O‘simliklarda moddalar tashiluvi режа
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
10- mavzu Ma\'ruza
∆G=RTinC
1 /C o Bu yerda ∆G-erkin energiya, J/mol; R-gaz konstantasi; T-absolyut harorat (t°+°C); C 1 -hujayra ichida erigan moddalarning konsentratsiyasi; C o -tashqi eritmaning konsentratsiyasi; in-natural logarifm belgisi. О‘simliklar ontogenezida, о‘suvchi va g‘amlovchi tо‘qimalar assimilyatlarning barglardagi oqimini yо‘naltirishda muhim о‘rin tutadi. Shuni aytib о‘tish lozimki, о‘simliklarda bir qancha iste’mol qiluvchi zonalar ham mavjud. Masalan, novdaning uchki meristemasi, ildiz uchlari, interkalyar о‘sishning qismlari, mevalar va g‘amlovchi parenximatik tо‘qimalar shular jumlasidandir. Yuqoridagi zonalar, о‘simliklar ontogenezida ma’lum bir ketma- ketlikda paydo bо‘ladi va ularda assimilyatlarga bо‘lgan talab ham har xildir. Yog‘ochli о‘simliklarda g‘amlovchi zona bо‘lib poya va ildizning kambial qatlami hisoblanadi. Daraxtlarning har yilgi qalinlashishi bunga misol bо‘ladi. Reproduktiv organlarni hosil bо‘lishi va rivojlanishida assimilyatlarga bо‘lgan talab kuchsiz bо‘ladi, ammo о‘simlik guli changlangandan keyin ya’ni zigota hosil bо‘lganidan sо‘ng assimilyatlarga bо‘lgan talab keskin kuchayadi. Gо‘zadagi ayrim mevalarda attragirlovchi kuchning yetarli bо‘lmasligi natijasida gullarning tо‘kilib ketishi yuz beradi. О‘simlik tо‘qimalarini sitokinin va auksinlar bilan boyishi natijasida nuklein-oqsilli almashinuvini tezlashtiradi. Buning natijasida esa tо‘qimalarning о‘sishi tezlashadi va assimilyatlarning oqib kelishi yanada jadallashadi. Shuningdek floema hujayralarining hamda meristema tо‘qimalarining qarish jarayoni sekinlashadi. Ushbu hol qishloq xо‘jalik amaliyotida ham keng qо‘llaniladi. Masalan, iyul-avgust oylarida g‘о‘za novdalarining uchki о‘suvchi qismlari uzib tashlanadi ya’ni chekanka qilinadi. Bu bilan yosh oziq uchun raqobatchi novdalar yо‘qotiladi va buning natijasida generativ organlarga assimilyatlarning oqib kelishi ortadi. Assimilyatlarning harakati yorug‘lik miqdoriga ham bog‘liqdir. Masalan, loviya о‘simligi kunduzgi tо‘la yorug‘likning 30% miqdoridagi yorug‘lik intensivligida о‘stirilganda, assimilyatlarning о‘simlikning uchki novdalariga oqib kelishi kuchayadi ammo ularning ildizlarga harakatining pasayishi rо‘y beradi. Agarda ushbu о‘simliklarga tabiiy tо‘la yorug‘lik miqdori (100%) yaratilsa 1-1,5 soatlardan keyin assimilyatlarnining uchki novdalar va ildizlarga oqimi muqobillashadi. Bu hol assimilyatlar oqimiga tashqi omillarning ta’siridan va ushbu jarayonning endogen boshqariluvidan dalolat beradi. О‘simliklarda assimilyatlarning yо‘nalgan harakatlanishida asosan uchta sistema ishtirok etadi: 1. О‘simlik barglaridagi itaruvchi; 2. Floema faoliyati bilan bog‘liq, о‘tkazuvchi; 3. Attragirlovchi-meristematik va g‘amlovchi tо‘qimalar. Assimilyatlarning yо‘nalgan harakatlanishi sistemasida uchinchisi, ya’ni floema bо‘ylab assimilyatlarni maqsadli tashilishi asosiy ahamiyatga ega. Moddalarning o‘simliklarda tashiluvi ulardagi maxsus to‘qimalar o‘tkazuvchi suv naychalari tutamlari orqali ro‘y beradi. O‘z navbatida barcha to‘qimalardagi suv va unda erigan moddalarning harakati ikki tipda, ya’ni hujayra devorlari orqali (apoplast bo‘yicha) hamda bir biri bilan plazmodesmalar orqali tutashgan hujayra sitoplazmalari orqali (simplast bo‘yicha) bo‘lishi mumkin. Suv va unda erigan moddalarning o‘tkazuvchi naychalar tutamlari orqali tashiluvi ham ikki tipda ya’ni ksilema to‘qimalari bo‘ylab (ildizlardan poya organlarigacha bo‘lgan «yuqoriga ko‘tariluvchi oqim») va floema to‘qimalari bo‘ylab tashiluv (barglarda BIOSintez bo‘lgan organik birikmalarning o‘simlikning geterotrof oziqlanuvchi boshqa organlariga yoki zahiralovchi qismiga tashiluvi «pastga harakatlanuvchi oqim») ko‘rinishida bo‘ladi. Shuningdek floema bo‘ylab zahira moddalar metabolitlari ham tashilishi mumkin. Ko‘p hujayrali suv o‘tlarida metabolitlarning harakati simplast orqali ro‘y beradi. Faqatgina qung‘ir suv o‘tlaridan bo‘lgan laminariyalarda ularning tallomlari to‘qimalarga ajralganligi sababli suv o‘tkazuvchi naychalar tutamlari poya’ning o‘rtasida shakllangandir. Suv va unda erigan moddalarning butun o‘simlik tanasi bo‘ylab harakati moxlarga ham xosdir. Ammo qolgan barchayer o‘stki yuksak o‘simliklarida trexeidlardan yoki ksilema naychalaridan tashkil topgan o‘tqazuvchi to‘qimalar hamda elaksimon to‘qimalar va yo‘ldosh hujayra floemalari mavjud. Shuningdek suv va unda erigan moddalarni o‘tkazishga moslashgan parenxima va boshqa maxsus hujayralar mavjud. O‘tkazuvchi nay tutamlari suv va unda erigan moddalarni bir necha ditsemetrdan bir necha o‘n metrgacha tashishi tufayli o‘simlikning barcha organlarini tutashtirib turadi. Yuksak o‘simliklarda o‘tkazuvchi to‘qimalar mavjudligi sababli moddalarning hujayra devorlari va sitoplazma bo‘ylab tashiluvi bir necha millimetr atrofida bo‘ladi xolos. Ildizlar va poyadagi moddalarning radial tashiluvi va barg mezofili bo‘ylab moddalarning harakati bunga yaqqol misoldir. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling