Mehriniso: Men istayman bo’lmoq shifokor


Download 0.56 Mb.
bet6/8
Sana13.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1353279
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kasblar kopdir dunyodamen chi men kim (1)

19-o’quvchi:Binokor bo’l, ha balli,
Bizga sos uylar kerak.
Bastako bo’l, marhamat,
Sho’x qo’shiq, kuylar kerak.
20-o’quvchi:Rizamat bobodek bo’l,
Yashnat vatan bog’larin.
Har qarichi oltindir,
Cheksiz bug’doyzorlarin.
Hamma:Hunarli bo’l, ilm ol,
Har ikkisi ham zarur.
Hunar-bu baxtu iqbol,
Belga quvvat, ko’zga nur.
Sahna ko’rinishi:Sunnatilla Anorboyevning “Bahs”hikoyasi asosida.
Muallif:Oqsoy qishlog’ida Halim,Salim,Karim degan bolalar bor.Ular sinfda ham yonma-yon o’tirishadi.Darsni ham birga tayyorlashadi.Ta’til yaqinlashgan edi.Uch o’rtoq yozda qiladigan ishlari to’g’risida suhbatlashishyapti.
Karim:O’qish tugagan kunining ertasigayoq yaylovga ketaman.Bo’ribosarni ergashtirib,qo’y boqishga otamga yordamlashaman.Katta bo’lsamchi otamdek cho’pon bo’laman.Cho’ponlikdan yaxshi kasb yo’q olamda!
Muallif:Karimning so’nggi gapidan Halim va Salimning jahli chiqdi.
Ikkalasi:Nega endi?
Halim:Mana masalan mening otamday hisobchi bo’lish yomonmi?Fermer xo’jaligida kim qanday ish qiladi,qancha ish haqi oladi,cho’ponlar qancha davlatga yog’,jun,go’sht,sut yetkazishini hisoblab beradi.Men katta bo’lsam otamdek hisobchi bo’laman.
Karim:I-i anavini qaranglar!
Salim:Xo’jalik mulki omborxonada saqlanadimi yoki ko’chadami?
-Albatta omborxonada!
Salim:Omborxonani kechasi otam qo’riqlaydi.Xo’jalik don-duni,go’sht yog’i-yu asbob-uskunalarini otamga ishonib topshirib qo’yibdi!Men katta bo’lsam otamdek qorovul bo’laman.
Uch o’rtoq bahslashib qoladi.
Muallif:O’qishlar ham tugadi.Karim ertaga buvasi bilan tog’ga jo’naydi.Lekin Karimning qovog’i soliq edi.Buvasi hayron edi.
Karim:Buva cho’ponlik yomon kasbmi?
Buvasi:Yo’q chirog’im
Karim:Qorovullik-chi?
Buvasi:Qorovulchilik ham.
Karim:Hisobchi bo’lishchi?
Buvasi:Hisobchilik ham yaxshi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling