O‘simliklarda moddalar tashiluvi режа


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana17.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1529326
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
10- mavzu Ma\'ruza



10-MAVZU. O‘SIMLIKLARDA MODDALAR TASHILUVI 

РЕЖА:
1. O‘simliklarda moddalar transportining asosiy yo‘nalishlari. 
2. Ionlarning membranalar orqali transport mexanizmi. 
3. Ildizlarda ionlarning yaqin masofaga va uzoqqa tashiluvi. 
4. Ksilemalardagi tashiluv. 
5. Floemalardagi tashiluv. 
6. Floema elementlari anatomik tuzilishining xususiyatlari. 
7. Floema transportining boshqarilishi va uning mexanizmi. 
 
Tayanch iboralar: moddalar transporti, floema, ksilema, oqimlar, 
yo‘nalishlar, yaqin masofali, uzoq masofali, simplast, apoplast, vakuolalar
plazmodesma, sitoplazma, FGA, FGK, FDA, glyukoza, saxaroza, xloroplast
membrana, asosiy osqichlar, meristematik to‘qimalar, poya, ildiz, generativ 
organlar, zaxira. 
O‘simliklarda moddalar transportining asosiy yo‘nalishlari 
O‘simliklar tanasida sodir bo‘layotgan hayotiy jarayonlarning eng muhim 
ko‘rsatgichlaridan biri moddalarning harakatidir (transporti). Ayrim organlarda 
hosil bo‘lgan yoki shimib olingan birikmalarning boshqa organlarga siljishi, o‘tishi 
va taqsimlanishi natijasida barcha fiziologik jarayonlarning o‘zaro birligi 
ta’minlanadi. Bunday transport o‘z navbatida o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi 
va hosildorlik darajasini xarakterlaydi. 
O‘simliklarda moddalar transporti asosan ikki yo‘nalishda sodir bo‘ladi. 
Pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga yo‘naladilan oqimlar mavjud. O‘simliklar 
ildizi orqali qabul qilgan suv va unda erigan mineral moddalarning pastdan 
yuqoriga qarab harakati tanadagi ksilema naylari bo‘ylab sodir bo‘ladi. Barglarda 
fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalar floema naylari bo‘ylab pastga 
yo‘naladi.
A.L.Kursanovning 
(1976) 
ko‘rsatishicha 
organik 
moddalarning 
harakatlanishi bir necha bosqichlardan tashkil topgan. Dastlabki bosqichda 
xloroplastlarda fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalar – sodda 
birikmalar fosfoglitserin kislotasi (FGK), fosfoglitserin aldegidi (FGA), 
fosfodioksiatsetoni (FDA) yoki suvda eriydigan shakarlar xloroplast membranasi 
orqali sitoplazmaga o‘tadi. Sodda organik birikmalarning xloroplastlardan 
sitoplazmaga o‘tishi hujayra ichidagi yo‘l bo‘lib, yaqin masofali harakatdir (87-
rasm). 
Ikkinchi bosqichda – sitoplazmaga o‘tgan sodda uglevodlardan fruktoza-
difosfat va fruktozafosfat-glyukoza-fosfat hosil bo‘ladi. Bu moddalarning bir qismi 
hujayra metabolizmi (nafas olish va boshqa jarayonlar) uchun sarflanadi. Qolgan 
aososiy qismi suvda yaxshi eriydigan glyukozagacha o‘zgaradi va yonma-yon 
joylashgan hujayralarga simplast, apoplast oqimlar orqali o‘tadi. Bu oqimlar oraliq 
hujayralargacha yetib boradi. Oraliq hujayralar mezofil hujayralari bilan elaksimon 
hujayralar o‘rtasida joylashgan. 


Uchinchi bosqich – oraliq hujayralar organik moddalarni qabul qilib, ularni 
floema naylariga o‘tkazadi. Bu jarayonda oraliq hujayralar nasos funksiyasini 
bajaradi va ATF molekulasining energisi sarflanadi. 
Yakuniy bosqichda (to‘rtinchi bosqich) – floema elementlariga o‘tgan 
organik moddalar uzoq masofali transport vositasida, o‘simlikning hamma tirik 
to‘qimalari va organlariga yo‘naladi. Elaksimon naylarning atrofida joylashgan, 
oraliq hujayralargacha glyukoza holatida yetib kelgan moddalar saxarozaga 
o‘zgaradi. Elaksimon naylarda organik moddalar asosan saxaroza holatida harakat 
qiladi. Assimilyator talab qilinadigan yoki zaxira sifatida to‘planadigan joylarga 
yetib kelgandan keyin elaksimon naylardan chiqib yana glyukoza ko‘rinishida, 
simplast yo‘li bilan, konkret joylarga yetkaziladi. 
O‘simlikning faol o‘suvchi to‘qima va organlari - barglar, ildiz va 
poyalarning meristematik to‘qimalari, yosh generativ organlar organik moddalarni 
faol ravishda o‘ziga tortadi. Bu organlar zaxiradagi va voyaga yetgan, o‘sishdan 
to‘xtagan barglardan ham assimilyatorlarni so‘rib oladi. Moddalarning 
harakatlanish tezligi harorat, suv rejimi, mineral oziqlanish, fotosintez, nafas olish 
va boshqalarga bog‘liq holda o‘zgaradi. Haroratning pasayishi, to‘qimalarda suv 
defitsitligining ro‘yobga kelishi,nafas olish jadalligining (kislorod yetmaslik, 
zaharli moddalar ta’sirida) pasayishi natijasida energiyaning kamayishi, fotosintez 
jadalligi past bo‘lishi natijasida organik moddalarning kam hosil bo‘lishi 
kabilarning ta’siridan organik moddalarning harakatlanishi ham sustlashadi. O‘z 
navbatida,o‘simlik funksiyalarining integratsiyasida va fiziologik jarayonlarning 
faolligini belgilashda moddalar transportining ham roli katta. 
69-rasm.Uglevodlarning 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling