Menejment va statistika


Aholi tarkibi statistikasi


Download 0.83 Mb.
bet90/172
Sana08.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#244312
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   172
Bog'liq
Statistika ma'ruza matni

2. Aholi tarkibi statistikasi

Aholining umumiy soni muhim statistik ko‘rsatkich bo‘lib, juda ko‘p iqtisodiy jarayonlarda foydalaniladi. Lekin aholi statistikasining vazifalaridan biri, uning tarkibini ham o‘rganishdir. Aholining tarkibi quyidagi belgilari bo‘yicha o‘rganiladi: umumdemografik belgilar (jinsi, yoshi, oilaviy holati), milliy tavsifi bo‘yicha (millati, ona tili); aholining madaniy – ma’rifiy darajasini tavsiflovchi belgilar bo‘yicha (ma’lumot va shu kabilar); aholining ijtimoiy tarkibini tavsiflovchi va boshqa belgilari bo‘yicha.

Umuman statistika yangi tug‘ilgan chaqaloqlar orasida, o‘g‘il bolalar ko‘proq tug‘ilishini ko‘rsatadi. Lekin ular ulg‘aya borgan sari, o‘zaro tenglashib boradi. Aholining jinsiy tarkibiga jamiyatda bo‘lgan turli xil jarayonlar ham ta’sir etadi. Ikkinchi jahon urushi ta’siri natijasida 1959 yilda Respublika aholisi tarkibining 48% ni erkaklar; 52% ni ayollar tashkil etgan. Keyingi yillar bu nisbatlar baravarlashmoqda. Hozirgi vaqtda aholi tarkibida erkaklar- 50,1% ni, ayollar – 49.9 % ni tashkil etadi.

Statistika aholining yoshini quyidagi guruhlarga bo‘lib o‘rganadi:

3 yoshgacha; 3 yoshdan 7 yoshgacha; maktab yoshidagilar (7-17 yosh); 18 va undan katta yoshdagi aholi; nafaqaxo‘rlar (55 va undan yuqori yoshli ayollar, 60 va undan yuqori yoshli erkaklar).

Respublikamiz aholisining 2/3 qismini bolalar va yoshlar tashkil etadi. Bu ma’lumotlar mamlakatimiz juda katta mehnat potensialiga ega ekanligini va u yildan – yilga ko‘payib borayotganligini ko‘rsatadi.

Aholining oilaviy holati qayd qilingan nikohlar va nikohdan ajralishlar soni bilan tavsiflanadi. O‘zbekiston jahonda eng yuqori nikoh darajasi va oila ajralishining eng past darajasi kuzatilgan mamlakatlardan biridir. Statistikada nikohdan o‘tganlar va nikohdan ajralishlar koeffitsientlari hisoblanadi. Nikohdan o‘tganlar koeffitsienti (Nk) nikohdan o‘tganlar sonini (NO’) 1000 ga ko‘paytirib, aholining o‘rtacha soniga bo‘lib topiladi.

Nikohdan o‘tganlar soni x 1000

Nk = --------------------------------------

Aholining o‘rtacha soni

Nikohdan ajralishlar koeffitsienti (Ak) nikohdan ajralganlar sonini 1000 ga ko‘paytirib, aholining o‘rtacha soniga bo‘lib topiladi.

Nikohdan ajraganlar soni x 1000

Ak = ---------------------------------------------

Aholining o‘rtacha soni




Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling