O‘simliklarda moddalar tashiluvi режа


Ksilema shirasining bо‘shashi, ya’ni undan chiqishi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana17.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1529326
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
10- mavzu Ma\'ruza

Ksilema shirasining bо‘shashi, ya’ni undan chiqishi. О‘simlikning turiga 
va uning mineral oziqlanishi sharoitiga qarab, yuqoriga kо‘tariluvchi oqimning 
harakatlanishi jarayoni mobaynida ksilema shirasining tarkibidagi moddalar
xususan amidlar, aminokislotalar, organik kislotalar va boshqalarning miqdori son 
va sifat jihatidan о‘zgarib boradi. Masalan makkajо‘xori va loviya о‘simligi 
ildizlarining о‘suvchi qismlariga muhitdan о‘tgan natriy ionlari ksilema shirasidan 
ildizning boshqa yetuk qismlaridagi nisbatan katta hujayralarga о‘tishi natijasida 


ushbu ionning ildiz bо‘yinchasi ksilema shirasidagi miqdori ikki va undan ortiq 
marotaba kamayib ketishi mumkin. Shuningdek natriy ionlarining ksilema shirasi 
tarkibidan chiqishi poya tо‘qimalarida ham davom etadi. 
Ksilemaning boshqa bir ioni bо‘lgan nishonlangan 
42
K kationlari anchagina 
suv yutuvchi poya qobig‘i ksilema parinxemalari tо‘qimalari hujayralarida ham 
kо‘plab uchraydi. Shuningdek baqlajon о‘simtalari barglari ksilema shirasi 
tarkibida ham kaliy, kalsiy, fosfor va nitrat ionlarining miqdori poya shirasidagiga 
nisbatan kо‘pligi aniqlangan. Barg hujayralari ksilema shirasi tarkibida 
о‘simlikning boshqa qismidagiga nisbatan ionlar miqdorining kо‘p bо‘lishligini 
ksilema tо‘qimalarining oxiri bо‘lgan barg tishchalari-gidatodlaridan ajraluvchi 
shira miqdorini aniqlash orqali ham bilish mumkin. Chunki ushbu ksilema shirasi 
tashiluv orqali ildiz hujayralariga surilgandan boshlab, barglardan chiqqanigacha 
bо‘lgan yо‘lni bosib о‘tgan hamda barglarga kiruvchi shiraga nisbatan ham 
kambag‘alroqdir.
Ksilema shirasining bushashi ya’ni ksilema tо‘qimalaridan suv va ionlarning 
chiqishi ksilema tо‘qimalari tomirlarining gidrostatik bosimi, transpiratsiyalovchi 
kuchi va atrof muhit hujayralarining ta’siri bilan izohlanadi. Ksilema tomirlaridan, 
suv va unda erigan moddalar, hujayra devoriga (apoplast) hamda obklad 
hujayralari yoki barg mezofill hujayralari sitoplazmasiga ham о‘tadi. Mineral 
elementlarning apoplastdan barg hujayralariga о‘tishi N
+
-pompasining faol ishlashi 
tufayli rо‘y beradi. 
Ksilema shirasi bilan birga bargga keluvchi anorganik ionlar, azot va 
fosforning har xil birikmalari bargning о‘sishi hamda hujayra hajmining о‘zgarishi 
davrida ular osmotik potensialining ushlab turishi uchun zarurdir. Ksilema 
komponentlari uchun о‘sayotgan barglar eng kuchli aktseptorlar hisoblanadi. 
Ammo, 
ksilema 
tо‘qimalari 
bо‘ylab 
barglarga 
kelayotgan 
va 
transpiratsiyalanayotgan suvning miqdori hujayralar hajmidan 5-10 marotaba 
kattadir. 
Binobarin barg hujayralariga ksilema shirasi bilan birga ionlar ham tashilishi 
tufayli, xlorenxima hujayralarining tuzlar bilan tо‘yinishi ham rо‘y berishi 
mumkin. Barg tо‘qimalarida ortiqcha ionlardan qutulish yо‘llari uch xil bо‘lishi 
mumkin: 
a) hujayra devorlarida, vakuolalarda, mitoxondriyalarda tuzlaming qiyin 
eruvchi chо‘kmalarining paydo bо‘lishi: 
b) barglardan floema tо‘qimalari orqali tuzlaming chiqishi: 
v) shо‘rlangan tuproqlarda о‘sayotgan о‘simliklarda maxsus hosilalar masalan 
tuz bezchalari va tukchalarida tuzlaming yig‘ilishi va ular tufayli ajralishi. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling