Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013
Download 6.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.
I bo'lim. OLIGOFRENOPSIXOLOGIYA
I bob. OLIGOFRENOPSIXOLOGIYA FANINING UM UM IY MASALALARI 1.1. Aqli zaif bolalar psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari va uslublari «Psixologiya, — degan edi L.S. Vigotskiy1, — birinchidan, konk- ret, amaliy bo‘lib — ta’lim va tarbiya, bolaning rivojlanishi, mehnat faoliyati haqidagi fan bo‘lmog‘i lozim. Faqat shu vazifagina psixo- logiyani tirik va kerakli fanga aylantirishi mumkin». Psixologiya umuman ruhiyatning, xususan inson ruhiyatining namoyon bo'lishi, rivojlanishini o‘rganuvchi sohadir. Psixologiya ongli subyekt — in sonning ichki dunyosini o‘rganadi. Psixologiya atamasi «psixe» — qalb, «logos» — o‘qish, so‘z ma’nosini bildiradi. Ammo bu qisqa jum la inson ruhiyati haqida yetarli ma’lumot bermaydi. Psixologiya fanining mavzu bahsini ruhiyatni to‘laroq tasavvur qilish uchun ruhiy jarayonlarning ke- chish mohiyatini, ichki kechinmalarning (sezgilar, fikrlar, hissiyot- lar) namoyon bo‘lish qonuniyatlarini tushunish lozim. Shu o‘rinda kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti davomida psixologiya so hasida erishilgan yutuqlarni eslab o'tish joizdir. Sharq mutafakkiri Abu Ali ibn Sino birinchi bo‘lib, psixik funk- siyalar miyadagi ma’lum markazlar faoliyatiga bog‘liq degan fikrni ilgari surdi va uni ilmiy isbotlashga urindi. Uning fikricha, jonivor- lar va insonlar o‘simliklar dunyosidan farqli o‘laroq, tashqi ta ’sir kuchlarini hissiy idrok etish qobiliyatiga ega. Bu qobiliyat uch xil kuch orqali namoyon bo'ladi: tanani harakatga keltiruvchi, harakat- lantiruvchi kuch, umumiy kuch (u ko'rish, eshitish, his etish, ta’m va hid bilish faoliyati bilan bog'liq) va aql kuchi (unga xayolot, xotira va aql-idrok kiradi). Mana shu kuchlarning har biri miya ning ma’lum qismi bilan bog'liq hamda bosh miya biron qismining kasallanishi u bilan bog'liq, kuch faoliyatining ishdan chiqishiga sabab bo'ladi. Download 6.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling