O‘simliklarda moddalar tashiluvi режа
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
10- mavzu Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ksilemalardagi tashiluv
- Ksilema shirasining tarkibi.
Yaqinga tashish - bu hujayra va to‘qimalar o‘rtasida bo‘lib, ionlar,
metabolitlar va suvning harakatlanishidir. Uzoqga tashish - bu butun o‘simlik organizm bo‘ylab uning organlari o‘rtasidagi moddalarning tashilishidir. Oqim yo‘nalishlaishlari ikki xil yaqin va uzoq masofali xarakterga ega. Yaqin masofali transport hujayra va to‘qimalarda bo‘lib, asosan uch yo‘l orqali amalga oshadi. Simplast oqim sitoplazma va plazmodesmalar vositasida harakatlanadi. Apoplast oqim hujayralarining devori orqali harakatlanadi va uchinchi yo‘l – vakuolalar tizimi orqali amalga oshadi. Yaqin masofali transport juda qisqa hatto millimetrlar bilan o‘lchanib, moddalarning barg mezofilidagi ildiz va poyadagi radial transportini o‘z ichiga oladi. Uzoq masofali oqim ksilema va floema naylari orqali sodir bo‘ladi. Odatda bu naylar o‘simlik tanasidagi hamma qismlarni tutashtiradi, natijada organik moddalar bir necha o‘nlab santimetrdan to o‘nlab metrlargacha harakat qiladi (ayniqsa daraxtlarda). Yaqin va uzoq masofali transportlarda vaqt, energiya sarflanadi. Moddalarning uzoq masofalarga tashilishi uchun evolyutsiya jarayonida o‘simliklarda maxsus o‘tkazuvchi to‘qimalar shakllangandir. Masalan, transpiratsion oqim uchun ksilemadagi nay va traxeidlar, assimilyatlar oqimi uchun esa floemadagi elaksimon naychalardir. Ksilemalardagi tashiluv Ksilemaning tuzilishi va suv va mineral moddalarning ksilema tashiluvining mexanizmi botanika kursidan va ushbu qо‘llanmaning avvalgi boblarida keng yoritilgandir. Shuning uchun ushbu qismda umumiy hollar va ayrim qо‘shimcha ma’lumotlar beriladi xolos. Ksilema shirasining tarkibi. Ksilema shirasining tarkibini asosan anorganik moddalar tashkil qiladi. Ammo ayrim hollarda ksilema shirasi tarkibida aminokislotalar, amidlar va alkaloidlar hamda shu kabi azotli birikmalar, organik kislotalar, fosfororganik efirlar, tarkibida oltingugurt saqlovchi birikmalar, ayrim miqdorda qand moddalari va kо‘p atomli spirtlar hamda fitogormonlari ham uchraydi. Ksilema shirasida о‘z rivojlanishini tugatayotgan traxeidlar vakuolalari hamda sitoplazmasidan о‘tgan anchagina murakkab moddalar ham uchrashi mumkin. Ammo, ksilema shirasida saxaroza deyarli uchramagani holda rloemadagi uning miqdori 450-470 mM/1 bо‘lishi mumkin. Aminokislotalarning ham ksilema shirasidagi miqdori ham juda kam-0,7-2,6 mg/ml bо‘lgani holda floema shirasidagi miqdori anchagina kо‘p 13-15 mg/ml atrofida. Shuningdek magniy va kaliy elementining ksilema shirasidagi miqdori mos ravishda 0,3-1,1 va 2,4-4,4 mM/1 bо‘lgani holda floema shirasidagi ushbu kо‘rsatkichlar 3,5-5,8 hamda 39-46 mM/1 atrofida. Ksilema shirasidagi organik moddalarning tarkibi о‘simlikning turiga, tashqi muhit eritmasi tarkibidagi ionlarning miqdoriga va tabiatiga qarab о‘zgarib tо‘radi. Masalan о‘simlik ildizlarini tarkibida anionlarga nisbatan о‘zlashtirilishi yengil kationlar kо‘p bо‘lgan tuzli eritmaga joylashtirsak, unda о‘simlik tomonidan anionlarga nisbatan kationlarni kо‘proq о‘zlashtirganligini kо‘rishimiz mumkin. Ushbu holda о‘simliklar о‘zlaridagi anionlar yetishmasligini organik anionlar, masalan suktsinat, malat, sitrat va boshqa shu kabi karbon kislotalarini sintezlash tufayli bartaraf etishadi. Agarda о‘simlik о‘sayotgan muhitda yuqori nitrat reduktaza faolligiga olib keluvchi hollar kо‘p bо‘lsa, ksilema shirasining tarkibida lizin, aspartat, glutamat va boshqa shu kabi aminokislotalarning miqdori kо‘p bо‘ladi. Ksilema shirasining о‘ziga xos xususiyatlaridan biri bu uning tarkibining vakuolalar shirasi tarkibidan keskin farq qilishidir. Masalan nо‘xot epikotili vakuolasidagi kaliy ionlarining miqdori 55-78 mM/l bо‘lgani holda uning ksilema shirasidagi miqdori bor yо‘g‘i 2-4 mM/l atrofidadir. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling