O‘simliklarda moddalar tashiluvi режа


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana17.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1529326
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
10- mavzu Ma\'ruza

Faol transport. Bunda moddalarning membrana orqali tashilishi gradiyentga 
qarama-qarshi sodir bo’ladi. Ya’ni hujayradagi moddalarning konsentrasiyasi 
tashqi sharoitdagiga nisbatan bir necha baravar ko’p bo’lganda ham ionlarning 
membrana orqali tashilishi davom etadi. Bu jarayon energiya (ATF) sarflanishi 
bilan bog’liq. Faol transport: H
+
ATFaza, Na
+
va K
+
- ATFaza, Ca
+
- ATFaza, 
anion ATFaza ion nasoslari misol bo’ladi. 
Tashuvchilik vazifasini bajaruvchi oqsillar membranada bitta erigan 
moddani o’tkazsa bunga unkport deyiladi. Birinchi erigan moddaning o’tkazilishi 
ikkinchi moddaning o’tkazilishiga ham bog’liq bo’lishi mumkin. Ya’ni ularning 
ikkalasi ham bir tomonga (simport) yoki qarama-qarshi tomonga (antiport) 
o’tkazilishi mumkin. Mineral elementlarning radial transporti ikki yo’l bilan sodir 
bo’ladi: 1) apoplast, 2) simplast. 
 
Ildizlarda ionlarning yaqin masofaga va uzoqqa tashiluvi 
Apoplast harakat. Hujayraning po’stiga diffuziya va almashinuv 
adsorbsiyasi bilan to’plangan ionlar eritmaning gradiyenti asosida harakat qiladi va 
bu harakat suv yordamida tezlashadi. Po’stdan-po’stga adsorbsiyalanish yo’li bilan 
ionlarning so’rilishi ildizning to ichki endoderma qavatigacha davom etadi va 
sitoplazmaga o’tib, simplast yo’li bilan harakat qiladi. Chunki endodermadagi 
Kaspari belbog’i deb ataluvchi suberin moddasi bo’lgan qalin po’st oziqa 
moddalarini o’tkazmaydi. Bu yo’l qisqa bo’lsa ham ildizlarning tashqi muhit bilan 
aloqa sathini ko’p marta oshiradi. 
Simplast harakat mineral moddalar transportining asosiy yo’lidir. Ya’ni 
sitoplazmaga o’tgan moddalar sitoplazmaning harakati va sitoplazmatik tur 
kanallari orqali hujayradan – hujayraga plazmodesmalar yordamida o’tadi. Bu 
harakat tezligiga moddalarning konsentrasiya gradiyenti ham ta’sir qilishi mumkin. 
yuqorida aytilgandek endoderma qavatida bunga apoplast yo’li bilan tashilayotgan 
ionlar ham qo’shiladi va yagona simplast yo’li bilan davom etadi. Bu harakat 
natijasida oziqa moddalar traxeid va ksilema naylariga o’tkaziladi. Bu naylardagi 
shiralar transpirasiya kuchi va ildiz bosimi asosida o’simlikning boshqa qismlariga 
tarqaladi. 


O‘z navbatida suv va unda erigan moddalarning harakati to‘qimalarda 
apoplast bo‘yicha, ya’ni hujayra devorlari orqali hamda simplast bo‘yicha, ya’ni 
plazmodesmalar bilan bog‘langan hujayralar sitoplazmalari orqali bo‘lishi 
mumkin. Shuningdek moddalarning tashilishi plazmodesmalar ishtirokida 
endoplazmatik retikulum bo‘yicha ham sodir bo‘lishi mumkin. 
Shuni aytib o‘tish lozimki, simplast tashiluv bo‘yicha mineral va organik 
moddalarning harakati, apoplast tashilishda esa suv va anorganik ionlar tashiluvi 
ustunlik qiladi. Vakuolalar sistemasida faqatgina suv tashilishi ro‘y beradi. 
Simplast bo‘yicha moddalarning tashilishi diffuziyaga nisbatan jadalroq 
bo‘ladi va uning tezligi 1-6 sm/soat atrofida bo‘ladi. Moddalarning tashilishining 
ushbu tipi energiya sarflanishini talab qilmaydi. 
O‘simliklarda moddalarning tashiluvini ikkita asosiy jarayon taminlaydi. 
Bulardan birinchisi transpiratsion oqim, ya’ni suv va unda erigan moddalarning 
ildizdan o‘simlikning yer ustki qismlariga tashilishi. Ikkinchisi esa assimilyatlar 
oqimi bo‘lib bu fotosintez jarayonida barglarda hosil bo‘lgan moddalarning 
o‘simlikning yer ostki va yer usti vegetativ hamda generativ organlariga 
tashilishidir.
Suv va unda erigan moddalarning о‘tkazuvchi naychalar tutamlari orqali 
tashiluvi ham ikki tipda ya’ni ksilema tо‘qimalari bо‘ylab (ildizlardan poya 
organlarigacha bо‘lgan «yuqoriga kо‘tariluvchi oqim») va floema tо‘qimalari 
bо‘ylab tashiluv (barglarda BIOSintez bо‘lgan organik birikmalarning 
о‘simlikning geterotrof oziqlanuvchi boshqa organlariga yoki zahiralovchi qismiga 
tashiluvi «pastga harakatlanuvchi oqim») kо‘rinishida bо‘ladi. Shuningdek floema 
bо‘ylab zahira moddalar metabolitlari ham tashilishi mumkin. 
Kо‘p hujayrali suv о‘tlarida metabolitlarning harakati simplast orqali rо‘y 
beradi. Faqatgina qо‘ng‘ir suv о‘tlaridan bо‘lgan laminariyalarda ularning 
tallomlari tо‘qimalarga ajralganligi sababli suv о‘tkazuvchi naychalar tutamlari 
poya’ning о‘rtasida shakllangandir.
Suv va unda erigan moddalarning butun о‘simlik tanasi bо‘ylab harakati 
moxlarga ham xosdir. Ammo qolgan barcha yer ustki yuksak о‘simliklarida 
trexeidlardan yoki ksilema naychalaridan tashkil topgan о‘tqazuvchi tо‘qimalar 
hamda elaksimon tо‘qimalar va yо‘ldosh hujayra floemalari mavjud. Shuningdek 
suv va unda erigan moddalarni о‘tkazishga moslashgan parenxima va boshqa 
maxsus hujayralar mavjud. О‘tkazuvchi nay tutamlari suv va unda erigan 
moddalarni bir necha ditsemetrdan bir necha о‘n metrgacha tashishi tufayli 
о‘simlikning barcha organlarini tutashtirib turadi. 
Yuksak о‘simliklarda о‘tkazuvchi tо‘qimalar mavjudligi sababli 
moddalarning hujayra devorlari va sitoplazma bо‘ylab tashiluvi bir necha millimetr 
atrofida bо‘ladi xolos. Ildizlar va poyadagi moddalarning radial tashiluvi va barg 
mezofili bо‘ylab moddalarning harakati bunga yaqqol misoldir. 
Moddalarning o‘simlik tanasi bo‘ylab tashilishi ikki bo‘limga bo‘lib qaraladi 
ya’ni yaqinga va uzoqqa tashish. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling