Noorganik ionlar haqida Mikro va makro elementlar
Zn ioni va uning birikmalari
Download 174.04 Kb.
|
Ikromov Sherozbek. Molekulyar bio.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Zn ioni va uning birikmalari
RUH- organizmda karbonat angidirid hosil bo’lishida va oqsillarni o’zlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Ruh yetishmasligi oqibatida g’alladoshlar , sabzavotlar, va makkajo’xori kasalliklarga tez chalinadi. Poyasining uchlari tez oqarib, o’simlik zaiflashadi, natijada hosildorlik keskin kamamayib ketadi. Sitrus mevalarda jiddiy kasalliklarni ya’ni barglari oqarib o’simlikni qurib qolishiga sabab bo’ladi. Shaftoli, o’rik va yong’oq daraxtlari uchun ham ruhning ahamiyati katta. Ruh tabiatda galmey, aldama ruh va villemit minerallari holida uchraydi. Ruh oz miqdorda hayvon va o’simliklar organizmda ham bo’ladi. Ruh oz miqdorda hayvon va o’simliklar organizmda ham bo’ladi. O’zbekistonda ruh konlari ham bor. Ruh birikmalari ZnO – ruh oksidi nihoyatda barqaror birikma, u amfoter modda. Ruhning xlorid kislota, nitrat kislota, sulfat kislota, va sirka kislota bilan hosil qilgam tuzlari suvda yaxshi eriydi. Ruhning sulfidi ZnS suvda erimaydigan oq modda, oq bo’yoq sifatida ishlatiladi. Ruh sulfide bilan bariy sulfide aralashmasi oq bo’yoq belilla deb ataladigan bo’yoqdir. Ruhda hamma elektronlar juflashgan bo’ladi. Ruhning tabiatda 5 ta izotopi bor. Sun’iy yo’l bilan 10 ta radiaktiv izotop olingan. Ruh olishning 2 ta usuli mavjud. 1. Qaytarish usuli 2. Elektroliz usuli Bu usulda ruhning tabiiy birikmasi ZnO ga sulfat kislota ta’sir ettirib ZnSO4 olinadi. Keyin ruh sulfat elektroliz qilinib ruh olinadi. Ruh nam havoda oksidlanib, himoya parda bilan qoplanadi. Xulosa Xulosa qilb aytadigan bo’lsak, noorganik ionlar inson hayotida muhim ahamiyatga ega. Noorganik ionlarning funksiyasi juda ko’p tarmoqlidir. Noorganik ionlardan eng ahamiyatlisi bu ishqoriy va ishqoriy yer metallarining ionlari hisoblanadi. Misol uchun natriy ishqori ioni sanoat tarmoqlarida ishlatilish munosabatlari bilan natriy ishqori keying vaqtlarda juda ko’p miqdorda hosil qilinmoqda. U neft mahsulotlari, benzin va kerosinni begona moddalardan tozalashda, sun’iy ipak sanoatida, ko/nchilik sanoatida, soda ishlab chiqarishda va kimyo sanoatining boshqa tarmoqlarida ishlatiladi. Kaliy ishqori natriy ishqoriga nisbatan unga qaraganda qiyin hosil bo’lishi sababli kamroq foydalaniladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. To’raqulov Yo. X “Bioximiya” 2. w.w.w. Ziyo. Net 3. w.w.w. Ziyo.Uz. net 4. I.A. Tashev “Anorganik birikmalar” E’tiboringiz uchun rahmat Download 174.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling