Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013
Л.С. Выгодский — Собр. Соч. : Б 6 т. — М., 1982—1985. — Т. 5
Download 6.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.
1 Л.С. Выгодский — Собр. Соч. : Б 6 т. — М., 1982—1985. — Т. 5.
Ibn Sino insonning tafakkur qobiliyatiga yuqori baho beradi. Inson aql-idrok orqali narsa va hodisalarni qiyoslash va abstraksi- yalash yo‘li bilan bir-biridan ajratadi. «Tafakkur kuchi, — deb yo- zadi u, — ezgulik va adovat, haqiqat va yolg‘onni farqlaydi hamda ularning foyda yoki zararini his etib tekshiradi» («Tib qonunlari», 1-kitob). Ibn Sino «Tib qommlari»ning uchinchi kitobida tafak- kurga yetadigan zararlar va buning natijasida kelib chiqadigan ka- salliklar haqida ham keng m a’lumot beradi. U asablarning asosiy vazifasi miya bilan turli xil sezgi va harakat organlari o‘rtasida alo- qani amalga oshirishdan iborat ekanini yaxshi tushungan. U sezgi organlari bilan asablar vositasida tashqi muhitning moddiy realligi idrok qilinishini, asablarning biologik va fiziologik funksiyalarini ajratib ko‘rsatib beradi. Asablarning foydasi ikki tomonlamadir. Birinchisi bevosita foyda: masalan, miya asablar vositasida hislar va harakatlarni boshqa organlarga yetkazadi; ikkinchisi, bilvosita foyda: masalan, etni mahkamlash va tanaga kuch baxsh etish. Abu Nasr Forobiyning ta’kidlashicha, bilish nazariyasi, ya’ni insonning bilishini, ruhiy qobiliyatini miya boshqaradi, yurak esa barcha a’zolarni hayot uchun zarur bo‘lgan qon bilan ta’minlovchi markazdir. Inson barcha bilimlarni tashqaridan oladi. Buning uchun ko'plab vosita va imkoniyatlarga ega: bular sezgi, xotira, tasavvur, mantiqiy fikrlash, aql va nutq — shu vositalar yordamida inson ilmlarni o‘zlashtiradi. Biz so‘z yuritmoqchi bo‘lgan soha — aqli zaif bolalar psixologi- yasi, maxsus psixologiyaning bir tarmog'i bo'lib, aqliy jihatdan turli darajada me’yordan chetlangan bola va o‘quvchilarning ruhiy qo- nuniyatlarini o'rganadi. Maxsus psixologiya nuqsonli bolalarning ruhiy qonuniyatlarini o'rganuvchi fan bo‘lib, quyidagi qismlardan iborat: 1. Aqli zaif bolalar psixologiyasi (oligofrenopsixologiya). 2. Qulog'i kar va zaif eshituvchi bolalar psixologiyasi. 3. Ko'zi ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalar psixologiyasi. 4. Turli darajada nutqlari buzilgan bolalar psixologiyasi. 5. Murakkab nuqsonli bolalar psixologiyasi. 6. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar psixologiyasi. 7. Tayanch-harakat tizimi buzilgan bolalar psixologiyasi. 6 Nuqsonli bolalar ichida aqli zaif bolalar ruhiyati nisbatan mu- kammal o'rganilgan tarmoqdir. Ammo bu tarm oq ham normal bola lar ruhiyatiga nisbatan birmuncha keng, atroflicha o'rganilmagan. Aqli zaif bolalar psixologiyasi fanining maqsad va vazifalari shu toifa bolalarning ruhiy xususiyatlari haqidagi bilimlar bilan defek- tologlarni, oligofrenopedagoglarni qurollantirishdan iborat. Aqli zaif bolalar ta’lim-tarbiyasi korreksiyasini to'g'ri tashkil qilish uchun bu bolalarning xususiyatlari haqidagi bilimlar juda zarur. Aqli zaif bolalar psixologiyasi m a’lumotlari defektologlarda, oligofrenope- dagoglarda obyektiv dunyoqarashning shakllanishida juda katta ahamiyatga ega. Ruhiy jarayonlarni ilmiy jihatdan to'g'ri tushunib yetish shaxsning barkamol shakllanishida alohida ahamiyatga ega. Download 6.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling