O‘simliklarda moddalar tashiluvi режа


Floema elementlari anatomik tuzilishining xususiyatlari


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana17.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1529326
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
10- mavzu Ma\'ruza

Floema elementlari anatomik tuzilishining xususiyatlari 
Barglarda sintezlangan assimilyatlar floemaga о‘tadi. Floema tuzilishi va 
metabolik jihatidan maxsuslashgan bir necha qavat hujayralardan iboratdir. 
О‘simliklarning kelib chiqishiga qarab floemadagi tashiluv jarayonlarida 
qatnashuvchi hujayralar ham har xil bо‘ladi. Masalan, tuban о‘tkazuvchan tomirli 
va ochiq urug‘li о‘simliklarda tashiluv jarayonlari tursimon hujayralar tufayli 
bо‘lsa yopiq urug‘lilarda elaksimon nay tomirlari orqali bо‘ladi. Parenximaning 
yо‘ldosh hujayralari energetik vazifani bajarsa, parenximaning boshqa hujayralari 
zahiralovchi yoki uzatuvchi vazifasini о‘taydi. Ammo yuqoridagi barcha tip 
hujayralar bir-biri bilan о‘zaro aloqada bо‘ladi. 
Floemaning tuzilishida asosan ikki tipdagi elementlar qatnashadi. Bular 
elaksimon elementlar va kuzatuvchi hujayralardir. 
Elaksimon elementlar. Elaksimon naylarda tarkibida kichik sondagi 
mitoxondriyalar va plastidalar hamda nodonador endoplazmatik retikulum tutgan 
protoplast har tomqndan plazmolemma bilan о‘ralgan bо‘ladi. Elaksimon naylarda 
tonoplast yemirilgan bо‘ladi. Shuningdek yetuk tо‘rsimon naylarda yadro ham 
bо‘lmaydi. 
Kо‘ndalang 
hujayra 
devorlari 
– 
tо‘rsimon 
plastinkalar 
plazmalemmadan chiqqan hosilalar bо‘lib, ular о‘z navbatida kalloza polisaxaridi 


va kо‘ndalangiga joylashgan aktinsimon F-oqsillarining fibrillari bilan tо‘lgan 
bо‘ladi. Elaksimon naylar yо‘ldosh hujayralar bilan bir qancha plazmodesmalar 
tufayli bog‘langan bо‘ladi. 
Kuzatuvchi hujayralar. Yо‘ldosh hujayralar yoki kuzatuvchi hujayralar 
elaksimon naylar bо‘ylab joylashgan yirik yadroli parenxima hujayralaridan 
iboratdir. Bu hujayralar kо‘p miqdorda ribosomalar va mitoxondriyalar tutishi 
bilan ham xarakterlanadi. Ayrim hollarda ushbu mitoxondriyalar tо‘plamini 
mitoxondriyalar retikulumi ham deb ataladi. Ushbu hujayralaming devorlarini kо‘p 
sonli plazmodesmalar bilan teshib о‘tgandir.
Shuning uchun ham floemaning kuzatuvchi hujayralarini teshib о‘tgan 
plazmodesmalaning soni, barg mezofili hujayralarinikiga nisbatan 3-10 marotaba 
kо‘pdir. 
Masalan, 
yasen 
barglari 
barcha 
mezofil 
hujayralaridagi 
plazmodesmalaming umumiy soni 800-3000 dona bо‘lsa, yо‘ldosh-hujayralar 
uchun bu kо‘rsatkich 8-30 baravar kо‘pdir. Yо‘ldosh-hujayralar hujayra devorining 
boshqa bir о‘ziga xos tomoni bu ularda plazmalemma hisobiga juda kо‘p labirintlar 
hosil qilganligidir. Bu esa о‘z navbatida ular yuzasining keng bо‘lishiga olib 
keladi. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling