Noorganik ionlar haqida Mikro va makro elementlar


Download 174.04 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi174.04 Kb.
#1495351
  1   2   3
Bog'liq
Ikromov Sherozbek. Molekulyar bio.


Andijon Davlat Universiteti
Tabiiy fanlar fakulteti
Biologiya yo’nalishi 1-bosqich
talabasi Ikromov Sherozbekning
molekulyar biologiya fanidan
muataqil ishi
1
Noorganik ionlar haqida
2
Mikro va makro elementlar
3
Zn ioni va uning birikmalari
Reja
Kirish
Ionlar (yun. ion — borayotgan, harakatlanayotgan) zaryadlangan zarralar atom yoki atomlar guruhi (molekulalar, radikallar va b.) elektron zaryadlangan zarra qabul qilganda yoki yoʻqotganda hosil boʻladi. "Ion" tushunchasi va terminini 1834 yilda ingliz olimi M. Faradey birinchi boʻlib tatbiq etgan. U ishqorlar, kislotalar, tuzlarning suvdagi eritmalari elektr oʻtkazuvchanligi ion harakatiga bogʻliq deb hisobladi. Eritmalarning manfiy qutb (katod)ga harakatlanadigan musbat zaryadli ion kationlar, musbat qutb (anod)ga harakatlanadigan zaryadli ion anionlar deyiladi. ion zaryadining kattaligi elektron zaryadiga karrali nisbatdadir: mas, atom 1, 2, 3, ... elektron yoʻqotganda yoki kabul qilganda shunga mos ravishda 1, 2, 3 va hakoza zaryadli ion hosil boʻladi.
Noorganik ionlar haqida
Enter title
Atomdan elektron ajralib, kation hosil boʻlayotganda maʼlum miqdorda energiya sarflanadi va uni atomning ionlash potensiali deyiladi. Ionning xossalari ularning kattaligi va elektron qobigʻining tuzilishiga, za-ryadning ishorasi hamda miqdoriga bogʻliq. Ionlar organizmda moddalar almashinuvi jarayonida faol qatnashadi. Ionlar atmosferada boʻladigan oʻzgarishlarda muhim rol oʻynaydi.Ionitlar, ion almashtiruvchilar, ion almashtiruvchi sorbentlar — elektrolit eritmalarga taʼsir ettirilganda ion almashtira oladigan, tarkibida ionogen va (yoki) kompleks hosil qiladigan guruxlar tutgan polimer yoki anorganik moddalar. Koʻpchilik Ionlar — amorf yoki kristall holdagi, amalda erimaydigan qattiq moddalardir. Kimyoviy tabiatiga koʻra, ular organik, anorganik, mineralorganik, kelib chiqishiga koʻra, tabiiy va sunʼiy Ionlarga boʻlinadi.
Organik Ionlarga ion almashtiruvchi smolalar, kimyoviy faollashtirilgan koʻmir, torf, sellyuloza, anorganik ionlarga alyumosilikatlar (seolitlar, permutitlar) va koʻp valentli metallarning gidroksidlari, fosfatlari, sianidlari misol boʻla oladi. ionlar elektrolitlar (tuzlar, kislo-talar va ishqorlar) eritmasidan musbat yoki manfiy ionlarni (kationlarni yoki anionlarni) yutib, ularning o’rniga shanday zaryadli boshqa ionlarni ekvivalent miqdorda chiqara oladi. Almashinuvchi ionlar zaryadining ishorasiga karab, Ionlar kationitlar va anionitlarga bo’linadi. Kationitlarda faol kislota guruh (—SO3H, — SOON va b.) bor, ular vodorod ionlarini (yoki musbat zaryadlangan boshqa ionlarni) metall ionlarga almashtira oladi. Anionitlarda asos xossalari bor.
Aksariyati — tarkibida faol asos guruhi (—NH2, —NH—, Ns) boʻlgan yuqori molekulali polimer ular gidroksil ionlarini (yoki manfiy zaryadlangan boshqa ionlarni) erigan tuz yoki kislota anionlariga almashtira oladi. ionni bir necha marta ishlatish mumkin. Ular suvni yumshatish, tabiiy suvlardan nodir metallar (oltin, uran, ittriy va b.) ni ajratib olishsa, oziq-ovqat, kimyo sanoatida turli moddalarni ajratish va tozalashda qoʻllaniladi. Analitik kimyoda, oʻta sof moddalar ichida, biologik faol moddalar, oqsillar, viruslar, DNK va RNK kabi moddalarni ajratishda, shuningdek, tibbiyotda (qonni zaharli moddalardan tozalashda) ishlatiladi.
Ionlanish — muhit elektr neytral zarralarining zaryadlangan zarralarga aylanishi, neytral zaryadli atomlar va molekulalardan musbat va manfiy ionlar hamda erkin elektronlarning vujudga kelishi; 1) gaz va suyuqliklarning Ionlanish ion — qoʻzgʻalmagan holatdagi neytral atom (molekula)ning ikki va undan ortiq zaryadlangan zarralarga ajralish jarayoni. Ularning ion uchun maʼlum ion energiyasi sarflanadi.

Download 174.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling