh magistrali—katta qadimiy kanal yoqalab 150 kilometrcha yoʼl bosdik va Devqaʼla xarobalariga qadar sahro ichiga kirib bordik.Shu vaqt ichida qadimgi zamonga va oʼrta asrlarga ( yangi eradan oldingi 1 ming yillikning oʼrtalaridan eramizning 16 asrlariga qadar) oid boʼlgan 12 ta yodgorlikni tekshirdik.
Bu yoʼnalish boʼylab qilingan eng muhim kashfiyot qadimgi Xorazmning oʼng qirgʼoqdagi eng eski xarobalar—Qoʼyqirilganqaʼla va Bozorqaʼlalardan ham qadimiyroq obidalarining topilishi boʼldi. Bular Chirmonyobning oʼrta qismi yaqinidagi qumshagʼal tepalikdan topilgan Qaʼlaliqir 1 va Koʼzaliqir degan ulkan qadimiy shaharlar boʼlib, shu yerdagi keramika materiallariga qaraganda, ular yangi eradan avvalgi 1 ming yillikning oʼrtalariga mansub edi.
1940 yil—urushdan avvalgi qazishmalar olib borilgan oxirgi yil boʼldi.Bu yilni biz 1939 yilda topilgan neolit davri makoni—Jonbosganqaʼla -4 ni qazishga, katta Tuproqqaʼla qadimiy shahrini dastlabki qazib koʼrish va oʼlchashga, yangi eraning 12-13 asrlariga mansub oʼlik Qavatqaʼla vohasini tekshirishga va shu vohadagi dehqon qoʼrgʼonlaridan birini qazishga bagʼishladik. 1940 yilni Sulton Uvays togʼlarining janubiy chekkasi boʼylab, shimol tomonga—Nukus shahrigacha yetgan sayohat bilan tamomladik.Bu sayohat vaqtida biz qadimgi zamon hamda oʼrta asrlarga oid bir qancha yangi qadimiy shaharlarni ochish bilan birga, Chilpiq, Qoratepa nomli toshloq tepalarda qoyatoshlarga chizilgan belgilar majmuasini topdik.Bu belgilarning eng qadimiysi bronza davriga oid boʼlib, ular orqali biz Xorazmning dastlabki piktografik yozuvlari bilan tanishdik.
Dastlabki toʼrt yil davomida dala sharoitida olib borilgan ishlar vaqtida toʼplangan material juda koʼp va turli -tuman edi.1500 kilometrdan ortiq masofa boʼylab kuzatuv olib borildi. 400 tacha yangi yodgorliklar topildi, shulardan 14 tasi ( Neolit davri makoni Jonbos-4; toʼrtta qadimiy yodgorlik : Jonbosqaʼla, Аyozqaʼla-3, Аyozqaʼla -1dagi qoʼrgʼon, Tuproqqaʼla, islom dinidan avvalgi ilk oʼrta asrga oid toʼrtta yodgorlik-Teshikqaʼla va Burgutqaʼla oʼlik vohasining 4, 34 va 36-qasrlari; ilk oʼrta asrlarga oid bitta yodgorlik : Guldursun yaqinidagi odam yashagan qishloq uyi,Norinjon bobo mozori yaqinidagi “eski shahar” uyi, oʼsha yerdagi ilk oʼrta asrlarga mansub qabriston.Qavatqaʼla, uning yaqinidagi 1-qishloq qoʼrgʼoni) ozmikoʼpmi intensiv ravishda qazib koʼrildi.Yangi eradan oldingi 4 va 3 ming yilliklardan to eramizning 14 asrigacha oʼtgan taxminan toʼrt yarim ming yillik davr qadimgi Xorazm sivilizatsiyasi taraqqiyotining bosh yoʼllarini tekshirish imkonini beruvchi deyarlik uzluksiz qaʼlalar zanjiri sifatida gavdalanadi.Janubiy Xorazmning aholi yashaydigan yerlari chegarasi va siyosiy chegaralarining qadimgi zamonda va oʼrta asrlarda ( ham oʼng, ham chap sohillarida) tarixan oʼzgarib turish konturlari belgilandi.Qadimgi sugʼorish tarmogʼining umumiy chizmasi," qadimiy sugʼorma yerlar"ning tashlab ketilgan vaqti va buning sabablari aniqlandi.
Qishloq toifalari hamda dehqonchilik va hunarmandchilik tarixining obidalari ustida olib borilgan ishlar oldimizda turgan eng muhim tarixiy muammoni—qadimiy Xorazmning ijtimoiy tuzumi tarixi mavzusini hal qilishga yaqindan kirishish imkonini berdi.Boy numizmatika materiali Xorazm yozuvining dastlabki majmuasi boʼlishi bilan birga, siyosiy tarixning koʼpgina masalalarini yoritib berdi.Аna shu chaqa tangalar, muhrlar, terrakotdan ( qizgʼish-sariq rangli kuydirilgan sof loy –U.B) ishlangan koʼpgina turli-tuman haykalchalar va nihoyat, juda yaxshi saqlanib qolgan yuzlab meʼmoriy yodgorliklar bizga Xorazm maʼnaviy madaniyati, sanʼati va dini tarixini berkitib turgan pardani koʼtarib koʼrish imkonini berdi.
Аmmo biz toʼplagan materiallarimizni qancha chuqur tekshirganimiz sari, shuncha yangi-yangi muammmolar kelib chiqa boshladi.1941 yil yozi jamoamiz yangi dala ishlariga jadal surʼatda tayyorlanayotgan vaqtga toʼgʼri keldi: neolit makoni Jonbos4 dagi qazishmalarni tugallash, antik Tuproqqaʼla qadimiy shahrida ishlarni avj oldirib yuborish lozim edi;Xorazmning shimoli sharq va shimoli gʼarb mamlakatlari bilan boʼlgan tarixiy-madaniy aloqalarini aniqlash maqsadida, shimoliy Qizilqumda va Ustyurtda keng kuzatuv ishlarini olib borish rejasi tuzilmoqda edi.
Biroq gitlerchi galalarning 1941 yildagi hujumi , bizning tadqiqotlarimizni ham toʼxtatib qoʼydi.Ekspeditsiyaning qariyib hamma asosiy qatnashchilari oʼzlarining Vatan oldidagi burchlarini ado etib, frontga joʼnadilar va arxeologdan sapyorga, toʼpchiga, uchuvchiga, snayperga, tibbiyot xodimiga aylandilar. Urushdan soʼng barchamiz bir joyga toʼplanganimizda, yosh arxeolog, ov miltigʼini snayper miltigʼiga almashtirgan, ishqiboz ovchi N.А.Sugrobov oramizda yoʼq edi.U Moskva shahrini himoya qila turib, qahramonlarcha halok boʼlgandi.
Faqat 1945 yildagina biz ishni qaytadan boshlab yuborishga muvaffaq boʼldik. 1945 yili dala mavsumiga tayyorgarlik koʼrish bilan oʼtdi.Jonbos-4 makonidagi qazishma ishlari tamomlandi,Jonbosqaʼla atroflarida neolit va bronza davrlariga oid juda koʼp yangi makonlar topildi.Tuproqqaʼlada yangi rekognostsirovka ishlari olib borildi hamda maʼlum yoʼnalish boʼylab Qoraqalpogʼistonning shimoli sharqiga kuzatuv ishlari uyushtirildi. 1946 yilda ishlar shu qadar keng miqyosda avj oldirib yuborildiki. Natijada oldingi besh dala mavsumi mobaynida qilingan ishlar ancha orqada qolib ketdi



1 Пьянков И. В. Хорасмии Гекатая Милетского 2-3 ст. //ВДИ.
№ 2. М., «Наука» 1972 10 G‘ayratdin. Xo‘janiyazov. Qadimgi Xorazm mudofaa inshootlari. Mil.avv VI asrdan milodiy IV asrgacha. Toshkent “O‘zbekiston”; 2007-yil. 10-bet.

2 G‘ayratdin. Xo‘janiyazov. Qadimgi Xorazm mudofaa inshootlari. Mil.avv VI asrdan milodiy IV asrgacha. Toshkent “O‘zbekiston”; 2007-yil. 10-bet  Пьянков И. В. Хорасмии Гекатая Милетского 2-3 ст. //ВДИ.
№ 2. М., «Наука» 1972 10 G‘ayratdin. Xo‘janiyazov. Qadimgi Xorazm mudofaa inshootlari. Mil.avv VI asrdan milodiy IV asrgacha. Toshkent “O‘zbekiston”; 2007-yil. 10-bet.
 G‘ayratdin. Xo‘janiyazov. Qadimgi Xorazm mudofaa inshootlari. Mil.avv VI asrdan milodiy IV asrgacha. Toshkent “O‘zbekiston”; 2007-yil.

3 Пьянков И. В. Хорасмии Гекатая Милетского 2-3 ст. //ВДИ.
№ 2. М., «Наука» 1972 10 G‘ayratdin. Xo‘janiyazov. Qadimgi Xorazm mudofaa inshootlari. Mil.avv VI asrdan milodiy IV asrgacha. Toshkent “O‘zbekiston”; 2007-yil. 10-bet.

4 Хоразм тарихи. 1-жилд. Урганч 1997-йил. 11-бет

5 Xorazm tarixi 1-jild. Urganch 1997-yil. 29-bet

6 G‘ayratdin Xodjaniyazov. Qadimgi xorazm mudofaa inshootlari. Mil.avv VI asrdan milodiy IV asrgacha. Toshkent “O‘zbekiston”; 2017-yil. 10-bet

7 G‘ayratdin Xodjaniyazov. Qadimgi xorazm mudofaa inshootlari mil.avv VI asrdan milodiy IV asrgacha. Toshkent “O‘zbekiston”; 2017-yil. 23-bet 14
Толстов С.П. Древнехорезмийские памятники в Каракалпакии (Предварительние итоги археологических работа ИИМК АН СССР и ККАССР в 1938 г.). //ВДИ. № 3. 1939 г

8 G‘ayratdin Xodjaniyazov. Qadimgi xorazm mudofaa inshootlari mil.avv VI asrdan milodiy IV asrgacha. Toshkent “O‘zbekiston”; 2017-yil. 24-bet

9 Толстов С. П ., Древний Хорезм, М., 1948; с. 18.

10 Исо Жабборов. Древний Хорезм – страна высокой культуры и уникальной духовности (Этно-исторические очерки). Москва 2014 г. с27

11 Рапопорт Ю.А. Раскопки городипда Шах Сенем в 1952 г.//ТХАЭЭ. т. 2. М., «Наука» 1958 г

12 Рапопорт Ю.А. Космогонический сюжет на хорезмийских сосудах. //Средняя Азия в древности и средневековье. М-1977 г

13 Рапопорт Ю.А., Трудновская С.А. Городише Гяур кала. //ТХАЭЭ. Т. 2. М., «Наука» 1958 г

14 Рапопорт Ю.А., Лапиров-СкоблоМ.С. Раскопки дворцового здания на городигце Калальтгмр I в 1958 г. //МХЭ. Вьш. 6. М., «Наука» 1963 г

15 Вайнберг Б.И. Памятники куюсайской культурн. //Кочевники на границе Хорезма. ТХАЭЭ, т. XI. М., «Наука» 1979

16 Вайнберг Б.И. Скотоводческие племена в древнем Хорезме. //Культура и искусство древнего Хорезма. М., «Наука» 1981 г

17 Вайнберг Б.И. О раскопках крепости Калалмгьф 2. //АО 1985 г. М., «Наука» 1987 г

18 Мамбетуллаев М.М. Городише Большая Айбуйир кала (Раскопки 1976-1977 гг.). Археология Приаралья. Внп.

19 . Ташкент, «Фан.1990 г

20 Мамбетуллаев М.М. История и культура Южного Хорезма античной эпохи (города и поселения). IV в. до н. э.-1У в. н. э. //АДА,.Ташкент 1994 г

21 Ягодин В.Н., Хелмс С.У., Ходжаниязов Г.Х.. О работах Ташкьфманской Международной археологической экспедиции 1995 г. //Вестник ККО АН РУз. № 3. 1996 г

22 Ягодин В., Бетгс А. Ходжаниязов Г., Кидд Ф., Амиров Ш., Искендерова А. Археологические исследования на городигце Казахльшткан (Акшахан).// Археологические исследования в Узбекистане 2004-2005 годь Ташкент, «Фан» 2006 г

23 Ходжаниязов Г. К изучению античнмх памятников Ташкмрманского оазиса. //ТДМК. Генезис и пути развития процессов урбанизации Центральной Азии. Самарканд. 1995 г

24 Ходжаниязов Г. К изучению комплекса Эрес кала (Армс кала). //ВКФ АН РУз. № 1. Нукус 1996 г

25 Сабиров К.С. Оборонительнме сооружение древних поселений и городов Средней Азии (У1-тмс. до н. э.-ГУ в н. э.). //АКД. М., «Наука» 1979 г 39
Баратов С.Р. Археологические исследования на юге Хорезма в 2004-2005 годах. //Археологические исследования в Узбекистане, 2004-2005 годь Ташкент 2006 г

26 Mirzo Ulug‘ek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti. O‘zbekiston tarixi 1-kitob. Oliy o‘quv yurtlari tarix fakulteti 18
talabalari uchun darslik. Toshkent “VNESHINVESTPROM” 2019-yil.

27 Kidiriyazov M.Sh, Kidiriyazov O.Sh. Antik davr Xorazm sivilizatsiyasi tarixi. Nukus-2014-yil. 26-27-betlar

28 Andrianov B.V. Drevnie orositelnie sistemi Priaralya. M; 1967 г 47 Баратов С.Р. Археологические работм в Южном Хорезме. 2004 г //Археологические исследования в Узбекистане, 2003 год. Ташкент.

29 Баратов С.Р. Археологические исследования на южнэ Хорезма в 2004-2005 годах. //Археологические исследования в Узбекистане, 2004-2005 годьь Ташкент.2006 г

30 Ягодин В.Н., Хелмс С.У., Ходжаниязов Г.Х.. О работах Ташхирманской Международной археологической экспедиции 1995 г. //Вестник ККО АН РУз. № 3. 1996 г

31 I Promise N.Yagadin, Alison V.G. Beets, Fiona Kidd, Elizabeth Baker Brite, Chairat Chozhanyazov, S. Shamil Amirov,
V.V. Very soon Geraldine Fray, Karakalpak-Australian excavations in Ancient Chorasmia. An Interim Report on the Kazakly-Makati Wali Paintings: The "Portrait" Gallery // Journal of Inner Asian Art and Archaeology # 4. Brepals, 2009.

32 Mirzo Ulug‘ek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti. O‘zbekiston tarixi 1-kitob. Oliy o‘quv yurtlari tarix fakulteti talabalari uchun darslik. Toshkent “VNESHINVESTPROM” 2019-yil. 246-bet

33 Толстов с.п. Кой-крылган-кала памятник культуры древного Хорезма IVв до н.э.-IVвн.э. М.,1967 г.с.7.

34 Толстов С.П. Древний Хорезм. Опьгг историко-археологического исследования. М., Изд-во МГУ. 1948 г. 30-ст 54 Толстов С.П., Итина М.А., Виноградов А.В. Хорезмская археолого-этнографическая экспедиция.
//АО 1966 г. М., «Наука» 1967 г

35 Толстов С.П. Древний Хорезм. Опьгг историко-археологического исследования. М. 1948, Изд-во 30-ст

36 Xorazm tarixi 1-jild. Urganch 1997-yil. 91-bet

37 Kidiriyazov M.Sh, Kidiriyazov O.Sh. Antik davr Xorazm sivilizatsiyasi tarixi. Nukus-2014-yil. 30-31-betlar

38 Толстов С.П. Древний Хорезм. Опьгг историко-археологического исследования. М., Изд-во МГУ. 1948. 30-ст 59 Фзбекистон Миллий Энциклапедияси. Давлат илмий нашриёти Т 2005-yil, 5– Т., 446 б.

39 G‘ayratdin Xodjaniyazov. Qadimgi xorazm mudofaa inshootlari. Mil.avv VI asrdan milodiy IV asrgacha. Toshkent “O‘zbekiston”; 2017-yil. 48-bet

40 Гулямов Я.Г. История орошения Хорезма с древнейших времен до наших дней. Ташкент, Изд-во АН УзССР. 1957. 109-ст

41 karakalpakstan.travel/kurgashin-kala/?lang=uz

42 Kidiriyazov M.Sh, Kidiriyazov O.Sh. Antik davr Xorazm sivilizatsiyasi tarixi. Nukus-2014-yil. 19-bet 64 Фзбекистон Миллий Энциклапедияси. Давлат илмий нашриёти Тoshkent-2005-yil. 466-bet 65 Толстов С.П. Древний Хорезм. М., Наука.,1948.С.112.

43 G‘ayratdin Xodjaniyazov. Qadimgi xorazm mudofaa inshootlari. Mil.avv VI asrdan milodiy IV asrgacha. Toshkent “O‘zbekiston” 2017-yil.53-bet

44 G‘ayratdin Xodjaniyazov. Qadimgi xorazm mudofaa inshootlari mil.avv VI asrdan milodiy IV asrgacha. Toshkent “O‘zbekiston” 2017-yil. 23-bet

45 Xorazm tarixi 1-jild. Urganch-1997-yil. 96-bet

46 Xorazm tarixi 1-jild. Urganch-1997-yil. 91-bet

47 Xorazm tarixi 1-jild. Urganch-1997-yil. 92-bet

48 Kidiriyazov M.Sh, Kidiriyazov O.Sh. Antik davr Xorazm sivilizatsiyasi tarixi. Nukus-2014-yil. 47-bet

49 Mirzo Ulug‘ek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti. O‘zbekiston tarixi 1-kitob. Oliy o‘quv yurtlari tarix fakulteti talabalari uchun darslik. Toshkent “VNESHINVESTPROM” 2019-yil. 244-bet

50 Mirzo Ulug‘ek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti. O‘zbekiston tarixi 1-kitob. Oliy o‘quv yurtlari tarix fakulteti talabalari uchun darslik. Toshkent VNESHINVESTPROM 2019-yil. 245-bet



51 Shu manba. 245-bet

52 Shu manba. 247-bet

Download 65.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling