Menejmentning tadqiqot usullari


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/64
Sana30.10.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1735107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1.1-rasm. Menejmentning asosiy rivojlanish tendensiyalari 
Inson omilining o‘rnini 
oshib borishi
Boshqaruv
metodologiyasi
ning 
rivojlanishi 
Boshqaruv 
strategiyasi va 
taktikasini hisobga 
olish 
Menejmentda 
diversifikatsiyalash 
Axborot 
texnologiyalarining 
rivojlanishi 
Inqirozga
qarshi
boshqaruvga 
ehtiyoj 
Menejment
tizimida
tadqiqotlar 
Boshqaruvni 
professional 
darajaga ko‘tarish 
Boshqaruv- 
ning ijodiy 
maxorati va 
san’ati 
Innovatsion 
o‘zgarishlar 
Menejer va xodimlarni 
o‘qitish 
Yangi sifat 
boshqaruvining 
qaror topishi 



Tashkilotni rivojlantirish jarayonida boshqaruv murakkablashib boradi. 
Boshqaruvni takomillashtirishda ushbu holatni hisobga olish tashkilotning 
rivojlanishini 
jadallashtiradi. 
Boshqaruvning 
nomukammalligi 
uning 
rivojlanishini 
sekinlashtiradi 
va 
tashkilotda 
inqiroz 
vujudga 
kelishi 
(integratsiyaning yo‘qolishi, ijtimoiy-psixologik iqlimning yomonlashishi
tashkiliy ishlarga ko‘milib ketish, byurokratlashuv va boshqalar) uchun shart-
sharoitlar yaratishi mumkin. 
Turli faoliyat sohalarida kasbiy bilimdonlikning rivojlanishi tadqiqotni 
uning amaliy samaradorligining qonuniy va tabiiy unsuri sifatida tushunishga 
etaklaydi. Bu holatda tadqiqot faqat ilmiy faoliyat va hatto ilmiy yondashuv bilan 
bog‘lanmaydi. Bu kasbiy bilimdonlik, ta’lim va san’at omilidir. 
Shunga bog‘liq ravishda “tadqiqot” tushunchasining ta’rifini quyidagicha 
ifodalash mumkin. 
Tadqiqot – bu a) muammo va vaziyatlarni anglash; b) ularning paydo 
bo‘lishini aniqlash; v) xulqi va rivojlanish xususiyatlari, mazmuni va 
qonuniyatlarini ochib berish; g) ushbu muammo va vaziyatlarning to‘plangan 
bilimlar tizimidagi o‘rnini o‘rnatish; d) ushbu muammoni hal qilish amaliyotida u 
to‘g‘risidagi yangi tasavvurlar yoki bilimlardan foydalanish yo‘llari, vositalari va 
imkoniyatlarini topishni o‘z ichiga oladigan inson faoliyat turidir.
Haqiqiy amaliyotda tadqiqotning ushbu belgilari kasbiy bilimdonlikni ham, 
faoliyatning aniq maqsadlari va vazifalarini ham tavsiflaydigan o‘zaro ma’lum 
bir nisbatda bo‘ladi. 
Tadqiqot bu tahlil, loyihalash yoki tekshirishga nisbatan yanada boy 
mazmunga ega faoliyat turidir. Muammo yoki vaziyatni tadqiq etish turli 
usullarning tahlil yoki loyihalashga qaraganda birmuncha keng to‘plamini 
nazarda tutadi. Bunga, ham kuzatish, ham baholash, ham eksperiment o‘tkazish, 
ham tasniflash, ham ko‘rsatkichlarni tuzish hamda boshqa ko‘p narsalar kiradi. 
Tadqiqot, shubhasiz, tahlilni o‘z ichiga oladi, biroq bu bilan cheklanib qolmaydi. 
Tadqiqot inson ijodiy faoliyatining ancha yuqori darajasini o‘zida ifodalaydi. 


10 
Tadqiqot vaziyatni chuqurroq tushunish, muammoni aniqlash, va demak, 
uning eng samarali echimini topishga yordam beradi. 
Zamonaviy boshqaruv uchun tadqiqot – kasbiy bilimdonlikning muhim 
ko‘rsatkichidir. Zamonaviy menejer tadqiqotchilik faoliyati ko‘nikmalarini 
egallab va o‘zlashtirib borishi zarur. 

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling