Metallurgiya
-rasm. Daniel Yakobining galvanik elementi
Download 2.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)
7-rasm. Daniel Yakobining galvanik elementi.
Shunday qilib, element ishlagan vaqtda mis elektrodda qaytarilish, ruх elektrodda esa oksidlanish jarayoni boradi, ya’ni ruх elektrokimyoviy eriydi. Moddalarning erituvchiga ion holatiga o‘tib erishiga elekrokimyoviy erish deyiladi. Masalan, AgCl suvda AgCl holida emas, balki Ag + va Cl - ion holida eriydi. Elektrodda ruх metali holida emas, balki ruх ioni Zn +2 o‘tgan holda eriydi. Har qanday galvanik elementning bir elektrodida oksidlanish, ikkinchi elektrodida qaytarilish jarayoni boradi. Qaytarilish jarayoni borgan elektrod musbat qutb (+), oksidlanish jarayoni borgan elektrod esa manfiy qutb (-) ishorasi bilan belgilanadi. Agar galvanik element faqat elektr musbat elektrodlardan tuzilgan bo‘lsa, elektr musbatligi kuchliroq elektrod musbat, elektr musbatligi kuchsizroq elektrod esa manfiy qutbli bo‘ladi. Demak, kuchlanishlar qatorida yuqorida turgan metall manfiy va pastda turgan metall musbat qutbli bo‘ladi. Masalan, Zn va Ni elektroddan tuzilgan galvanik elementda Ni musbat Zn manfiy qutbli bo‘ladi. Agar musbat va manfiy elektrodlarda borayotgan kimyoviy jarayonlarning tenglamalari bir-biriga qo‘shilsa, galvanik elementda sodir bo‘layotgan kimyoviy reaksiya tenglamasi hosil bo‘ladi: Cu e Cu 2 2 e Zn Zn 2 2 62 2 2 Zn Cu Zn Cu Demak, Daniel Yakobi elementida elektr yurituvchi kuch (EYUK) quyidagi reaksiya energiyasi hisobiga hosil bo‘ladi. 2 2 Zn Cu Zn Cu Bu ionli reaksiya quyidagi molekulyar reaksiyaga muvofiq keladi: 4 4 ZnSO Cu Zn CuSO Shunday qilib, hamma oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari ma’lum sharoitda o‘tkazilganda (galvanik elementda) elektr oqimi hosil bo‘ladi. Download 2.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling