Menejment va statistika


Aholining harakat ko‘rsatkichlari statistikasi


Download 0.83 Mb.
bet92/172
Sana08.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#244312
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   172
Bog'liq
Statistika ma'ruza matni

3. Aholining harakat ko‘rsatkichlari statistikasi.

Aholining qayta takror ishlab chiqarilishi ya’ni avlodlarning almashuvi tug‘ilish va o‘lishga bog‘liqdir. Avlodlar almashuvi juda ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lib, bularga turmush darajasi, tibbiy va ijtimoiy ta’minot, tabiat va ekologiya, xalqning an’analari va shu kabilar kiradi.

Aholining tabiiy harakati tug‘ilish va o‘lishga bog‘liq. Shuning uchun statistika tug‘ilish va o‘lishni qayd qilib boradi. Bunda tug‘ilish koeffitsienti, bolalar o‘limi koeffitsienti, tabiiy o‘sish koeffitsienti kabi ko‘rsatkichlar hisoblanadi.

Tug‘ilish koeffitsienti (Tk) ushbu davrda tug‘ilganlar sonini 1000ga ko‘paytirib, aholining o‘rtacha soniga bo‘lish bilan topiladi.

Tug‘ilganlar soni x 1000

Tk = -----------------------------------

aholining o‘rtacha yillik soni

O‘lim koeffitsienti o‘lganlar sonini 1000 ko‘paytirib aholining o‘rtacha yillik soniga bo‘lib topiladi.

O‘lganlar soni x 1000

O’k = ----------------------------------------

aholining o‘rtacha yillik soni

Bolalar o‘limi koeffitsienti alohida hisoblanadi, bunda bir yoshgacha o‘lgan bolalar hisobga olinib, tug‘ilganlarga nisbatan hisoblanadi.

Albatta o‘lim koeffitsienti aholining yoshi, jinsi, yashash hududlari, millati, oilaviy ahvoli kabi belgilari bo‘yicha har xildir. Shuning uchun ham statistika o‘lim sabablarini chuqur tahlil qilishda bu belgilar bo‘yicha xususiy o‘lim kreffitsiyentlarini ham aniqlaydi.

Aholining tabiiy o‘sish koeffitsienti tabiy o‘sish bo‘lgan aholi sonini (tug‘ilganlar sonidan – o‘lganlar sonining farqi) 1000 ko‘paytirib, aholi o‘rtacha soniga bo‘lib topiladi.


(tug’ulganlar-o‘lganlar) . 1000

TO’k = --------------------------------------------

aholining o‘rtacha soni

Bu yerda: To’k – aholining tabiiy o‘sish koeefitsiyenti;

t – shu davrda tug‘ilganlar soni;

o‘ – shu davrda o‘lganlar soni.



O‘zbekistonda tug‘ilish, o‘lim va aholining tabiiy ko‘payishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan

3 – jadval


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling