O‘simliklarda moddalar tashiluvi режа
Floemali tashiluvning boshqariluvi
Download 0,69 Mb. Pdf ko'rish
|
10- mavzu Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqlar
Floemali tashiluvning boshqariluvi. Assimilyatlarning mezofill hujayralari
sitoplazmasidan (donor) aktseptor-organlar hujayralariga tashiluvi, masalan ildizga tashiluvi о‘z mexanizmlariga ega bо‘lgan bir qancha tashiluv tizimlarini о‘z ichiga oladi. Masalan donor darajasida bu xloroplastlarda fotosintez jadalligini boshqarish, triozofosfatlarning sitoplazmaga kirishi va ularning saxaroza sintezi uchun ishlatilishidir. Fotosintez shuningdek assimilyatlarning membranalar orqali faol tashiluvi uchun energiya manbai bо‘lib ham xizmat qiladi. Floemali tashilish mexanizmida asosiy о‘rinni floemaning boshlang‘ich qismlarining bо‘shalishi tutadi. Ushbu floema hujayralarining bо‘shalishi asosida fitogormonlar, xususan auksin tufayli faollanuvchi N + -pompalarining ishi yotadi. Abstsizat kislotasi esa N + G‘K + almashinuvni tо‘xtatadi. Avval aytib о‘tganimizdek hujayralardagi ABK miqdori noqulay muhit omillari ta’sirida masalan suv yetishmasligida ortadi. Floemali tashiluvning boshqarilishida yana bir asosiy hol bu assimilyatlarning foydalanilishi zonasidagi floemaning bо‘shalishi jadalligidir. ABK gormonining atroflicha ta’siri bо‘shalish zonasidagi assimilyatlarning berilishini yengillashtiradi. Floemali tashiluvning boshqariluvi saxarozaning membrana tashuvchilari tufayli ham bо‘lishi mumkin. Masalan, xloroplastlardagi jadal fotosintez jarayonining borishi tufayli tо‘rsimon naylarda assimilyatlarning miqdori ortadi. Ushbu assimilyatlardan foydalanuvchi organlar tursimon naylarida esa turgor bosimi ortadi va bu ikki hol qandlar tashuvchilari ishini ingibirlaydi. Floema bо‘ylab assimilyatlar tashiluvining faollashishi о‘tqazuvchi tutamlar orqali elektrik impulsning о‘tishi tufayli ham bо‘lishi mumkin. Shuningdek , floemali tashiluv о‘simlik organizmining yetarli miqdorda kaliy bilan ta’minlanganligi, hamda haroratga ham bog‘liqdir. Chunki, assimilyatlar harakatlanishining mexanizmi fermentlar va ion nasoslari ishiga tubdan bog‘liqdir. Shuningdek, membranalar tashiluvida qatnashuvchi nasoslarlarning energiya bilan taminlanishi uchun kislorod ham zarurdir. О‘simlik bо‘ylab moddalarning uzoq masofaga tashiluvi о‘tqazuvchi tо‘qimalar bo ‘ylab amalga oshiriladi, Ksilema traxeidlari va naylar bо‘ylab suv va unda erigan moddalar ildizdan poya’ning yuqorigi uchiga tashiladi. Ksilema tashiluvida harakatlantiruvchi kuch bо‘lib ildiz bosimi va transpiratsiya xizmat qiladi. Barglardan va zahiralovchi organlardan assimilyatlarning chiqishi floemaning tо‘rsimon naylari orqali amalgam oshadi. Ksilema (ildizlarda) va floema (barglarda) tо‘qimalarining tо‘lishi N + - pompalarining ya’ni membrana nasoslarining faol faoliyati tufayli rо‘y beradi. Ushbu nasoslar tо‘rsimon naylar va tutamlar atrofidagi tirik hujayralar plazmalemmasida faoliyat kо‘rsatadi. Tо‘rsimon naylar va tutamlarga osmotik faol moddalarning kirishi bilan osmos qonuni asosida suv ham kiradi va moddalarning tо‘qimalar bо‘ylab keyingi harakati gidrostatik bosimning ortib borishi natijasida bо‘ladi. Topshiriqlar: 1. A.L.Kursanovning organik moddalarning harakatlanish bosqichlarini ta’riflang. 2. Yaqinga va uzoqqa tashishni tushuntirib bering. 3. Kuzatuvchi hujayralar joylashuvi va vazifasini tushuntiring. Biologik diktant Barglarda sintezlangan assimilyatlar .......... о‘tadi. ............ tuzilishi va metabolik jihatidan maxsuslashgan bir necha qavat hujayralardan iboratdir. О‘simliklarning kelib chiqishiga qarab .......... tashiluv jarayonlarida qatnashuvchi hujayralar ham har xil bо‘ladi. Download 0,69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling