International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 3


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana19.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1611279
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ta-lim-tarbiya-va-rivojlanish-o-rtasidagi-o-zaro-munosabat



International Islamic Academy of Uzbekistan 
Volume 3 | IIAU Conference 1 | 2022
Google Scholar indexed 
Scientific-Theoretical and Practical Issues of 
Psychology of Religion in Uzbekistan 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-135-140 
 
 
 
 
 
135
 
May 21 
https://ares.uz/ Republican Scientific and Practical Conference 
TA’LIM-TARBIYA VA RIVOJLANISH O‘RTASIDAGI O‘ZARO 
MUNOSABAT 
 
Rustamova Barno Abduhalilovna 
Al-Bukhari University, Pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi 
barnor998@gmail.com
 
“Yaxshi bosh va yaxshi qalb har doim ajoyib
kombinatsiyadir. Ammo bunga savodli til
yoki qalam qo‘shsangiz, sizda judayam
o‘ziga xos narsa paydo bo'ladi."
Nelson Mandela 
 
Psixologiya fani zamonaviy ta’limotga asoslangan holda inson shaxsining 
tarkib topishida ta’lim va tarbiya bilan rivojlanish o‘rtasidagi o‘zaro munosabat 
muammosi keng doirada muhokama mavzusiga aylanmoqda. Rivojlanish deganda, 
odatda hodisalarning har ikki turi tushuniladi va bu tushunchalar bir-biri bilan 
chambarchas bog‘liqdir: 1) miyaning biologik, organik yetilishi, uning anatomik-
fiziologik tuzilishi jihatidan yetilishi; 2) psixik (aqliy) rivojlanishning ma’lum 
o‘sish darajalari sifatidagi, o‘ziga xos aqliy yetilish sifatidagi psixik rivojlanishi. 
O‘z-o‘zidan ma’lumki, aqliy rivojlanish miya tuzilishining biologik yechilishi 
bilan bog‘liqdir va bu xususiyat ta’lim-tarbiya ishlarida, albatta, hisobga olinishi 
lozim, chunki ta’lim miyaning organik jihatdan yetilishini inkor eta olmaydi. Biroq 
miya tuzilishining organik jihatdan yetilishini muhitga, ta’lim-tarbiyaga mutlaqo 
bog‘lanmagan xolda o‘zining qat’iy biologik qonunlari asosida sodir bo‘ladi, deb 
bo‘lmaydi. Muhit, ta’lim-tarbiya va tegishli mashq miya tuzilishining organik 
jihatdan yetilishiga yordam beradi. Maqolada shaxsning rivojlanishida ta’lim-
tarbiyaning o‘rni hamda o‘zaro munosabatlar uyg’unligining pedagogik-psixologik 
xususiyatlari o‘rin olgan. 
Ta’lim-tarbiya va rivojlanish o‘rtasidagi o‘zaro munosabat jarayonida turli 
xil savollar yuzaga kelishi tabiiy, jumladan, ta’lim qanday mavqega ega ekanligi, 
ta’lim rivojlanishga nisbatan yetakchi vazifani bajaradimi yoki aksinchami kabi 
savollarga javoblar hamda muammoning hal qilinishi ta’lim jarayonining mazmuni 
va metodikasini, o‘quv dasturlari va darsliklarning mazmunini 
belgilab beradi. 



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling